TBS

CBN Animation'dan Superkitob
Superkitob nima?
1981 yilda The Christian Broadcasting Network Yaponiya xalqiga targ‘ibot qilish doirasida bolalar uchun Muqaddas Kitob animatsion serialini yaratdi. Serial Yaponiyaga va butun dunyoga qanday ta’sir qilishini biz bilmagan edik. Ushbu serialning inglizcha nomi "Superkitob" edi.
Ma’rifiy-axborot ishlar davomida va undan keyin olib borilgan tadqiqotlar ushbu seriya misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatga erishganini ko‘rsatdi. Superkitob, shuningdek, «Ota-onalar va bolalarning animatsion teatri» sifatida tanilgan bo‘lib, Yaponiyaning Tatsunoko Productions va AQShning The Christian Broadcasting Network bilan birgalikda ishlab chiqarilgan anime-teleserialidir. Yaponida namoyish etilgan Superkitobning har haftalik epizodini televizorda to‘rt milliondan ortiq odam tomosha qilgan, natijada, Muqaddas Kitob bu mamlakatda eng ko‘p sotilgan kitobga aylandi.
Yaponiyadan Superkitob seriyasi butun dunyo bo‘ylab - Osiyodan Shimoliy Amerikagacha namoyish etildi. 1989 yilda iqtisodiy va siyosiy notinchlik davrida Superkitob Sovet Ittifoqida namoyish qilina boshlandi va ajoyib natijalarga erishdi. Superkitob Sovet Milliy Kanalida asosiy vaqtda efirga uzatildi. CBN bolalardan olti milliondan ortiq maktublarni qabul qilib, Muqaddas Kitob bilan butunlay yangi avlodni tanishtirdi. Bugungi kunda ham Superkitob Bolalar Klubi (Superbook Kids Club) Ukrainadagi eng yuqori baholangan bolalar dasturi hisoblanadi.
Yaponiyada birinchi marta efirga uzatilganidan buyon serial 106 dan ortiq mamlakata translyatsiya qilingan, 43 tilga tarjima qilingan va 500 milliondan ortiq kishi tomonidan tomosha qilingan.
Hikoya qilish formatining (storytelling) yangi texnologiyalari tufayli asl (original) serial ommaviy axborot vositalari (OAV)ni yaxshi biladigan avlod orasida jozibasini yo‘qotmoqda. Ushbu muammoni hal qilish uchun CBN Superkitobning yangilangan, kompyuterda yaratilgan, animatsion talqinini ishlab chiqarmoqda. Bizning maqsadimiz - asl seriyaning asosiy merosini hurmat qiladigan va uni qaytadan yangi avlodga tanishtiradigan yangi seriyani yaratish.
DVD disklarga qanday ega bo‘laman?
CBN Animation Club-ga qo‘shilish orqali. CBN Animation Club-ga qo‘shilganingizda, siz avtomatik ravishda Superkitobning har bir yangi qismini olasiz. Bundan tashqari, biz sizga har bir yangi epizodning ikkita bepul nusxasini chiroyli o‘ramda yuboramiz, siz uni boshqalarga sovg‘a qilishingiz mumkin. Soliqqa solinmaydigan sovg‘angiz kelajakda CBN Animation loyihalarini ishlab chiqarishga va butun dunyo bo‘ylab bolalarga Xudo Kalomini yetkazishga yordam beradi. 1-866-226-0012 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki The CBN Animation Club haqida batafsil ma’lumotni shu yerda olishingiz mumkin.
MENING AKKAUNTIM
Agar parol yoki foydalanuvchi nomini unutgan bo‘lsam nima qilishim kerak?
Agar parolingizni unutgan bo‘lsangiz, sahifaning yuqori qismidagi "Kirish" havolasini bosing.
Ochilgan oynada formaning "Parol" maydoni ostidagi "Men parolimni unutdim" tugmasini bosing.
"Men parolimni unutdim" tugmasini bosganingizdan so‘ng, yangi "Parolni tiklash" formasi
paydo bo‘ladi va siz foydalanuvchi nomi va ismingizni kiritishingiz kerak bo‘ladi, so‘ngra "Davom etish" tugmasini bosing.
Keyin elektron pochtangizni tekshirishingiz kerak, chunki sizga yangi parol ko‘rsatilgan elektron pochta xabari keladi
va parolni foydalanuvchi nomingizdan veb-saytda foydalanishingiz mumkin.
Agar o‘sha paytda siz xohlasangiz
parolingizni eslab qolish oson bo‘lgan maxfiy so‘zga o‘zgartirishingiz mumkin, bu holatda
sizga yuborilgan elektron pochtadagi havolani bosishingiz kerak va siz eski parolingizni
veb-saytimizda foydalanishingiz mumkin bo‘lgan yangi parolga o‘zgartirishingiz mumkin.
Agar foydalanuvchi nomingizni unutgan bo‘lsangiz Superkitob jamoasi a’zosi bilan bog‘laning
akkauntni yaratishda foydalangan elektron pochta manzilini ko‘rsating.
Nega ro‘yxatdan o‘tishim kerak?
Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng sizga ruxsat beriladi - personaj yaratish, natijalaringizni yozib borish, sevimli o‘yinlaringizni saqlash, SuperBall to‘plash, SuperBallingizni ajoyib sovg‘alarga almashtirish va Shaxsiy profil personaji uchun yangilanishlarni olish uchun SuperBalldan foydalanish!
Superkitob.TV-da qanday ro‘yxatdan o‘tishim mumkin?
Superkitob.TV da ro‘yxatdan o‘tish uchun:
- Saytning Xush kelibsiz qismida "Ro‘yxatdan o‘tish" tugmasini bosing.
- Shunda ro‘yxatdan o‘tish oynasi ochiladi va siz undagi shaklni to‘ldirishingiz kerak.
- Agar siz 12 yosh yoki undan kichik bo‘lsangiz, sizdan ota-onangizning elektron pochta manzilini ko‘rsatishingiz so‘raladi.
- Agar siz 13 yoki undan katta bo‘lsangiz, elektron pochta manzilingizni ko‘rsatasiz va siz CBN-dan elektron pochtangizga xabarini olasiz, u yerda akkauntingizni faollashtirish uchun havolani bosishingiz kerak bo‘ladi.
- Agar CBN hamjamiyatining a’zosi sifatida 13 yoshdan oshgan bolani ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, siz u bola uchun boshqa elektron pochta manzilidan foydalanish kerak bo‘ladi, ya’ni boshqa CBN hamjamiyat akkauntini yaratasiz - bu yangi akkaunt bo‘ladi.
Parol va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni qanday o‘zgartirishim mumkin?
Parolingizni yoki shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘zgartirish uchun avval kirishingiz kerak o‘z akkauntingizga. Keyin sahifaning yuqori qismidagi profilingiz nomiga bosing. Profil sahifasiga kirganingizdan so‘ng personaj profilining o‘ng tomonidagi "Profilni tahrirlash" tugmasini bosing. Shunda siz parolingizni va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni o‘zgartira olasiz.
Superkitob shaxsiy profilimga qanday o‘zgartirishlar kiritaman?
Superkitobdagi personajingizni o‘zgartirish uchun quyidagi amallarni bajarishingiz kerak:
- Tizimga kiring.
- Veb-saytning yuqori navigatsiyasi ustidagi personajning tasvirini bosing. Quti ochiladi va siz personajingizning tasvirini bosishingiz kerak, bu sizni profil sahifangizga olib boradi.
- Personajingiz yonida siz "DO‘KON" va "JAVON" so‘zlarini ko‘rasiz. Sizning personajingiz o‘zining javonida ba’zi kiyimlar bilan jihozlangan. Ushbu kiyimlarga ega bo‘lish uchun "JAVON" so‘zi yozilgan tugmachani bosing va javoningizda kiyimlar paydo bo‘ladi.
- Keyin ko‘rsatgichni ishlatib, javoningizdagi buyumlarni ko‘rib chiqishingiz mumkin yoki javoningizdagi asosiy tasvirlar ostida tanlov qilish orqali ma’lum bir kiyim turini tanlashingiz mumkin. Buyumlarning toifalariga quyidagilar kiradi: a) HAMMASI b) BOSH KIYIM c) USTKI KIYIM d) ICHKI KIYIM e) OYOQ-KIYIM va f) ORQA FONLAR Agar siz ushbu buyumlardan birining ustiga bossangiz, faqat o‘sha tanlov turidagi buyumlar paydo bo‘ladi.
- Bu yerda siz o‘z personajingizning teri rangini va ko‘z rangini o‘zgartirishingiz mumkin.
- Agar siz javoningizga ko‘proq buyumlarni qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, bosishingiz kerak "DO‘KON" tugmasini. Shundan so‘ng yangi buyumlar paydo bo‘ladi va siz ularni bepul "kiyib ko‘rish" va "sotib olish"ingiz mumkin yoki SuperBallni almashish orqali olishingiz mumkin. Biror narsani sinab ko‘rganingizda "DO‘KON" va "JAVON" tugmalari ustida paydo bo‘ladigan "sotib olish" tugmachasini yoki "NIMADIR SOTIB OLISH" tugmachasini bosish orqali buyumni "xarid" qilsangiz, bu narsa avataringizda qoladi va javoningizdan joy oladi.
Bir nechta farzandimni qanday ro‘yxatdan o‘tkazishim mumkin?
Biz ro‘yxatga olish tizimini shunday o‘rnatganmizki,
har bir farzand bitta ota-onaning elektron pochtasiga ulanishi mumkin. Shunday qilib, siz
har bir farzandingizni ro‘yxatdan o‘tkazganingizda, ularning har biri o‘z foydalanuvchi nomi va paroliga ega bo‘ladi
shuningdek, ular o‘zlarining SuperBallarini olishlari va onlayn personajlarini
yaratishlari mumkin.
Asosiysi, siz yaratilgan akkauntdan chiqishingiz kerak,
so‘ngra esa avvalgidek akkauntni qanday yaratgan bo‘lsangiz, xuddi shunday ro‘yxatdan o‘tish jarayonini bajaring:
yangi foydalanuvchi nomi va parolni yaratishda
har bir farzand uchun yagona elektron pochta manzilidan foydalaning.
O‘YINLAR
SuperBall nima?
SuperBall ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar tomonidan Superkitob.TV da to‘planadi. Hozir siz tanlov sahifamizga tashrif buyurib, SuperBallni tanlovlarimizda qatnashish da almashtirishingiz mumkin. Yoki siz ajoyib kiyimlar bilan profilingiz personajini yaxshilash uchun ulardan foydalanishingiz mumkin.
Nishonlar nima va ularni qanday olishim mumkin?
Superkitob.TV-da ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng siz olgan SuperBall evaziga quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz: nishonlarni yutib olish, Superkitob personajingizni yaratish, ro‘yxatdan o‘tish va yana ko‘p narsalar. Qancha ko‘p o‘ynasangiz, shuncha ko‘p nishonlarni yutib olasiz!
Sevimli o‘yinimni profilimga qanday qo‘shishim mumkin?
Sevimli o‘yinni qo‘shish uchun veb-saytga kiring (ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng) va yuqori navigatsiya panelidagi "O‘YINLAR" tugmasini bosing. Qo‘shmoqchi bo‘lgan o‘yin ustiga bosing. O‘yin sahifasi ochilgandan so‘ng siz "bosh barmog‘i" tasvirini ko‘rasiz. Ushbu rasmni bosganingizdan so‘ng, o‘yin "TANLANGAN" bo‘limidagi profil sahifangizga, shuningdek, barcha veb-sayt sahifalarining yuqori navigatsiya qismida personajingizning profil fotosuratini bosganingizda ochiladigan oynaga qo‘shiladi.
Agar ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsam, o‘yinlarni o‘ynay olamanmi?
Ha, ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz ham Superkitob.TV da barcha o‘yinlarni o‘ynashingiz mumkin.
Yangi o‘yinlar qo‘shasizmi?
Ha, biz doimo Superkitob.TV-ni qiziqarli yangi o‘yinlar va funksiyalar bilan yangilash ustida ishlaymiz. Eng yangi o‘yinlarimizni o‘yinlar sahifamizda ko‘ring.
O‘yinlarda ovozni qanday o‘chirish mumkin?
Har bir o‘yin ovoz effektlari va/yoki musiqani o‘chirish imkoniyati bilan jihozlangan. Ovozni o‘chirish yoki yoqish uchun musiqiy nota belgisini bosing. Agar musiqiy nota belgisi bo‘lmasa, "Opsiya", "Musiqani o‘chirish" yoki "Ovoz Effektini O‘chirish" tugmasini bosing.
O‘yinlarni o‘ynash uchun maxsus dastur kerakmi?
Sizga flesh-dasturning so‘nggi talqini kerak bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu Flesh o‘yinlar iPad, iPod Touches yoki iPhone-larda ishlamaydi. Flash-ni bu yerdan bepul yuklab oling!
ONLAYN IBODATLAR
Gizmo-dan Muqaddas Kitob Sayohati Ibodati-ni ko‘rish uchun menga maxsus dastur kerakmi?
Onlayn ibodatni ko‘rish uchun sizga Adobe PDF Reader kerak bo‘lishi mumkin. Uni bu yerdan bepul yuklab oling!
Bolalar uchun boshqa onlayn diniy materiallaringiz bormi?
Sizni Kundalik Kalom Da’vatiga olib boradigan kundalik xat olish uchun obuna bo‘lishingiz mumkin. Har kuni «Kundalik Kalom Da’vati» bolalarni Muqaddas Kitob oyatlarini o‘qishga chaqiradi, so‘ngra ularga Kalom oyati bilan yaqinroq tanishishga va bu oyat ularning hayotida qanday qo‘llanishini biroz chuqurroq tushunishga yordam beradigan o‘yinlarni taklif qiladi. O‘yinlarga - so‘zlarni qidirish, ko‘p variantli javobi ko‘rsatilgan viktorinalar va oyatlarni qayta yozish kiradi.
OTA-ONA HAQIDA MA’LUMOT
Bu veb-saytni nima uchun yaratdingiz?
Farzandingiz kelishni, o‘ynashni va faoliyatimizda ishtirok etishni xohlaydigan ko‘ngilochar joy yaratish uchun ko‘p ishlayapmiz. Bu bizning bolalar o‘yinlarimiz, onlayn Muqaddas Kitob, Superkitob Radio, shaxsiy personaj yaratuvchimiz yoki Xudo haqidagi interaktiv savollarimiz bo‘ladimi, biz bolalar saytimizda bir vaqtning o‘zida Muqaddas Kitobni o‘rganishlarini va ularning Iso bilan munosabati o‘sib borishini istaymiz.
Bu veb-sayt bolalar uchun xavfsizmi?
Biz veb-saytimizni bolalar uchun xavfsiz joy qilib yaratdik, biroq bolalar uchun eng yaxshi xavfsizlik - bu ota-onaning yoki vasiyning onlayn faoliyatida ishtirok etishidir. Farzandingiz bilan nafaqat ularning faoliyatini nazorat qilish va o‘rgatish, balki saytimizda o‘rganayotgan narsalari bilan rag‘batlantirish uchun ham internetda vaqt o‘tkazishingizni tavsiya qilamiz. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Ota-onalar uchun ma’lumot sahifamizga tashrif buyuring.
Foydalanuvchi nomimni unutgan bo‘lsam, tizimga qanday kirishim mumkin?
Shuningdek, tizimga kirish uchun foydalanuvchi nomi o‘rniga elektron pochta manzilingizdan foydalanishingiz mumkin. Yoki Superkitob jamoasi a’zosi bilan bog‘lanishingiz mumkin .
Farzandimning Superkitob akkauntini nazorat qila olamanmi?
Ha. (13 yoshdan kichik) farzandingiz Superkitob Kids veb-saytiga qo‘shilish uchun ro‘yxatdan o‘tganida, ularning jamiyatimizda ishtirok etish istagidan xabardor bo‘lishingiz uchun sizni elektron pochta orqali xabardor qilamiz. Farzandingizning ro‘yxatdan o‘tishi ularga saytdagi barcha qiziqarli tadbirlarga kirish imkonini beradi, masalan, ko‘rik-tanlovlarda qatnashish yoki to‘plagan ballarini onlayn-o‘yin vaqtida saqlash imkoniyatiga ega bo‘lish. Shuningdek, saytga qo‘shilayotgan yangi o‘yinlar yoki farzandingizga qiziqarli bo‘ladigan tanlovlar haqida sizga vaqti-vaqti bilan elektron pochta xabarini yuboramiz. Ushbu saytda to‘plangan barcha ma’lumotlar farzandingizni qiziqtirish uchun saytimizni yaxshilashga yordam berishga ishlatiladi. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Ota-onalar uchun ma’lumot sahifamizga tashrif buyuring.
TANLOVLAR VA SOVRINLAR
Qanday qilib tanlovda qatnashaman?
Superkitob.TV tanlovlarida ishtirok etish jarayoni quyidagicha:
- Saytda ro‘yxatdan o‘ting. Bu saytning yuqori o‘ng tomonida sodir bo‘ladi.
- Saytga kirganingizdan so‘nggina, o‘yinni o‘ynang. Ballaringiz qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik ko‘p SuperBall yutib olishingiz mumkin. Ushbu SuperBall sizning profilingizda saqlanadi, uni profil sahifasida ko‘rish mumkin - veb-saytdagi har bir sahifaning yuqori qismidagi shaxsiy personajingizning asosiy surati orqali profil sahifangizga kirishingiz mumkin.
- Tanlovda ishtirok etish uchun siz "Ko‘rik-tanlov" sahifasiga o‘tishingiz kerak, bu havolani istalgan sahifaning yuqori qismidagi navigatsiya orqali topish mumkin. Sahifaga kirganingiz zahoti, istalgan tanlov uchun "Hoziroq Kirish" tugmasini bosasiz va bu sizni o‘sha tanlovning kirish sahifasiga olib boradi. Ariza shakli tanlovda ishtirok etish uchun qancha SuperBall kerakligini ko‘rsatadi va u sizdan qancha talabnoma yozmoqchi ekaningizni so‘raydi. Shunday qilib, agar tanlov ishtiroki 250 SuperBallga teng bo‘lsa va deylik, sizda o‘yin o‘ynashdan 800 ta SuperBall to‘plangan bo‘lsangiz, siz tanlovda 3 marta qatnashishingiz mumkin (750 SuperBall) va sizda 50 SuperBall qoladi. Yozmoqchi bo‘lgan talabnomalar sonini kiritganingizdan so‘ng, "TANLOVGA KIRISH" tugmasini bosing va siz tanlovda ishtirok etasiz.
G‘olib bo‘lganimni qanday bilsam bo‘ladi?
Biz har bir tanlov g‘olibi bilan elektron pochta orqali bog‘lanib, sovrinni qanday olish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar beramiz. 13 yoshgacha bo‘lgan barcha ishtirokchilar uchun elektron xabar ota-onasining elektron pochta manziliga yuboriladi.
Mukofotimni qanday olishim mumkin?
Superkitob xodimlari siz bilan elektron pochta orqali bog‘lanib, sovriningizni qanday olish bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi. Odatda, ular manzilni so‘rashadi, shunda biz sizga mukofotni pochta orqali yuborishimiz mumkin.
Tanlovlar odatda qancha davom etadi?
Tanlov muddati har xil, lekin siz har bir tanlovda e’lon qilingan tugash sanalarini ko‘rishingiz mumkin. Tanlovning oxirgi muddatlari uchun Ko‘rik-tanlovlar va sovrinlar sahifasini tekshiring.
Sovg‘amni qancha vaqt ichida olishim kerak?
Maktubda ko‘rsatilgan vaqtdan boshlab Superkitob xodimlari tomonidan yuborilgan elektron xabarga javob berish uchun g‘oliblarda to‘liq bir hafta (etti kun) bor. Agar bu vaqt ichida sizdan xabar olmasak, boshqa g‘olibni tanlashimiz kerak bo‘ladi.
Ko‘rik-tanlovlarni qanchalik tez-tez o‘tkazasiz?
Yilning har kuni bizda ko‘rik-tanlovlar o‘tkaziladi. Biz taqdim etayotgan sovrinlar SuperBalldan tortib Superkitob DVD-lari, sovg‘a kartalari, iPad va boshqa ko‘p narsalarni qamrab oladi.
Tanlov g‘olibi qachon aniqlanadi?
Tanlov g‘olibi tanlov tugagandan so‘ng aniqlanadi.
Nima uchun musobaqalar faqat AQShda o‘tkaziladi?
Qo‘shma Shtatlardan tashqaridagi tanlov qonuni va qoidalari ayni kunda xalqaro tanlovlar tashkil etishimizni cheklaydi.
Agar mukofot olishni istamasam nima qilishim kerak?
Sovrinni olmaslikni tanlasangiz, iltimos, bizning elektron pochtamizga javob berib, uni olishni istamasligingizni bildiring. Keyin biz boshqa g‘olibni tanlaymiz.
Tanlovga oid yana savollaringiz bormi?
Iltimos, tanlov qoidalari bilan tanishib chiqing.
SUPERKITOB SERIYALARI - EPIZODLAR
Dunyoning yaratilishi
Nega epizodda oltita alohida kun borligi ko‘rsatilmagan?
Xudoning ajoyib ijodi qisqacha ko‘rinishda ko‘rsatilgan. Vaqt cheklovlari yaratilish kunlarini batafsilroq ko‘rsatishga to‘sqinlik qildi.
Nega Shayton osmondagi isyon paytida Lyutsifer sifatida ko‘rsatilgan?
Ko‘pgina Muqaddas Kitob olimlari, Shayton Lyutsifer ismli qudratli farishta bo‘lganiga ishonishadi. Ammo u Xudoga qarshi isyon qilganida, u buzuq va yovuz bo‘lib qoldi. Muqaddas Kitob bizga shunday deydi: “Qanday qilib tushib ketding samodan, ey Lusifer, Tong o‘g‘li?! Xalqlarni yerga uloqtirgan eding! Yerga qulab tushding-ku o‘zing! (Ishayo 14:12, NKJV).
Yomon farishtalar kimlar edi?
Yomon farishtalar - Shayton tomonidan o‘zining isyoniga qo‘shilishga va uning jinlar armiyasining bir qismi bo‘lishga ishontirilgan mavjudotlardir. Bu to‘g‘rida ramziy ma’noda Vahiy kitobida aytiladi, Shayton ajdarho, farishtalar esa osmondagi yulduzlar deb ataladi: So‘ngra osmonda boshqa bir alomat ko‘rindi: yetti boshli, o‘nta shoxli ulkan qizil ajdarho paydo bo‘ldi. Uning har bir boshida bittadan toji bor edi. U dumi bilan osmondagi yulduzlarning uchdan bir qismini sudrab, yerga uloqtirdi (Vahiy 12:3-4).
Farishtalar jangda mag‘lubiyatga uchrab, g‘oyib bo‘lganda ular bilan nima sodir bo‘ladi?
Yaxshi farishtalar va qulagan farishtalar o‘rtasidagi jangni tasvirlash uchun biz ijodiy erkinlikdan foydalandik. Farishta mag‘lub bo‘lganda, u endi jangda kurasha olmaydi.
Nima uchun Lusifer shaklini o‘zgartirib, bunchalik xunuk bo‘lib qoldi? U bizni aldash uchun "nur farishtasi" sifatida kelmaydimi?
Lusiferning tashqi qiyofasidagi o‘zgarish uning qanday yomonlashgani va yovuzlikka aylanganining tashqi aksi edi. Boshqa tomondan, u o‘zini yaxshi farishta qilib, odamlarni aldashga harakat qilishi mumkin. Muqaddas Kitobda Shaytonning hiyla-nayrangi haqida aytiladi: Buning hayron qoladigan joyi yo‘q, chunki hatto shayton ham o‘zini nurli farishta qilib ko‘rsatadi (2 Korinfliklarga 11:14).
Adan bog‘ida yurgan Isomi yoki Ota Xudomi?
Bog‘da ulug‘vorlik bilan yurgan Xudo edi. Biz Uni nurli va ilohiy qilib tasvirladik va mo‘jizaviy qudratga ega ekanligini ko‘rsatdik. Muqaddas Kitobda aytilishicha, Yaratguvchi haqiqatan ham O‘zining ijodi orasida yurgan: "Oqshom payti shabada esib turganda, odam va xotini bog‘da Parvardigor Egamizning yurganini bildilar. Ular Parvardigor Egamizning nazaridan qochib, bog‘dagi daraxtlar orasiga yashirindilar" (Ibtido 3:8).
Odam Ato va Momo Havo ta’qiqlangan mevani yeyishdan oldin, nega sher odamlarga yoki hayvonlarga hujum qilmagan?
Odam Ato va Momo Havo gunoh qilishdan oldin, Adan bog‘i buzilmagan jannat edi. Xudo Odam Ato va Momo Havoga yer ustidan hukmronlik qilgan va hayvonlar odamlarga hujum qilmagan. Ko‘pgina Muqaddas Kitob olimlari Odam Ato va Momo Havo gunoh qilishdan oldin barcha hayvonlar o‘t yeyishgan, ya’ni vegetarian bo‘lgan deb hisoblashadi.
Ko‘rsatilgan jangda nima uchun Mikoyilning qilichi alangali edi?
Biz Odam Ato va Momo havoni Adan bog‘idan uzoqlashtirgan alangali qilichni eslatib turish uchun Mikoyilning qilichini ham alangali qilib ko‘rsatish uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik. Muqaddas Kitobda aytilishicha, Xudo Odam Atoni haydab yuborgandan keyin, hayot daraxtiga boradigan yo‘lni qo‘riqlash uchun Adan bog‘ining sharq tomoniga karublarni va doimo aylanib turadigan alangali qilichni o‘rnatdi (Ibtido 3:24).
Qurbonlik!
Nima uchun Ibrohim qo‘zi yoki qo‘chqorni qurbon qilishi kerak?
Xudoning O‘zi odamlarning gunohlari uchun hayvonlarni qurbon qilish amaliyotini o‘rnatgan. Odam Ato va Momo Havo gunoh qilganlaridan keyin, Xudo ular uchun hayvonlarning terisidan kiyim yasadi. Ko‘p o‘tmay, Xudo Isroil xalqiga Eski Ahd qonunini berganida, U ba’zi hayvonlarni gunoh evaziga qurbonlik qilish uchun ko‘rsatmalar berdi. Muqaddas Kitobda aytilishicha, Musoning qonuniga ko‘ra, deyarli hamma narsa qon bilan poklanadi. To‘kilgan qon orqaligina gunohlar kechiriladi (Ibroniylarga 9:22). Qurbonlik qilingan hayvon nuqsonsiz bo‘lishi kerak edi. Bu insoniyatning gunohlari uchun o‘lgan Iso Masihning gunohsizligiga ishora qiladi. Ibrohim tomonidan qurbon qilingan qo‘zining aybsizligi Isoning aybsizligini anglatadi. Endi, Iso dunyoning gunohlari uchun o‘lganidan keyin, hayvonlarni qurbon qilish shart bo‘lmay qoldi.
Quydiriladigan qurbonlik tutunida qanday tasvirlar bor edi?
Bu tasvirlar Ibrohim kelajagining yorqin lahzalari, jumladan, xotini Sora va o‘g‘li Is’hoq bilan bo‘lgan quvonchli damlar, shuningdek, Xudo Ibrohimga Is’hoqni qurbonlik qilishni buyurgan juda tashvishli vaqtlar edi.
Is’hoqda qanday hisoblash asbobi bor edi?
Bu abakus - hisob taxtasi bo‘lib, taxtacha tasmalariga terilgan munchoq, toshcha va h. k.ni surib, matematik hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Ibrohim uning oldiga qanday qilib uchta mehmon kelganini aytganda, nega Isoni ulardan biri sifatida ko‘rsatdingiz?
Ushbu g‘ayrioddiy tashrif haqidagi voqea Rabbiyning Ibrohimga zohir bo‘lganini aniq ko‘rsatib turibdi. Muqaddas Kitobda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytilgan, Rabbiy Ibrohimga zohir bo‘lgan va u bilan gaplashgan. "Rabbiy" deb tarjima qilingan ibroniycha so‘z "Yahve", Xudoning muqaddas ismidir. Ilohiyotchilarning fikricha, Xudo Eski Ahd davrida tana shaklida paydo bo‘lganida, bu Isoning ko‘rinishi edi.
Xudo Ibrohimga: “Menga itoat qilganing uchun yer yuzidagi hamma xalqlar sening nasling orqali baraka topadi” deganda nimani nazarda tutgan?
Xudo O‘zining O‘g‘li Iso Masihning tug‘ilishini bashorat qilgan edi. Insoniy ma’noda Iso Ibrohim va Is’hoqning avlodi edi. Iso orqali butun dunyodagi odamlar Xudoning sevgi, inoyat, rahm-shafqat va kechirimlilik kabi ajoyib ne’matlarini his qilishlari mumkin.
Yoqub va Esov
Menga to‘ng‘ichlik huquqi haqida batafsil ma’lumot bera olasizmi? To‘ng‘ichlik huquqi faqat an’anami yoki Xudo tomonidan buyurilganmi?
To‘ng‘ichlik huquqi to‘ng‘ich o‘g‘il otasidan merosning ikki barobar ulushini oladigan keng tarqalgan amaliyot edi. To‘ng‘ich o‘g‘il, shuningdek oilaning ruhoniysi bo‘lardi va u otasining sud hokimiyatini meros qilib olardi. Xudo tomonidan Isroil xalqiga berilgan Qonunda to‘ng‘ich o‘g‘ilning to‘ng‘ichlik huquqi himoyalangan, shuning uchun ham ota uni kenja, lekin sevimli o‘g‘liga bera olmasdi.
Xudo Rivqoga uning to‘ng‘ich o‘g‘lining avlodi kenja o‘g‘lining avlodiga xizmat qilishini aytdi. Nega Xudo buni aytdi?
Ikki o‘g‘il hali bachadonda bo‘lganlarida, Xudo ularning har birining xususiyatlarini ham, ulardan chiqadigan xalqlarning xususiyatlarini ham bilar edi. [Xudo Yeremiyo payg‘ambarga nima deganini eslang: Onang qornida senga shakl bermasimdan oldin seni bilgan edim. Tug‘ilmasingdan oldin seni O‘zim uchun ajratib olgan edim. Xalqlarga seni payg‘ambar etib tayinlagan edim (Yeremiyo 1:5). Garchi Yoqub ham, Esov ham fe’l-atvorda kamchiliklarga ega bo‘lsalar-da, Esov ruhiy masalalarga kam e’tibor berganga o‘xshaydi va ahmoqlik qilib, o‘zining bebaho to‘ng‘ichlik huquqini shunchaki bir kosa yasmiq shavla evaziga sotdi. Uning to‘ng‘ichlik huquqi unga Xudo Ibrohimga bergan va’dalarni kafolatlagan bo‘lardi. Ammo Muqaddas Kitobda aytilishicha, Esov o‘zining to‘ng‘ichlik huquqlarini mensimagan (Ibtido 25:34). Xudoning ilohiy marhamati Esovga emas, balki Yoqubga qaratilgan edi.
Nega Esov ov qilganda bo‘rining boshi va bo‘ri terisini kiygan?
U ov qilish uchun ularni niqob sifatida kiygan. O‘sha paytda bunday amaliyot dunyoning o‘sha qismida keng tarqalgan edi.
Nega Esov o‘zining to‘ng‘ichlik huquqini bir kosa yasmiq shavla evaziga sotadigan darajada ahmoq bo‘lgan?
Esovda bu masalada o‘zini intizomga bo‘ysundirish va uzoqni ko‘zlab ish tutish yo‘q edi. Garchi u ochlikdan o‘layotganini isbot qilib gapirsa-da, u shubhasiz bo‘rttirib yuborgandi. U diqqat-e’tiborni o‘zining bevosita ehtiyojlariga qaratdi va to‘ng‘ichlik huquqidan voz kechishning uzoq muddatli oqibatlarini hisobga olmadi. Balki u otasi tomonidan yaxshi ko‘rilgani uchun to‘ng‘ichlik huquqini unchalik muhim emas deb o‘ylagandir.
Yoqub Esovga qanday taom taklif qildi?
Bilganimiz shuki, bu yasmiq shavla edi. Muqaddas Kitobda aytilishicha, Yoqub Esovga bir oz non va yasmiq shavla berdi. Esov yeb-ichganidan so‘ng o‘rnidan turib ketdi. U to‘ng‘ichlik huquqlariga beparvolikni namoyon qildi (Ibtido 25:34 NLT).
O‘g‘ilga qanday baraka aytiladi?
Baraka - bu kimgadir yaxshilikni e’lon qilishdir. Ushbu holatda, o‘g‘ilga keladigan yaxshilikning ota tomonidan e’lon qilinishidir. Ota oilaning ruhoniysi bo‘lganligi sababli, uning og‘zaki barakasi alohida ahamiyatga ega edi va barakani oluvchining kelajakdagi farovonligiga haqiqiy ta’sir ko‘rsatardi.
Yoqub bilan kurashgan odam Iso ekanligini qayerdan bilasiz?
Ular kurashni tugatib, “odam” ketganidan keyin, Yoqub o‘sha joyni Paniyol (“Xudoning yuzi” ma’nosini anglatadi) deb nomladi va u shunday dedi: “Xudo bilan yuzma-yuz bo‘libman-u, hayotim saqlanib qolibdi-ya” (Ibtido 32:30). Shunday qilib, biz Yoqubning Xudo bilan kurashayotganini bilamiz. Qachonki Xudo O‘zini namoyon qilsa, bu teofaniya deb ataladi. Qachonki Xudo yer yuzida odam qiyofasida paydo bo‘lsa, ilohiyotchilar buni Isoning ko‘rinishi deb hisoblashadi.
Ko‘rsatilgan jangda nima uchun Mikoyilning qilichi alangali edi?
Biz Odam Ato va Momo havoni Adan bog‘idan uzoqlashtirgan alangali qilichni eslatib turish uchun Mikoyilning qilichini ham alangali qilib ko‘rsatish uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik. Muqaddas Kitobda aytilishicha, Xudo Odam Atoni haydab yuborgandan keyin, hayot daraxtiga boradigan yo‘lni qo‘riqlash uchun Adan bog‘ining sharq tomoniga karublarni va doimo aylanib turadigan alangali qilichni o‘rnatdi (Ibtido 3:24).
Xalqimni Qo‘yib Yubor!
Xudo Musoga yonayotgan buta orasidan gapirganda, nega U Musoga oyoq kiyimini yechishni va bu joyni muqaddas yer ekanini aytdi?
Muso turgan yer Xudoning huzuri tufayli muqaddas bo‘ldi. Sharqiy mamlakatlarda maxsus joyga, masalan uyga kirganda oyoq-kiyim va choriqlarni yechish odat tusiga kirgan. Chuqurlashadigan bo‘lsak, Musoning chorig‘i iflos edi va ularni yechish Musoning gunohkor ekanligini va muqaddas Xudo huzurida turganini tan olishini anglatardi.
Fir’avn saroyining sehrgarlari qanday qilib tayoqlarini ilonga aylantira olishdi?
Fir’avnning sehrgarlari Musoning tayog‘i bilan sodir bo‘lgan mo‘jizani nusxa qilib olish uchun Shaytonning kuchlaridan foydalanganlar. Musoda mo‘jizaviy kuch yo‘q edi; aynan Xudo Musoning tayog‘ini ilonga, so‘ngra yana tayoqqa aylantirgan.
Nega Fir’avn aravasini Qizil dengizning suvlari ikki tomonga surilgan yeridan haydab o‘tmadi?
Uning yo‘lida toshlar bor edi, qo‘shini esa uning yonidan o‘tib ketayotgandi, shuning uchun u uzoqqa siljiy olmadi.
Ajralgan suvlar birlashganda Fir’avn o‘lganmi?
Muqaddas Kitobda fir’avn o‘lganligi aniq aytilmagan, shuning uchun biz uning cho‘kib ketganini aniq bilmaymiz. Boshqa tomondan, Isroil xalqini dengizga quvgan Fir’avnning barcha qo‘shini halok bo‘ldi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Suv asl holiga qaytdi. Fir’avnning aravakashlarini va jang aravalarini, Isroil xalqini ortidan quvib, dengiz o‘rtasiga tushgan hamma Misr lashkarini g‘arq qildi. Ulardan birortasi ham tirik qolmadi. (Chiqish 14:28).
O‘nta Amr
Nima uchun epizodda Xudoning muqaddas amrlari haqida gap borsada, “qoidalar”ga rioya qilish haqida ko‘p gapiriladi?
Muso «qoidalar» atamasini ishlatmaydi. Ko‘pincha bolalar "qoidalar" so‘zini ishlatishadi va bu atamani "amrlar"dan ko‘ra yaxshiroq qabul qilishadi. Muso O‘nta Amrni amrlar deb atagan va Qonunning boshqa qismlarini esa farmon va shartlar deb atagan. Muso "qoidalar" so‘zini faqat odamlarning tog‘ga yaqinlashmaslik haqidagi amriga nisbatan ishlatgan.
Nega Muso ularga faqat bir kunlik manna yig‘ishni buyurdi?
Xudo buni odamlarga Uning kundalik rizqiga ishonishni o‘rgatish uchun buyurdi. Ular Xudo har kuni ularni kuzatib turishini va har kunlik barcha zaruriy ehtiyojlarini qondirishini bilib, tinchlanishlari mumkin edi.
Nima uchun Xudo Musoga ba’zan olov, boshqa paytda esa uning atrofida aylanayotgan nurdek ko‘rinadi?
Biz bilamizki, Xudo O‘zini odamlarga turli yo‘llar bilan ko‘rsatgan. U Musoga yonayotgan butadan (Chiqish 3:2) va bulutdan (Chiqish 34:5) gapirdi, Muqaddas Ruh Isoning ustiga kaptar shaklida tushib qo‘ndi (Yuhanno 1:32) va Hosil bayrami kuni Muqaddas Ruh shamolning ovozi va til shaklidagi alanga (Havoriylar 2:1-4) bo‘lib keldi.
Epizodning oxiriga kelib, Muso tog‘da yolg‘iz o‘zi ibodat qilayotganida, uning yoniga nima tushdi?
Rabbiy bulut shaklida tushayotgan edi. Muqaddas Kitobda aytilishicha, Egamiz bulut ichida tushib, U bilan birga turdi; va U o‘zining ismini Yahova deb ma’lum qildi (Chiqish 34:5).
Devqomat Raqib Bilan Jang
Qanday qilib Dovud sherni o‘ldirishi mumkin edi?
Xudoning qudrati Dovudga tushdi hamda unga sherni o‘ldirish uchun jasorat va kuch berdi. Boshqa safar Dovud ayiqni o‘ldirdi (1 Shohlar 17:34-37).
Nega Xudo Dovud kabi yosh bolani Isroilning bo‘lajak shohi qilib tanladi?
Xudo Dovudning yuragiga qaradi va u Unga bo‘ysunishni va Uni rozi qilishni xohlayotganini ko‘rdi (1 Shohlar 13:14; 16:7).
Nega Shomuil Dovudning boshiga moy surtdi?
Shomuil payg‘ambarning Dovudning boshiga moy surtishi, Xudo uni alohida xizmat uchun ajratib qo‘yganini ko‘rsatdi. Boshqacha qilib aytganda, Xudo uni Isroilning bo‘lajak shohi qilib tanlagan edi. Bundan tashqari, moy Muqaddas Ruhni ifodalaydi. Muqaddas Kitobda Shomuil Dovudning boshiga moy surtganida, o‘sha kundan boshlab Muqaddas Ruh Dovudni qamrab oldi (1 Shohlar 16:13).
Dovud qanday musiqa asbobida chalgan?
Dovud kichikroq arfa yoki lira chalgan.
Isroilliklarni masxara qilayotgan odam kim edi va nega Go‘liyot Muqaddas Kitobda aytgan so‘zlarni u aytgandek qilib ko‘rsatgansiz?
Go‘liyotning uzoq va vahimali ishtiroki bilan ba’zi bolalarni qo‘rqitmaslik uchun biz keskinlikni yumshatish maqsadida hajviy ko‘rinishdagi qurolbardor – Fikol ismli Filistni yaratdik.
Go‘liyotning bo‘yi qancha edi?
Muqaddas Kitobda Go‘liyotning bo‘yi uch metrga yaqin deb yozilgan (1 Shohlar 17:4).
Go‘liyotning nayzasi qanchalik katta edi?
Go‘liyotning nayzasi qalin va og‘ir yog‘ochdan yasalgan, nayza uchidagi temirning og‘irligi esa deyarli 7 kilogramm (1 Shohlar 17:7) edi.
Nega epizodda Dovud beshta o‘rniga bitta tosh ko‘tarayotgani ko‘rsatilgan?
Muqaddas Kitobda Dovud beshta tosh ko‘targani haqida yozilgan bo‘lsa-da, biz hikoyaning asosiy nuqtasiga e’tibor qaratdik, bunda Xudoga ishonish va Xudoning qudrati bilan Dovud Go‘liyotni palaxmon va tosh bilan mag‘lub etdi. Vaqt cheklovlari tufayli biz Muqaddas Kitob hikoyasining barcha tafsilotlarini doimo ham ko‘rsata olmaymiz.
Superkitobning har bir epizodi taxminan 28 daqiqa bilan cheklangan, shuning uchun ular 30 daqiqalik vaqt oralig‘ida efirga uzatilishi mumkin. (Bu bizga Superkitobni Qo‘shma Shtatlar va butun dunyodagi ko‘plab bolalarga baham ko‘rish imkonini beradi.) Agar siz ochilish va yopilish qo‘shiqlarini, shuningdek yakuniy titrlarni hisobga olsangiz, butun voqeani aytib berish uchun bizda atigi 22 daqiqa vaqt bor. Vaqtning bir qismi Kris va Djoyga ularning zamonaviy sharoitlariga ajratiladi, shunda bolalar muhim va tegishli hayotiy saboq olishlari mumkin. Ko‘rib turganingizdek, bizda Muqaddas Kitobdagi hikoyalarning har bir jihatini yoritishga vaqtimiz yo‘q. Bizning umidimiz va xohishimiz Kris va Djoyning sarguzashtlari bolalarni ushbu hikoyalar haqida ko‘proq bilishga ilhomlantiradi. Superkitob turkumining maqsadlaridan biri bolalarni Muqaddas Kitobni o‘qishga qiziqtirishdir.
Dovud Go‘liyot bilan jang qilmoqchi bo‘lganida uning ustidagi oltin yorqinlik nimani bildiradi?
Yorqinlik Dovudga Go‘liyotni mag‘lub etish uchun kelgan Rabbiyning Ruhini ko‘rsatadi (1 Shohlar 16:13).
Dovud Go‘liyotni palaxmon yoki qilich bilan o‘ldirganmi?
Muqaddas Kitobda Dovud Go‘liyotni tosh va palaxmon bilan mag‘lub etgani yozilgan. Go‘liyot yerga yiqilganidan so‘ng Dovud Go‘liyotning qilichini olib, uni o‘ldirdi (1 Shohlar 17:49-51).
Sherlar qurshovida!
Qadimgi Bobil shahri qayerda edi?
Bobil shahri hozirgi Iroq deb ataladigan hududda joylashgan edi. Eski Ahddagi "Bobil" atamasi - Bobil shahriga ham, Bobil viloyatiga ham tegishli.
Doniyor va shoh Doro Shadrax, Meshax, Abednaxu va shoh Navuxadnazar bilan bir vaqtda yashaganmi?
Doniyor, Shadrax, Meshax, Abednaxu shoh Navuxadnazar Quddusni zabt etganda, Bobilga asir qilib olib ketilgandi. Xudo tomonidan berilgan buyuk donoligi tufayli Doniyor bir qator shohlar davrida muhim davlat lavozimlarida xizmat qilgan: Navuxadnazar, Belshazar va Doro.
Sherlar uyasini qoplagan toshga qanday muhr bosilgan?
Odamlar Doniyorni qutqarish uchun toshni siljitishga urinmasliklari uchun toshga va sherlar uyasining qoplamasiga loy bosildi. Keyin shoh uzukdagi tasvirni loyga bosib, unda iz qoldirdi. Bu shohlik muhri edi va hech kim uni buzmasligini anglatardi.
Doniyor Kris va Djoyning ismlarini bilmasligini aytganidan keyin Djoyning ismini qayerdan bildi?
Ular birinchi marta uyiga kirganlarida Doniyor ularning ismlarini bilmasdi, biroq oradan bir necha daqiqa o‘tib Kris Djoyning ismini aytganini eshitdi.
Nega ayblovchilarni sherlar uyasiga tashlashlarini ko‘rsatmadingiz?
Shoh Doro Doniyorning ayblovchilariga sherning na’rasi qanchalik kuchli bo‘lishini bilib olishlarini aytishi bilanoq, Superkitob Kris, Djoy va Gizmoni uyiga olib ketdi. Superkitob ularni uyiga qaytarib olib keldi, chunki ular yengil bo‘lmasa ham to‘g‘ri ish qilish saboqlarini oldilar.
Birinchi Mavlud
Baytlahm yulduzi Iso tug‘ilganda paydo bo‘lganmi yoki ikki yil oldin? Munajjimlar Iso endigina tug‘ilganida kelishganmi yoki yoshligida?
Muqaddas Kitob tadqiqotchilari yulduzning qachon paydo bo‘lganligi va munajjimlar qachon tashrif buyurishgani haqida bir fikrga kelishmagan. Ba’zilarning fikricha, yulduz Iso tug‘ilganda paydo bo‘lgan, munajjimlar yulduzni ko‘rishgach, o‘z sayohatini boshlashgan va oylar yoki yillar osha yetib kelishgan. Yana boshqa nuqtai nazar shundaki, yulduz Masih tug‘ilishidan avval paydo bo‘lgan, shuning uchun munajjimlar o‘z sayohatlarini oldinroq boshlaganlar va Iso tug‘ilganda yetib keldilar. "Birinchi Mavlud" voqealarning mazkur ko‘rinishini namoyon qiladi. Shuningdek, u an’anaviy Mavlud sahnalarini ko‘rgan bolalarga "Birinchi Mavlud" seriyasidagi Mavlud sahnasi bilan yaxshiroq qiyoslashga imkon beradi.
Iso og‘ilxonada tug‘ilganmi yoki g‘orda?
Muqaddas Kitobda aytilishicha, Isoni hayvonlar uchun ozuqa bo‘lgan oxurga qo‘yishgan. Luqo Xushxabarida shunday yozilgan, “U o‘zining to‘ng‘ich o‘g‘lini tug‘di. Uni yo‘rgaklab, oxurga yotqizib qo‘ydi, chunki mehmonxonada ularga joy yo‘q edi” (Luqo 2:7). Boshqa tomondan, Muqaddas Kitobda oxurning otxona yoki g‘orda bo‘lganligi aytilmagan. "Birinchi Mavlud" Isoning og‘ilxonada tug‘ilishi haqidagi an’anaviy nuqtai nazardan kelib chiqadi. Bu an’anaviy Mavlud sahnalarini ko‘rgan bolalarga "Birinchi Mavlud" seriyasidagi Mavlud sahnasini yaxshiroq tushunishga imkon beradi.
Cho‘ponlarga zohir bo‘lgan va Xudoni ulug‘lagan farishtalar qo‘shini qayerda edi?
Agar diqqat bilan qarasangiz, bulutlarda qo‘shiq kuylayotgan ko‘plab farishtalarni ko‘rasiz.
Iso tug‘ilganda farishtalar haqiqatan ham og‘ilxona ichida va tepasida paydo bo‘lganmi?
Biz bilamizki, farishtalar yaqin atrofdagi cho‘ponlarga zohir bo‘lgan. Garchi Muqaddas Kitobda farishtalar Yusuf, Maryam va Iso bilan birga bo‘lganligi aytilmasa-da, Xudo u yerdagi odamlarga ko‘rinmasa ham, yangi tug‘ilgan chaqaloqni qo‘riqlash uchun u yerga farishtalarni albatta yuborgan bo‘lardi. Zaburda Xudoning farishtalari himoyasi haqida so‘z boradi: Agar Egamizni panohing qilsang, boshingga biron baxtsizlik kelmas. Xudoyi Taoloni qo‘rg‘oning qilsang, biron falokat chodiringga yo‘lamas U sen to‘g‘ringda farishtalariga amr beradi, farishtalar hamma yo‘llaringni qo‘riqlaydi. Oyog‘ing toshga qoqilib ketmasin deya, farishtalar qo‘llarida seni ko‘tarib boradi (Zabur 90:9-12). Bundan tashqari, biz Najotkor tug‘ilganda ruhiy olamning ulug‘vor tasvirini yaratish uchun ijodiy erkinlikdan foydalandik.
Isoning Mo‘jizalari
"Isoning Mo‘jizalari" qaysi yosh guruhiga mo‘ljallangan?
Superkitob epizodlari odatda 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ishlab chiqariladi. Biroq, bolalarning ruhiy rivojlanishi, dramatik tasvirlarga nisbatan sezgirligi va ko‘rishga odatlangan dastur turi bilan farq qilganligi sababli, biz ota-onalarga o‘z farzandlari uchun qaysi epizodlar mos kelishini ko‘rib chiqishni taklif qilamiz. Ayrim epizodlarni farzandlariga ko‘rsatishdan oldin biz uni ota-onalarga oldindan ko‘rishni maslahat beramiz.
Shayton Superkitobning bir nechta epizodlarida ko‘rsatilgan. Nega u qanotlari va dumi bor uchuvchi ilon sifatida tasvirlangan?
Muqaddas Kitob Lusifer yoki iblis deb ham ataladigan Shaytonni aniq tasvirlamagan; shuning uchun biz uning qanday ko‘rinishini ko‘rsatish uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik. "Dunyoning yaratilishi" epizodida Lusifer birinchi marta osmonda farishta sifatida paydo bo‘lganida, u uzun sariq sochli ajoyib farishtadek tasvirlangan. U Xudoga qarshi isyon ko‘targanda, yovuz maxluqqa aylanadi, uning sochlari esa shoxga aylanadi. Bundan tashqari, uning tanasi sudralib yuruvchiga - Adan bog‘idagi ilonga o‘xshab qoladi. (Ibtido 3:1 ga qarang.) Biz Shaytonni yovuz cho‘rtkesar sifatida noto‘g‘ri talqin qilinishi mumkin bo‘lgan personajga o‘xshatishni xohlamadik. Istagimiz shuki, bolalar haqiqiy dushman borligini va u yovuz ekanligini tushunishsin.
Nima uchun olomondagi odam Shaytonga aylanadi?
Ushbu epizod ssenariysida bu odam "Naysayir" deb nomlanadi. U shubha, masxara va yolg‘onni ifodalaydi. Yuhanno 8:44 da iblis "yolg‘onning otasi" ekanligini aytadi. Shayton boshidanoq yolg‘on va chalkashliklar bo‘yicha ustasi farang bo‘lgan. Misol tariqasida, u o‘zini Adan bog‘ida ilonga aylantirdi.
Nega Shayton bo‘ronda paydo bo‘ladi? Bo‘ronga u sababchi bo‘lganmi?
Shayton bo‘ronni keltirib chiqarmagan va uning so‘zlari u bunday qilmaganini ko‘rsatadi. Epizodda biz ataylab bo‘ronning kuchayganini Shayton paydo bo‘lishidan oldin ko‘rsatdik. Shuningdek, Muqaddas Kitobda bo‘ronga Shayton sababchi bo‘lgani aytilmagan. Biroq, Matto 8:26 da aytilishicha, Iso shamol va to‘lqinlarga "do‘q urgan" va shu ondayoq chuqur sukunt cho‘kkan. Xushxabarning boshqa joylarida, Iso jinlarning kuchi ustidan hokimiyatni olganida "do‘q" so‘zi ishlatiladi. (Matto 17:18, Mark 9:25 va Luqo 9:42 ga qarang.) Shogirdlar bo‘ronning tartibsizligi va cho‘kib ketishdan qo‘rqishganida, qanday qilib Xudoga ishonishmaganini ko‘rsatish uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik.
Nega Gerasa qabristonidagi jin urgan odam juda qo‘rqinchli ko‘rinadi va uning ovozi nega g‘alati eshitiladi?
Uning ovozi go‘yo ko‘p odamlar gapirayotgandek tuyuladi, chunki unda yovuz ruhlar ko‘p edi. Luqo 8:31-32 Iso bilan gaplashayotgan "jinlar" (ko‘plik) haqida gapiradi. Muqaddas Kitob Mark 5:1-20 va Luqo 8:26-39 da jinga chalingan odam juda aniq tasvirlangan.
“Isoning mo‘jizalari” nihoyasida biz Mirakulo yashirin sim yordamida “levitatsiya” qilganini ko‘ramiz va ko‘plab sehrgarlar bog‘dagi o‘tirgichlar kabi buyumlarni “ko‘zdan yo‘qotish” uchun tutun va ko‘zgulardan foydalanishini bilamiz. Ammo Mirakulo Krisning cho‘ntagidan uyali telefonni qanday qilib "uchirishga" majbur qildi?
Bunday illyuziyani amalga oshirish uchun ko‘cha sehrgarlari ko‘pincha sheriklaridan bexabar odamlarni yashirincha aldash uchun foydalanadilar.
Qutlugʻ Kechlik
Nega Iso qoya tepasida turgan edi?
U balandroq joyda turib olomonga gapirganda ovozi yaxshiroq eshitilishi uchun.
Nega Gizmo "Masih" so‘zining ma’nosini "Moylangan" demasdan "Tanlangan" deb aytdi?
"Masih" so‘zi ko‘pincha oddiygina "Moylangan" deb tarjima qilinadi. Haqiqatan ham Iso Xudo tomonidan moylangan, chunki U deb aytgan: “Egamizning Ruhi meni qamradi. Yo‘qsillarga Xushxabar yetkazmoq uchun Egam meni tanladi. Zindondagilarga erkin bo‘lasiz, deb aytmoq uchun, Ko‘rlarga, ko‘zingiz ochiladi, deb xabar bermoq uchun, Asirlarni ozod qilmoq uchun, Egamning marhamat yilini ma’lum etmoq uchun Egam meni yubordi” (Luqo 4:18-19). Lekin Isoning "Masih" unvoni teran va to‘liqroq ma’noga ega. U payg‘ambar, ruhoniy va shoh sifatida moylangan! Shunday bo‘lsa-da, U xalq kutganidek shoh bo‘lib kelmadi, chunki U Pilatga: “Mening Shohligim bu dunyodan emas. Agar Shohligim bu dunyodan bo‘lganda edi, yahudiylarning qo‘liga tushmasligim uchun Mening xizmatkorlarim kurashar edilar. Biroq Mening Shohligim bu yerdan emas” (Yuhanno 18:36). Iso – Xudo Shohligining Shohidir!
“Tasanno” nimani anglatadi?
Bu ibroniycha so‘z bo‘lib, “Bizni qutqar, Senga iltijo qilamiz!” degan ma’noni bildiradi. Bu Iso Quddusga kirganida, odamlarning maqtovli hayqiriqlari edi. Bu Zabur 117:25 dagi so‘zlarni aks ettiradi: "Najot ber bizga, yolvoramiz, ey Egam! Muvaffaqiyat ber, o‘tinamiz, ey Egam!"
"Barux Xaba B'Shem Adonay" nimani anglatadi?
Bu ibroniycha ibora bo‘lib, “Rabbiy nomi bilan kelayotgan muborakdir” degan ma’noni bildiradi. Xalq bu hayqiriq orqali Isoni va’da qilingan Masih sifatida kutib oldi va Zabur 117:26 ni aks ttiradi: “Egamiz nomidan keladigan zot baraka topsin. Egamiz uyidan turib, seni duo qilamiz”.
Nega Iso xo‘tikka mindi?
Iso – Masih to‘g‘risidagi bashoratlardan birini amalga oshirayotgan edi. Bu bashoratda shunday deyilgan edi: “Quddus xalqiga ayting: Mana Shohingiz kelyapti. Kamtarindir Shohingiz, U eshakning ustida, ha, eshakning bolasini – Xo‘tikni minib kelyapti” (Matto 21:5).
Nega ular palma shoxlarini silkitishdi?
Iso Quddusga kirganida, odamlar Uni Masih deb olqishlash uchun palma shoxlarini silkitdilar. Palma shoxlari g‘alaba ramzi sifatida silkitilgan. Qadimgi dunyoda palma shoxlari shoh yoki g‘olib generallarni kutib olish uchun ishlatilgan.
Nega Naxsho‘n rim askarini Iso haqida ogohlantirib turdi?
Naxsho‘n personaj bo‘lib, biz uni farziy sifatida yaratdik. U ko‘plab diniy rahbarlarning yomon munosabati va niyatlarini ifodalaydi. Masalan, Muqaddas Kitobda diniy rahbarlar Isoni o‘ldirishni reja qilishgani yozilgan: Fisih ziyofatiga va Xamirturushsiz non bayramiga ikki kun qolgan edi. Bosh ruhoniylar va Tavrot tafsirchilari Isoni hiyla bilan tutib, o‘ldirish uchun fursat poylab yurgan edilar (Mark 14:1).
Iso ma’badni tozalayotganda nega g‘azablangan edi?
Ma’badning tashqi hovlilari barcha xalqlarning odamlari uchun muqaddas ibodat joyi bo‘lishi kerak edi, lekin Iso ba’zi odamlar uni nopok ishlar joyiga aylantirganini ko‘rdi.
Fisih ziyofati tugagach, nima uchun Iso shunday dedi: “Bu kunni bizga Xudo yaratgan. undan zavqlanib xursand bo‘laylik"?
Fisih ziyofatida an’anaga ko‘ra 117- sano kuylanardi. Zaburning bir satrida shunday deyilgan: “ Egamiz yaratgan kundir bu, Bu kunda shod bo‘lib, sevinaylik " (Zabur 117:24). Matto Xushxabarida aytilishicha, Iso va Uning shogirdlari ovqat oxirida madhiya kuylashdi: “So‘ng ular hamdu sano kuylab, Zaytun tog‘i tomon ketdilar” (Matto 26:30).
U Tirildi
Nima uchun qabrga faqat bitta ayol borishi ko‘rsatilgan?
"U tirildi!" Muqaddas Kitob voqealari Yuhanno Xushxabaridan olingan. Birinchi uchta Muqaddas Kitobda bir nechta ayol qabrga borganligi yozilgan bo‘lsa-da, Yuhanno Xushxabarida faqat Magdalalik Maryam qabrga borishi eslatib o‘tilgan. Unda aytilishicha, Yakshanba kuni erta saharda, kun yorishmasdan, Magdalalik Maryam qabrning oldiga kelib, qabr og‘zidagi toshning ag‘darilganini ko‘rdi (Yuhanno 20:1). Superkitob mualliflari va prodyuserlari Yuhanno Xushxabarining Magdalalik Maryam haqidagi ta’kidlashiga amal qilishga qaror qilishdi.
Nega qabrdagi farishtalar oq libosda emas?
Ilk bora chiqarilgan “U tirildi!” DVD-disklari ustiga qabrdagi ikkita farishtaning oq kiyimda bo‘lmagan tasviri tushirilgan edi, lekin bu holatni e’tiborga oldik va keyinroq chiqarilgan DVD- disklarning ustiga oq libosli farishtalarning tasvirini tushirdik (Yuhanno 20:11-12). Ushbu o‘zgarishlar barcha mahalliy va xalqaro teleko‘rsatuvlar hamda Superkitob deb nomlangan o‘quv dasturlari uchun ham kiritilgan: Jamoat Nashri va Superkitob: Oilaviy Nashr.
Nega qabrdagi farishta Maryamga Isoning shogirdlari va Butrusning oldiga borib, tirilish haqida aytishni buyurmaydi?
Isoning tirilishi haqidagi "U tirildi!" hepizodi Yuhanno Xushxabarida yozilgan voqealarga mos keladi. Bu Xushxabarda farishtalar Maryamga shogirdlarga xabar berishni aytgani aytilmagan. Buning o‘rniga, Xushxabarda aytilishicha, Iso shogirdlariga xushxabarni yetkazish uchun Maryamga topshiriq bergan. Yuhanno Xushxabarida shunday yozilgan: “Menga qo‘l tegizma! – dedi Iso Maryamga. – Men hali Otamning huzuriga chiqqanim yo‘q. Sen borib birodarlarimga shunday deb aytgin: “Men O‘z Otam va sizlarning Otangizning, O‘z Xudoyim va sizlarning Xudoyingizning huzuriga chiqib ketyapman” (Yuhanno 20:17).
Nima uchun Isoning qo‘llarida emas, balki bilaklarida mix izlari ko‘rsatilgan?
Yangi Ahd Isoning "qo‘llari" mixlanganini gapirganda, u inglizcha "qo‘llar" so‘zidan ko‘ra kengroq ma’noga ega bo‘lgan yunoncha so‘zdan foydalanadi. Yunoncha so‘z panja, kaft va bilakni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, tarixchilar Rim askarlari odamlarni xochga mixlaganlarida, mixlarni kaftlar yoki bilaklarga urishganini aniqladilar. (Agar Isoni kaftlariga mixlashganida edi, askarlar ham Uning qo‘llarini arqon bilan xochga bog‘lagan bo‘lishardi.) Demak, Isoning kaftini yoki bilagini mixlash ehtimoli juda katta edi. Nima bo‘lganda ham, U gunohlarimiz evaziga o‘lgani uchun Najotkorimizga qachon rahmat aytishimiz mumkin?
Nega "U tirildi!" epizodida tirilishdan keyin sodir bo‘lgan boshqa voqealar ko‘rsatilmagan, masalan, Isoning qulflangan uyda shogirdlariga ko‘rinishi yoki Isoning To‘maga chandiqlarini ko‘rsatishi?
Biz "U tirildi!" epizodida Isoning tirilishi haqida ko‘proq ma’lumot berishni istardik. Biroq, Superkitobning barcha epizodlari uzunligi taxminan 28 daqiqa bilan cheklangan, shuning uchun ular 30 daqiqalik vaqt oralig‘ida efirga uzatilishi mumkin. (Bu bizga Superkitobni dunyo bo‘ylab ko‘plab bolalarga yetkazish imkonini beradi.) Har bir epizodda Kris va Djoy zamonaviy muhitida aks ettirilgan bo‘lib, bolalar muhim va tegishli hayotiy saboq olishlari mumkin. Shuningdek, har bir epizod ichiga kirish qo‘shig‘i, yakuniy qo‘shiq va yakuniy titrlarni sig‘dira olishimiz kerak, shu sababdan Muqaddas Kitobdagi hikoyalarning har bir jihatini yoritishga vaqtimiz yetarli emas. Bizning umidimiz va xohishimiz Kris va Djoyning sarguzashtlari bolalarni ushbu hikoyalar haqida ko‘proq bilishga ilhomlantiradi. Superkitob turkumining maqsadlaridan biri bolalarni Muqaddas Kitobni o‘qishga qiziqtirishdir.
Damashq tomon yo‘l
Nega epizodning birinchi qismida Xanoniyo Quddusda bo‘lgan? U Damashqda yashamaganmi?
Xanoniyo hamrohlariga Damashqdagi uyiga o‘zi bilan borishlari kerakligini aytdi, shuning uchun u faqat Quddusdagi imonlilarning oldiga tashrif buyurgandi. Muqaddas Kitobda aytilishicha, Damashqda Xanoniyo ismli imonli odam bor edi (Havoriylar 9:10). Boshqa tomondan, Quddusdagi masihiylarga qarshi kuchli ta’qiblar qilinayotgani tufayli u yerda yashayotgan imonlilarning aksariyati shaharni tark etishgandi.
Nega Stefanni toshbo‘ron qilishayotganini ko‘rsatdingiz?
Biz Shoulning avvalgi harakatlari va sodir bo‘lgan ta’qiblar haqidagi tarixiy dalillarni iloji boricha aniqroq yetkazish uchun toshbo‘ronning bir qismini ko‘rsatdik. Biroq, biz sahnaning shiddatligini kamaytirish va bolalar uchun qulayroq qilish uchun toshbo‘ronni faqat oq-qora rangli xotira sifatida ko‘rsatdik.
Nega Shomuil Dovudning boshiga moy surtdi?
Shomuil payg‘ambarning Dovudning boshiga moy surtishi, Xudo uni alohida xizmat uchun ajratib qo‘yganini ko‘rsatdi. Boshqacha qilib aytganda, Xudo uni Isroilning bo‘lajak shohi qilib tanlagan edi. Bundan tashqari, moy Muqaddas Ruhni ifodalaydi. Muqaddas Kitobda Shomuil Dovudning boshiga moy surtganida, o‘sha kundan boshlab Muqaddas Ruh Dovudni qamrab oldi (1 Shohlar 16:13).
Damashqqa boradigan yo‘lda Shoulga hamroh bo‘lganlar otdan yiqilib tushadi, biroq Muqaddas Kitobda, ular hech kimni ko‘rmasdan, qotib qolgandilar, deb aytilgan?
Shoul bilan birga bo‘lganlar juda hayratda yoki qo‘rqib ketishganidan hech nima demaganlariga e’tiborni jalb qilish uchun biz ijodiy erkinlikdan foydalandik. Muqaddas Kitobda aytilishicha, ular bu voqeadan juda hayratda qolganlar, chunki Shoulga hamroh bo‘lganlarning tillariga bir so‘z kelmay, to‘xtab qolgan edilar. Ular ovozni eshitardilar-u, ammo hech kimni ko‘rmasdilar! (Havoriylar 9:7).
Nega Iso Shoul Uni quvg‘in qilayotganini aytdi? Axir Iso osmonda ekan, qanday qilib Uni quvg‘in qilish mumkin?
Iso hali yer yuzida bo‘lganida, Unga ishongan kishiga qilingan har bir narsa Unga ham qilinishini o‘rgatgan. Isoning masallaridan birida, Shoh aytadi: Sizlarga chinini aytayin: sizlar eng kichik birodarimga qilgan har qanday yaxshiligingizni Menga qilgan bo‘lasiz! (Matto 25:40). Shoul masihiylarni quvg‘in qilganda, u xuddi Isoni quvg‘in qilayotganday edi, chunki Rabbiy imonlilarning qalbida yashaydi va ular U uchun juda qadrli.
Iso osmondan gapirganda, nega Djoy: “Momaqaldiroqqa o‘xshaydi!” dedi?
Muqaddas Kitobda aytilishicha, Shoulning hamrohlari kimningdir ovozini eshitardilar (Havoriylar 9:7). Ehtimol bu, Iso xochda bo‘lganida va Ota osmondan: Men nomimni ulug‘ladim, bundan keyin ham ulug‘layman, degan ovozga o‘xshar (Yuhanno 12:28). Olomon ovozni eshitdi, lekin ba’zilar uni momaqaldiroq yoki farishta ovozi bilan chalkashtirishgandir. Muqaddas Kitobda aytilishicha, olomon ovozni eshitganida, ba’zilari buni momaqaldiroq, boshqalari esa Isoga farishta gapirdi, deb o‘ylashgan (Yuhanno 12:29).
Nima uchun Xanoniyo ibodat qilayotganda boshiga ro‘mol yopgan?
Isroilda yahudiy erkaklar ertalabki ibodatda boshlarini ibodat ro‘moli (tallit) bilan yopishlari an’ana bo‘lgan.
Xanoniyo “Barux ata Adonay Eloheynu melek ha-olam” deb ibodat qilganida, bu nimani anglatadi?
Bu an’anaviy Yahudiylarning ochilish ibodatining birinchi qismi edi. Bu shunday degani: “Yo RABBIY, Xudoyimiz, koinot Shohi Sen muboraksan...”
Yunus
Nega Yunusni yutib yuborgan kitni emas, balki g‘alati ko‘rinishdagi ulkan baliqni ko‘rsatdingiz?
Yunusni yutib yuborgan jonzot haqida gap ketganda, Yunus 2:1 da asl ibroniy tili va Matto 12:40 da yunon tili "ulkan baliq" degan ma’noni anglatadi. Demak, bu oyatlar albatta kitga ishora qilmaydi. Bundan tashqari, biz Muqaddas Kitobning bir qancha inglizcha talqinlarini ko‘rib chiqdik va ularning barchasida Yunus 2:1 da “kit” o‘rniga “ulkan baliq” yoki “katta baliq” kabi atamalar ishlatilgan. Iso Yunus haqida gapirgan Matto 12:40 da Muqaddas Kitobning zamonaviy talqinlari kitga emas, balki katta baliq yoki dengiz yirtqich hayvoniga ishora qiladi.
Ulkan baliq hozirda yo‘q bo‘lib ketgan katta baliq bo‘lishi mumkin edi. Yunusdagi ulkan baliqning dizayni selakantning tashqi ko‘rinishiga asoslangan.
Kris va Djoy ulkan baliqda qanday nafas olishlari mumkin edi? Nega ular baliqning oshqozonida hazm bo‘lishmagan?
Xudo ularni kislorod bilan ta’minlash va hazm bo‘lmasligi uchun mo‘jizalar ko‘rsatishi mumkin edi.
Nima uchun bo‘ronning paydo bo‘lishiga kim aybdor ekanligini bilish uchun qur’a tashlashdi?
Yunus payg‘ambar davrida Isroil va yaqin atrofdagi mamlakatlarda odamlar qaror qabul qilish uchun qur’a tashlashlari odatiy hol edi. Bu holatda, dengizchilar bo‘ron orqali Xudoning hukmini keltirgan aybdor kim ekanligini bilish uchun qur’a tashlashadi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Kemadagilar esa bir-birlariga: “Kelinglar, qur’a tashlaylik, shunda bu falokat kim sababli boshimizga kelganini bilamiz”, dedilar. Qur’a tashlagan edilar, qur’a Yunusga tushdi” (Yunus 1:7).
Yunusning ibodati Muqaddas Kitobda bormi?
Ha. Muqaddas Kitobda Yunus ulkan baliqning qornidan Xudoga ibodat qilgani yozilgan. Butun ibodatni Yunus 2:3-10 da o‘qishingiz mumkin.
Nega Naynavoni vayron qilish uchun Xudo 40 kun kutishi kerak?
Xudo odamlarga tavba qilishlari va yo‘llarini o‘zgartirishlari uchun vaqt berishni xohladi, shunda ular halokatga uchramaydilar. Bu Xudoning cheksiz sevgisi va rahm-shafqatini ko‘rsatadi. Yunus Xudoga ibodat qilib, Rabbiyning ularni hukm qilmaslik istagi haqida gapirdi. Yunus dedi: «Ey Egam! Shunaqa qilishingni o‘z yurtimda ekanimdayoq aytmaganmidim? …Sen inoyatli, rahmdil, jahli tez chiqmaydigan, sodiq sevgisi mo‘l, g‘azabidan tushib kechiradigan Xudo ekanligingni bilgan edim (Yunus 4:2). Bundan tashqari, Muqaddas Kitobda 40 kunlik muddat o‘zini bo‘ysundirish bilan bog‘liq. Iso sahroda 40 kun ro‘za tutdi, Muso esa Sinay tog‘ida 40 kun ro‘za tutdi (Mat. 4:2; Chiqish 34:28).
Naynavoliklar nega boshlariga kul sochishdi, qanorga o‘ranib, ro‘za tutishdi?
Bular gunohlari uchun chinakam afsuslanishlarini ko‘rsatish uchun Xudo oldida o‘zlarini kamtar qilishning bir usuli edi. Epizodda Naynavo aholisidan biri Yunusga xalq o‘zlarining "motam kiyimlarini" kiyib olganini aytdi. Yunus kitobida aytilishicha, Naynavo xalqi, jumladan, shoh ham ro‘za tutib, qanorga o‘ranib, gunohlari uchun pushaymon ekanligini bildirishdi:
Naynavo aholisi Xudoning xabariga ishondi va kattayu kichik ro‘za tutdilar va qayg‘usini ko‘rsatish uchun qanorga o‘ranishdi. Naynavo shohi Yunusning gaplarini eshitgach, taxtdan tushib, shohona liboslarini yechdi. U qanorga o‘ranib, kulning ustiga o‘tirdi. Keyin o‘zi va amaldorlari nomidan butun Naynavo bo‘ylab farmon e’lon qildi: “Na insonlar, na hayvonlar – mol-qo‘ylar hech narsa yemasin, suv ichmasin. Insonlar ham, hayvonlar ham qanorga o‘ransin. Har kim Xudoga yalinib iltijo qilsin, yovuz qilmishidan qaytsin, zulm qilmasin. Kim biladi, balki Xudo rahm qilib, bizga bo‘lgan g‘azabini qaytarar, biz halok bo‘lmasmiz” (Yunus 3:5-9).
Nega siz o‘simlikning qurib qolishi o‘rniga qulab tushayotganini ko‘rsatgansiz?
Muqaddas Kitobda aytilishicha, Xudo o‘simlikni kemirish uchun qurt yuborgan (Yunus 4:7). Epizodda buta qulaganda, uning poyasini qurt zaiflashtirgan kovaklar va izlar mavjudligi oshkor bo‘ldi va u quladi.
Yusuf va Fir’avnning tushi
Nega Yoqubning barcha qo‘ylari qora edi?
Yoqub davrida u yashagan hududga xos bo‘lgan qora qo‘ylarning bir turi bor edi. Bundan tashqari, Yoqub Lobon bilan olachipor, xoldor yoki qora qo‘ylarni xizmat haqi evaziga olishni kelishib olgandi. New Living Translation nashriga ko‘ra, u muzokara qilgan qo‘ylarning bir qismi qora edi. Yoqub Lobonga: “Men bugun barcha podalaringiz ichidan o‘taman. Qo‘ylardan qora, ola yoki xoldor bo‘lganini, shuningdek, echkilardan ham ola yoki xoldor bo‘lganini podadan ajratib qo‘yaman. Shu hayvonlar mening xizmat haqim bo‘ladi” dedi (Ibtido 30:32).
Yusufning rang-barang kiyimining nimasi o‘ziga xos edi?
Rangli kiyim Yusufni Yoqubning sevimli o‘g‘li sifatida ajratib turardi va Yoqub unga merosning katta qismini berishni bildirishi mumkin edi. Agar Yusufning akalari u ularga tegishli merosning bir qismini oladi, deb o‘ylashgan bo‘lsa, bu holat ular uni savdogarlarga sotishlariga sabab bo‘lganidan dalolat beradi.
Fir’avn tushini aytganida Yusufning ichiga kirgan oltin nur nima edi?
Oltin nur Yusufga Xudo Fir’avn bergan tushni talqin qilish imkonini bergan Muqaddas Ruh edi.
Nima uchun mashina to‘xtaganidan so‘ng vaqt ozgina o‘tgan bo‘lsada Kris, Djoy va Gizmo Misrda ko‘p vaqt bo‘lishdi?
Kris, Djoy va Gizmo Superkitob sarguzashtlarida qancha vaqt sarflamasin, Superkitob har doim ularni olib ketgan vaqtga qaytaradi.
Olovli chuqurlik
Oltin haykal qaysi soxta xudoni ifodalagan?
Bu Navuxadnazarning haykali edi.
Ilohning bo‘yi qancha edi?
Biz Doniyor kitobidan bilamizki, haykalning balandligi 27,4 metr edi! Muqaddas Kitobda aytilishicha, Shoh Navuxadnazar sof oltindan ulkan bir haykal yasattirdi. Balandligi oltmish tirsak, eni esa olti tirsak bo‘lgan bu haykal Bobil viloyatidagi Durax tekisligida o‘rnatildi (Doniyor 3:1).
Kimki haykalga sajda qilmasa, o‘sha zahotiyoq olovli chuqurlikka tashlanadi, deb e’lon qilingan edi, nega epizodda Shadrax, Meshax va Abednaxu olovli chuqurlikka kechqurun tashlangani ko‘rsatilgan?
Marosimdagi olomon shunchalik ko‘p ediki, shoh ularning ta’zim qilishdan bosh tortganini ko‘rmadi. Ayrim odamlar ularni ayblash uchun keyinroq shohga murojaat qilishdi. Muqaddas Kitobda aytilishicha, ba’zi munajjimlar shohning oldiga borib, yahudiylarni qoralashdi (Doniyor 3:8).
Nega shoh Navuxadnazar olovdagi to‘rtinchi odam “Xudoning O‘g‘li”ga o‘xshaganini aytmadi?
Doniyor 3:25 ning asl oromiy tilida yozilishicha, shoh Navuxadnazar to‘rtinchi odam " xudolarning o‘g‘li"ga o‘xshaydi, degan. Navuxadnazar ko‘p xudolar borligiga ishongan, shuning uchun u olovdagi to‘rtinchi odamni "xudolarning o‘g‘li kabi" deb atasa, bu uni xudo yoki ilohiy zot deyish bilan barobar edi. “Olovli chuqurlik”da Navuxadnazarning gapi New Living Translation-dan olingan bo‘lib, unda quyidagicha yozilgan: “Voajabo!” - deb baqirdi Navuxadnazar. - Alanganing o‘rtasida bog‘lanmagan to‘rtta odam yuribdi–ku, ularning birortasiga ham zarar yetmagan! To‘rtinchi kimsa esa ilohiy zotga o‘xshaydi-ya! (Doniyor 3:25). Bir qator zamonaviy inglizcha Muqaddas Kitob talqinlarida ushbu oyatning o‘xshash tarjimalari mavjud (NET, NRSV, GNB).
Rahoba va Yerixo devorlari
Nega Yoshuani Iso bilan gaplashayotgandek qilib ko‘rsatdingiz?
Yoshuaga Yerixoni qanday mag‘lub etishni aytgan odam, U Egamiz qo‘shinining qo‘mondoni ekanligini aytdi. Xudo farishtalarining qo‘mondoni sifatida U, albatta, oddiy odam emas edi. U shuningdek, bosh farishta Mikoyil kabi farishta emas edi, chunki U Yoshua muqaddas yerda turganini aytdi. Bu xuddi yonayotgan buta ichidan Xudo Musoga aytgan bayonotdir. Farishta tuproqni muqaddas qilmaydi, faqat Xudoning huzuri buni qila oladi. Shunday qilib, bu Isoning ko‘rinishi edi.
Rahoba derazaga bog‘lab qo‘ygan qizil arqonda qandaydir o‘ziga xoslik bor edimi?
Bu Misrdagi oxirgi falokatdan isroilliklarni himoya qilish uchun uyning eshigi kesakisi yonlariga va tepasiga surtilgan qonga o‘xshaydi. Qon isroilliklarni falokatdan himoya qilganidek, arqon ham Rahobani va uning oilasini talofatdan himoya qildi. Bundan tashqari, qizil arqonni bashoratli tarzda va’da qilingan Masihga o‘xshatish mumkin. Arqon qon rangiga o‘xshab to‘q qizil yoki alvon rangda edi va Iso bizning gunohlarimiz uchun xochda O‘z qonini to‘kdi. Bundan tashqari, arqon Rahobani va uning oilasini saqlab qolgan belgi bo‘lganidek, Iso xochda O‘zining qonini to‘kish orqali bizni qutqardi va bizga yangi hayot berdi.
Yettita ruhoniy, yettita karnay, yetti kun Yerixo atrofida aylanib yurish va yettinchi kuni shaharni yetti marta aylanib chiqish nima uchun kerak edi?
Yetti - Muqaddas Kitobdagi komillik yoki yakuniy raqam. Isroilliklar shaharni zabt etish uchun Xudoning barcha ko‘rsatmalariga amal qilganlari tufayli Xudoga bo‘lgan imonlari va Unga bo‘ysunishlari mukammallashdi. Xudoning jangovar rejasida insoniy urush qurollari, masalan, devor qurish uchun zinapoyalar yoki darvozani ochish uchun taranlar ishlatilmagan. Isroilliklar, hatto ular uchun mantiqiy bo‘lmasa ham, Xudoning ko‘rsatmalariga ishonishlari kerak edi. Ular Xudoga itoat etishsada olti kun davomida ko‘rinarli natijalar bo‘lmadi. Nihoyat, yettinchi kuni, ular Xudoning barcha ko‘rsatmalariga amal qilganlarida, U ularga g‘ayritabiiy g‘alabani berdi.
Nega ruhoniylar burg‘u chalishgan?
Shofarlar deb ataladigan burg‘ular Xudoning o‘zgacha huzurini e’lon qilardi, chunki burg‘u chalayotgan ruhoniylar Ahd sandig‘i oldida yurishardi.
Xodalarda ko‘tarilgan oltin quti nima edi?
Bu Ahd Sandig‘i bo‘lib, u Xudoning ulug‘vorligini va O‘z xalqi bilan alohida hozirligini ifodalardi. Bu to‘rtburchak yog‘och quti bo‘lib, uning qopqog‘ida ikkita farishta tasvirlangan. Sandiq (quti, qopqoq va farishtalar) to‘laligicha oltin bilan qoplangandi. Sandiq ichida O‘nta Amrning ikkita tosh lavhasi (Chiq. 25:16), isroilliklar sahroda bo‘lgan paytdan beri samoviy manna bilan ta’minlangan oltin idish (Ibron. 9:4) va mo‘jizaviy tarzda gullab, bodom tuggan Horunning tayog‘i bor edi (Sah. 17:8). Bu uchta narsa ilohiy vahiy, rizq va yo‘l-yo‘riq orqali Isroilga Xudoning ezguligi haqida guvohlik berardi.
Iyerixo devorlarining qulashiga nima sabab bo‘ldi?
Devorlar qo‘shinning yurishi, burg‘u chalish, baqirish kabi inson harakatlarining tabiiy ta’siri tufayli qulamagan. Devorlar juda qalin va mustahkam edi, devorni Xudoning g‘ayritabiiy harakati qulatdi. Ehtimol, buni Rabbiy armiyasining qo‘mondoni aytgan farishta jangchilari qilgandir.
Nega Yerixoning barcha devorlari qulab tushmadi?
Xudo faqat Yoshua qo‘shinining shaharga kirishi uchun yetarlicha devorlarni yo‘q qilishi kerak edi, xolos. Bundan tashqari, agar devorlar butun shahar bo‘ylab qulaganida, tashqi devorda bo‘lgan uyga – Rahobaga va uning oilasiga xavf tug‘dirishi mumkin edi.
Ester: Shunaqa kunlar uchun
Nega shoh “shoh Axashverash” o‘rniga “shoh Kserks” deb ataladi?
Tarixchilar shoh Axashverash va shoh Kserks I bitta shaxs ekanligiga ishonishadi.
Nega Xomon yahudiylarni yomon ko‘rar edi?
Xomon shoh Kserksning bosh vaziri lavozimidan juda faxrlanardi. Shoh quyi lavozimdagilarga Xomonga ta’zim qilib, alohida hurmat ko‘rsatishni buyurgan edi, lekin Mardoxay buni rad etdi. Mardoxay odamga sajda qilgandek ta’zim qilish noto‘g‘ri ekanligini his qilgan bo‘lsa kerak. Xomon Mardoxaydan qattiq g‘azablandi va yahudiylarni qonunni buzuvchi va shohga sodiq emas deb o‘yladi.
Nima uchun Kris va Gizmoga qul sifatida munosabatda bo‘lishdi?
Qullarning noziri Kris, Djoy va Gizmoni shoh Kserksga qul sifatida olib kelingan guruhning bir qismi deb o‘ylagan.
Nima uchun Mardoxay qanorga o‘ranib, ustiga kul sochdi?
Esterning aytishicha, bu qayg‘u chekayotganning kiyimidir. Mardoxay Kserks shohligidagi barcha yahudiylarning o‘ldirilishi haqidagi farmondan xabar topgan edi.
Malika Ester Shushan deganda qaysi joy haqida gapirdi?
Bu joy shoh Kserks shohligining poytaxti bo‘lib, shoh saroyi va taxt ham o‘sha yerda joylashgandi.
Nega Ester Shushandagi barcha yahudiylardan u uchun ro‘za tutishlarini so‘radi?
Ovqat va ichimlikdan saqlanish, Xudo oldida kamtarlik ko‘rsatish va Uning ilohiy marhamati hamda vaziyatga aralashuvini izlashning bir usuli edi. Bunday holatda Ester Xudodan yordamga kelishini va ularni Xomonning yovuz fitnasidan qutqarishini xohladi.
Skipetr nima?
Bu oliy hukmdor tomonidan o‘z hokimiyatining ramzi sifatida qo‘lda ushlab turiladigan saltanat hassasi.
Ester shoh Kserksning oldiga borganida, u saltanatning oltin hassasini uzatganida, nega u shohni ziyofatga taklif qilish o‘rniga, yahudiylarni o‘ldirishga qaratilgan ayyor fitna haqida darhol aytmadi?
Shohga ziyofat tayyorlab, u uni hurmat qildi va yanada ko‘proq iltifot qozondi. Qolaversa, shoh ziyofatdan zavqlanar ekan, kayfiyati yanada ko‘tariladi va katta ehtimollik bilan Esterning har qanday iltimosini bajonudil bajargan bo‘lardi.
Nega Ester shohni ikkinchi ziyofatga taklif qildi?
Ehtimol, Ester birinchi ziyofat paytida iltimos qilish uchun vaqt kelmaganini his qilgandir. Qolaversa, u shohning oliy amaldori bo‘lgan Xomonni ayblashdan oldin shohning ko‘proq iltifotiga sazovor bo‘lishi kerak deb o‘ylagandir.
Nega Shoh yahudiylarni o‘ldirish haqidagi farmonni bekor qila olmadi?
Fors qonuniga ko‘ra, Shohning yozilgan va muhrlangan har qanday farmoni bekor qilinishi mumkin emas edi. Shoh Kserksning o‘zi Ester bilan Mardoxayga shunday dedi: “Endi shoh nomidan yahudiylar to‘g‘risidagi maktubni o‘zlaringizga ma’qul keladigan tarzda yozib, shohning uzugi bilan muhrlanglar. Shoh nomidan yozilib, shohning uzugi bilan muhrlangan maktubni hech kim o‘zgartirishi mumkin emas” (Ester 8:8).
Yahyo Cho‘mdiruvchi
Nega Yahyo cho‘mdiruvchi Hirod Antipa va Hirodiyaning nikohini tanqid qildi?
Yahyo cho‘mdiruvchi Hirodga shunday dedi: “Siz ukangizning xotiniga uylana olmaysiz, bu qonunga zid” (Mark 6:18). Bu nikohda bir qator muammolar bor edi. Shundan boshlaymizki, Hirod boshidanoq kelini Hirodiya bilan noo‘rin munosabatga kirgan. So‘ngra Hirod va Hirodiya nikohdan o‘tish uchun o‘z turmush o‘rtoqlari bilan ajrashishdi. Bundan tashqari, Eski Ahdda aka-ukaning xotini bilan turmush qurishga ruxsat berilmagan (Lev. 18:16; 20:21), shuning uchun Hirod va Hirodiyaning nikohi Xudoning amrlaridan birini buzish edi.
Nega Isoga tavba qilish kerak bo‘lmasa, U suvga cho‘mdi?
Isoning tavba qilishga hojat yo‘q edi, chunki U hech qachon gunoh qilmagan. Iso suvga cho‘mdirish uchun Yahyoning oldiga kelganida, Yahyo e’tiroz bildirdi va dedi: “Aslida Siz meni suvga cho‘mdirishingiz kerak! Siz bo‘lsangiz mening oldimga keldingiz!” (Matto 3:14). Lekin Iso Yahyoga shunday javob berdi: “Keling, bu safar shunday bo‘la qolsin. Axir, biz Xudoning irodasini to‘la bajarishimiz zarur” (Matto 3:15). Iso har doim Samoviy Ota bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lgan, lekin suvga cho‘mganida, U O‘zini solihlikka muhtoj bo‘lgan gunohkorlar, ya’ni Xudo bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi kerak bo‘lgan gunohkorlar bilan tenglashtirgan. Iso xochda ularning gunohlari uchun o‘lganida, gunohsiz bo‘lgan Iso oxir-oqibat O‘zini gunohkorlarga tenglashtirdi.
Muqaddas Ruhning Isoning ustiga kaptar kabi tushishining ahamiyati nimada?
Kaptar poklik va aybsizlik ramzidir. Bir kuni Iso shogirdlariga: “Men sizlarni bo‘rilar orasiga qo‘ylarday yuboryapman. Sizlar ilonday ziyrak, kaptarday oq ko‘ngil bo‘linglar” (Matto 10:16). Bundan tashqari, kaptar Yahyo cho‘mdiruvchiga Iso Xudo tomonidan va’da qilingan Masih ekanligiga ishora edi. Yuhanno guvohlik bergandi: “Men Ruhning osmondan kaptarday uchib kelganini va Uning ustiga qo‘nganini ko‘rdim. O‘sha paytgacha men Uning kimligini bilmas edim. Lekin “Odamlarni suvga cho‘mdirasan”, deb meni yuborgan Xudo menga shunday degan edi: “Muqaddas Ruh kimning ustiga tushib qo‘nganini ko‘rsang, bilki, Muqaddas Ruhga Cho‘mdiruvchi O‘shadir.” Men buni ko‘rdim va sizlarga: “Bu Xudoning O‘g‘lidir”, deb aytyapman” (Yuhanno 1:32-34).
Yahyo cho‘mdiruvchi va uning shogirdlari chindan ham chigirtka va asal yeyishganmi?
Tarix shundan guvohlik beradiki, chigirtkalarni Yaqin Sharqdagi odamlar yeyishgan. Eski Ahd qonuni isroilliklarga chigirtkalarni yeyishga ruxsat bergan, chunki unda shunday deyilgan: “Lekin qanotli hasharotlar orasidagi, to‘rt oyoqda yuradigan ba’zilarini yeyishingiz mumkin. Oyoqlari sakrash uchun bo‘g‘inlar bilan moslangan… (Levilar 11:21). Oziq-ovqat sifatida chigirtkalar arzon oqsil manbai edi. Ularni turli usullar bilan pishirish mumkin. Usullardan biri - ularni maydalab, un va suv bilan aralashtirib, pishiriq tayyorlash. Ularni, shuningdek, qaynatish, qovurish yoki sariyog‘da dimlash mumkin.
Sardoba nima va nega Yahyoni qamoqxonaga emas, balki u yerga qo‘yishdi?
Sardoba - suvni saqlash uchun yer osti inshooti. Sardoba yomg‘irli mavsumda yomg‘ir suvining tabiiy oqimini to‘plash orqali odamlar qurg‘oqchilik mavsumi uchun suvni g‘amlab qo‘yishadi. Ba’zida sardobadan qamoqxona kamerasi sifatida foydalanilgan.
Pavlus va Kema halokati
Pavlus haqiqatan ham imonsiz odamni ma’badga olib kirdimi?
Yo‘q, Isoga ishonmagan ba’zi yahudiylar noto‘g‘ri taxminga asoslanib, Pavlusni yolg‘on ayblashdi. Ular bundan oldin Pavlusni g‘ayriyahudiy bilan ko‘rgan edilar. So‘ngra ma’badda Pavlusni bir necha kishi bilan ko‘rganlarida, ularni ham g‘ayriyahudiylar, deb o‘ylashdi. Muqaddas Kitob ularning noto‘g‘ri tushunishlari haqida bizga aytadi: Bunday deyishlariga sabab, bundan oldin ular Efeslik Trofimusni shaharda Pavlus bilan birga ko‘rishgan bo‘lib, “Pavlus o‘sha g‘ayriyahudiyni Ma’badga olib kirdi”, deb o‘ylagan edilar (Havoriylar 21:29).
Nega Rim askari Kris, Djoy va Gizmoni asir deb hisobladi?
Ular askar yoki dengizchi bo‘lmagani uchun, u ularni asir deb hisobladi.
Nega ular Pavlusni Qaysar oldida sud qilish uchun Rimga qamoqxona kemasiga tushirishdi?
Rim fuqarosi sifatida Pavlus Qaysar oldida sudlanish huquqiga ega edi. Pavlus Festus (Rimlik Yahudiya hokimi) oldida sud qilinayotganda, o‘z huquqini tasdiqladi va dedi: U holda men Qaysarning hukmini talab qilaman. (Havoriylar 25:11).
Pavlus “Men ojiz bo‘lganimda, kuchliman” deganida nimani nazarda tutgan?
Pavlus tabiiy ma’noda ojiz bo‘lsa, Xudo O‘z irodasini amalga oshirish uchun unga g‘ayritabiiy kuch berishini aytdi. Bu Pavlusning insoniy kuchi emas, balki Xudoning kuchi bo‘lganligi sababli, Pavlus qila olgan ish uchun Xudo barcha hurmat va sharafga sazovor bo‘ladi. Pavlus Korinfdagi jamoatga shaxsiy zaifligi va Rabbiy uni qanday ishontirgani haqida yozgan: “Lekin U menga shunday dedi: “Mening inoyatim doim senga yetarli bo‘ladi chunki Mening qudratim sening ojizligingda to‘liq namoyon bo‘ladi.” Shunday qilib, Masihning qudrati men orqali ayon bo‘lishi uchun ojizligim bilan maqtanishni afzal ko‘raman Shu sababdan Masih haqi ojizlikni, xo‘rliklarni, muhtojliklarni, quvg‘in va qiyinchiliklarni shodlik bilan qabul qilaman. Ayniqsa, ojiz bo‘lgan paytimda Masihning qudrati bilan kuchli bo‘laman” (2 Korinfliklarga 12:9-10).
Qanday qilib Iso qamoqdagi Pavlusga ko‘rindi?
Iso Pavlusga ko‘rindi, ya’ni Xudodan g‘ayritabiiy vahiyda zohir bo‘ldi. Muqaddas Kitobda aytilishicha, o‘sha kuni tunda Pavlusning oldiga Rabbimiz Iso kelib, shunday dedi: “Dadil bo‘l! Sen Quddusda Men uchun guvohlik bergan eding, endi Rimda ham guvohlik berishing kerak” (Havoriylar 23:11).
Qamoqxona kemasida Pavlusga ko‘ringan farishta Jabroil ekanligini qayerdan bilasiz?
Muqaddas Kitobda u qaysi farishta ekanligi aytilmagan, lekin bilamizki, Yangi Ahdda Jabroil ikkita alohida vaziyatda xabarni yetkazgan. Jabroil Zakariyoga (Luqo 1:11-21) va Maryamga (Luqo 1:26-38) zohir bo‘lgan, shuning uchun u Pavlusga ham zohir bo‘lgandir.
Nega zaharli ilon chaqishi Pavlusga zarar yetkazmadi?
Xudo Pavlusni har qanday zararli ta’sirlardan himoya qilgan.
Pavlusning ibodati bemorni qanday qilib sog‘aytirdi?
Pavlus orqali shifo mo‘jizasini amalga oshirish – Xudoning g‘ayritabiiy tarzda ishlashiga misoldir. O‘sha odam shifo topganidan keyin yana ko‘plab odamlar shifo topishdi. Muqaddas Kitobda aytilishicha, shu voqea yuz bergandan keyin, oroldagi hamma xasta odamlar Pavlusning oldiga kelib, shifo topdilar (Havoriylar 28:9). Shunday qilib, orolning ko‘plab aholisi Xudoning qudrati va sevgisidan ta’sirlanishdi.
Nuh va Kema
Nega qilich ko‘targan odam Kris, Djoy va Gizmoni ta’qib qilgan?
Shahardagi boshqa odamlar singari, u ham yomon ishlar qilgan yovuz odam edi. Ehtimol, u Kris, Djoy va Gizmoni qo‘lga olib, pul topish maqsadida ularni qul sifatida sotishni xohlagandir.
Nima uchun Xudo Nuhga Gofer daraxti o‘rniga qattiq yog‘ochdan kema yasashni buyurdi?
"Gofer yog‘ochi" - bu Muqaddas Kitobning ba’zi tarjimalarida qo‘llaniladigan atama, ammo bir qator zamonaviy Muqaddas Kitob tarjimalarida "qattiq, shamshod" so‘zi ishlatiladi. "Gofer" asl ibroniycha so‘zni ibroniy tilida qanday jaranglashiga ko‘ra o‘zbek tilida yozish usuli bo‘lib, transliteratsiya deb ataladi. Ammo ibroniy olimlari "gofer" qaysi daraxtga tegishli ekanligini bilishmaydi. Bu sarv bo‘lishi mumkin, chunki sarv daraxti juda bardoshli bo‘lib, janubi-g‘arbiy va g‘arbiy Osiyoda ko‘p o‘sadi.
Bir tirsak nima?
Nuh davrida bir tirsak uzunlikni o‘lchash uchun standart birlik edi. U bilakning tirsagidan eng uzun barmoq uchigacha bo‘lgan uzunligi bilan aniqlandi. Nuh davridan ko‘p yillar o‘tgach, ibroniy xalqi uzunligi 17,5 dyuym (44,45 sm) bo‘lgan standartlashtirilgan tirsakdan foydalangan.
Qora saqich (qatron) nima?
Bu quyuq qora modda bo‘lib, uni biror narsaga surtib, qoplama yasash mumkin. Qatron quriganidan so‘ng, u suvni o‘tkazmaydi.
Kema qanchalik katta edi?
Uning uzunligi taxminan 450 fut, kengligi 75 fut va balandligi 45 fut edi! Uning uzunligi taxminan Amerikacha futbol maydonining bir yarimiga teng edi. Metrlarda hisoblanganda, uning uzunligi taxminan 138 metr, kengligi 23 metr va balandligi 13,8 metr edi. Uzunligi 300 tirsak, eni 50 tirsak va balandligi 30 tirsak bo‘lgan.
Nima uchun hayvonlarning birortasi ham kemaga chiqayotganida hamla qilmadi va boshqa hayvonlarni o‘ldirmadi?
Xudo ularni kemaga kirgan paytda tinch va tajovuzkor qilmasligi mumkin edi. Kemaga chiqqach esa, ular alohida bo‘linmalarda saqlangan bo‘lardi.
Xudo haqiqatan ham kemaning eshigini yopdimi?
Albatta, U yopdi. Nuh, uning oilasi va hayvonlar kemaga kirgandan so‘ng, kemaning eshigini Xudoning O‘zi yopdi. Muqaddas Kitobda aytilgan: “Egamiz Nuhning orqasidan eshikni yopdi” (Ibtido 7:16).
Yerdan qanday suv otilib chiqayotgan edi?
Bu ulkan suv osti qatlamlaridan otilib chiqqan suv edi. Yerdan otilib chiqqan suv kuchli jala holatida yana yerga qaytib tushardi. Muqaddas Kitobda aytilishicha, barcha yer osti suvlari otilib chiqdi va osmondan shiddatli yomg‘ir oqim yog‘di (Ibtido 7:11 NLT).
Muqaddas Kitob tadqiqotchilari va olimlarning fikriga ko‘ra, toshqindan oldin yer qobig‘ida katta miqdorda suv to‘plangan. Bu suvli qatlamlardan suv o‘simliklar hayotini qo‘llab-quvvatlash va oziqlantirish uchun tuman yoki buloq sifatida ko‘tarilgan. To‘fondan oldin hech qachon yomg‘ir yog‘magan deb hisoblashadi, chunki Muqaddas Kitobda aytilishicha, Rabbiy Xudo yerni sug‘orish uchun hali yomg‘ir yubormagan va buning o‘rniga yerdan buloqlar chiqib, butun yerni sug‘organ (Ibtido 2:5-6 NLT).
Nega ulkan to‘lqinlar kemani ag‘darib yubormadi?
Xudo kemani juda barqaror va suzishga yaroqli qilib yaratgan. Kemaning o‘lchamli maketlari bilan olib borilgan zamonaviy ilmiy tajribalar uning bo‘ronli dengizlarda qanchalik barqaror bo‘lganini ko‘rsatdi.
Kaptar qanday novdani olib keldi va buning ahamiyati nimada edi?
Kaptarning tumshug‘ida yangi zaytun bargi bor edi (Ibtido 8:11). Bu mevali daraxtlarning paydo bo‘layotganligidan hamda odamlar va hayvonlar tez orada kemani tark etishi mumkinligidan dalolat berardi.
To‘fon bizga Xudo haqida nimani ko‘rsatadi?
Xudo insoniyatning qanchalik yovuz bo‘lib qolganidan qayg‘urdi. Muqaddas Kitobda aytilishicha, Rabbiy yer yuzida inson zoti qilayotgan qabihliklar juda ham ko‘pligini, ularning ko‘nglida faqat yovuz niyat borligini ko‘rdi (Ibtido 6:5 NLT). Xudoning muqaddasligi va ezguligi shundaki, U odamlarning bir-birini ranjitib, o‘ldirishiga va har xil gunohkor ishlarni davom ettirishiga yo‘l qo‘ymagan. Boshqa tomondan, Xudoning sevgisi va rahm-shafqati butun insoniyatni yo‘q qilmaganligida namoyon bo‘ladi. U Nuhni va uning oilasini saqlab qoldi, chunki Nuh yaxshi inson bo‘lib, Xudoni rozi qilishga intildi. Muqaddas Kitobda aytilishicha, "O‘sha davrda yer yuzidagi solih, benuqson odam faqat Nuh bo‘lib, u Xudoga hamroh bo‘lib yashardi" (Ibtido 6:9, NLT).
To‘fondan keyin Xudo Nuh bilan tuzgan ahdning ahamiyati qanday edi? Nuh davridan beri xavfli toshqinlar bo‘lmaganmi?
Xudo sayyoradagi barcha tirik mavjudotlarni yo‘q qiladigan suv toshqini boshqa hech qachon bo‘lmasligini aytdi. Garchi mahalliy va mintaqaviy halokatli toshqinlar yuz bergan bo‘lsa-da, o‘shandan beri hech qachon global toshqin bo‘lmagan. Xudo Nuhga va’da berdi: “Sizlar bilan qat’iy ahd qilaman: bundan buyon barcha jonzot to‘fon tufayli qirilib ketmaydi, Yer yuzini qirib bitiradigan to‘fon boshqa hech qachon bo‘lmaydi, deb va’da beraman” (Ibtido 9:11, NLT). Xudo har doim O‘z va’dalarini bajarishga sodiqdir.
Vahiy: So‘nggi Jang
Badjahl qilichli askarlar kimlar edi?
Ular jinlar yoki yovuz ruhlar sifatida tanilgan tuban farishtalar edi. Biz ularga samoviy farishtalardan ko‘ra quyuqroq rang berdik, shunda bolalar farqni ko‘rishlari osonroq bo‘ladi.
Nega shaytonni qizil yuzli, shoxdor, olov boshli va qanotlari bo‘lgan qo‘rqinchli mahluq qilib ko‘rsatdingiz?
Biz Shayton shunchaki yomon emas, balki o‘ta yovuz mahluq sifatida ko‘rinishini istadik. Uning qiyofasidagi ifoda Xudoga va Uning xalqiga qarshi g‘azabini ko‘rsatadi.
Yodingizda bo‘lsin, Superkitob qismlari 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarning tomosha qilishi uchun mo‘ljallangan . Biroq, bolalarning ruhiy rivojlanishi, dramatik tasvirlarga nisbatan sezgirligi va ko‘rishga odatlangan dastur turi bilan farq qilganligi sababli, biz ota-onalarga o‘z farzandlari uchun qaysi epizodlar mos kelishini ko‘rib chiqishni taklif qilamiz. Ayrim epizodlarni farzandlariga ko‘rsatishdan oldin biz uni ota-onalarga oldindan ko‘rishni maslahat beramiz.
Kris qanday quruq va unumsiz joyga yo‘l olgan edi?
Bu Superkitob Krisni sinovdan o‘tkazish uchun olib kelgan kimsasiz hudud edi.
Nega Shayton farishtaga o‘xshardi?
Shayton o‘zini samoviy farishtaga o‘xshatib niqoblashi mumkin. Muqaddas Kitobda aytilishicha, hatto Shayton ham o‘zini nurli farishta qilib ko‘rsatadi (2 Korinfliklarga 11:14 NLT). Masihiylar g‘ayritabiiy narsalar haqiqatan ham Xudodanmi yoki yo‘qligini tushunib yetishlari kerak.
Shayton qanday yomon ish qildi?
U Xudoga qarshi chiqdi. Shayton o‘zi uchun taxt ko‘tarib, Xudoga o‘xshashni xohladi. Muqaddas Kitob bizga Shaytonning yovuz rejalari haqida aytadi: Ha, o‘zingcha aytgan eding: «Men chiqib boraman samolarga, Taxtimni ko‘taraman Xudoning yulduzlari tepasiga. O‘tiraman xudolar yig‘iladigan tog‘da, Shimolning eng chekkasida. Bulutlar tepasiga chiqib boraman, Xudoyi Taoloday bo‘laman" (Ishayo 14:13-14).
Yuhanno jannatdagi taxt xonasida yaqinida Djoy va Gizmo bilan gaplashganda qanday o‘ramlarni ushlab turgandi?
Ular Xudo samoda Yuhannoga ko‘rsatgan vahiylar yozib olingan o‘ramlar edi. U butun insoniyat foyda olishi uchun ularni yozib qo‘ydi. Samoviy vahiylarning boshida Yuhannoga shunday ko‘rsatma berildi: “Ko‘rganlaringni kitobga yozib bor. So‘ngra uni Efes, Smirna, Pergamon, Tiyatira, Sardis, Filadelfiya va Laodikiya shaharlaridagi imonlilarning yettita jamoatiga yubor” (Vahiy 1:11 NLT). Vahiy kitobida deyilgan: “Taxtda o‘tirgan Zot shunday dedi: “Mana, Men hammasini yangi qilib yaratyapman!” Keyin U menga dedi: “Bunlari yozib qo‘y. Axir, bu so‘zlar ishonchli va to‘g‘ridir” (Vahiy 21:5).
Shayton Krisga vahiyni ko‘rsatishdan avval uning qanotlaridan chiqadigan va Krisga esadigan qirmizi-binafsha rangli nurli bulut nimani bildiradi?
Bu bitta vaqt oralig‘idan boshqasiga yoki bir sahnadan ikkinchisiga o‘tishning vizual effekti.
Iso osmonga ko‘tarilganida uning atrofidagi odamlar kimlar edi?
Ular Isoning qolgan o‘n bir shogirdi edi (Havoriylar 1:6-11).
Qanday qilib shayton daraxtni yerdan o‘sib chiqishiga majbur qilishi mumkin?
Shayton Xudoga qarshi isyon ko‘tarmasdan oldin, u Lusifer ismli oliy farishta edi. Ehtimol, u bosh farishta bo‘lgandir. Xudo Shaytonni osmondan quvib chiqargan bo‘lsa-da, u hali ham g‘ayritabiiy kuchga ega. Vahiy kitobida aytilishicha, Shayton va uning ittifoqchilari odamlarni aldash uchun g‘ayritabiiy harakatlar qiladilar. Vahiy 16:14 da aytilgan: «Bular jinlar bo‘lib, mo‘jizali alomatlar ko‘rsata olardilar. Ular Qodir Xudoning ulug‘ kunida bo‘ladigan jangga barcha jahon shohlarini to‘plagani bordilar. Ammo bu Xudoning buyuk g‘alabasi kuni bo‘ladi (CEV). Ko‘proq misollar uchun Vahiy 13:3 va Vahiy 13:13-14 ni o‘qishingiz mumkin.
Daraxtning mevasi qanday edi?
Bu Xudoga o‘xshab qolish va Krisni ayb va uyatdan xalos qilish vasvasasining ramzi edi. Bu Adan bog‘ida bo‘lgan mevaga o‘xmas emas.
Qanday tillarang yog‘du Krisni qamrab olgandi?
Aynan Muqaddas Ruh Krisga Xudoning doimo u bilan birga bo‘lishi haqidagi va’dasini eslatish uchun kelgandi. Muqaddas Ruh Krisni qo‘rqmaslik kerakligiga va Xudo uni qiyin paytlarda qutqarishiga ishontirdi.
Nega Shayton shoxli ilonga aylandi?
Biz “Dunyoning Yaratilishi” epizodida Shaytonning ilonga aylanayotganini ko‘rsatdik, biroq endi u yanada kattalashdi va ko‘proq xavf tug‘dirardi. Biz Shaytonni Vahiy kitobida tasvirlanganidek ko‘rsatishni xohlamadik, chunki u juda ko‘p ramziy ma’noni o‘z ichiga olgan bo‘lib, bahs-munozaraga olib kelishi mumkin.
Nega Iso oq ot minib olgan?
Vahiy kitobida Isog oq otda tasvirlangan: Bundan keyin men osmonning ochilganini ko‘rdim. U yerda bir oq ot turar edi. Ustidagi Chavandozni Sodiq va Haq deb chaqirishardi. U odilona hukm chiqarib, jang qilardi. Uning ko‘zlari otash alangasiday chaqnardi. Boshida ko‘p tojlari bor edi. Peshonasiga esa O‘zidan boshqa hech kim bilmaydigan bir ism yozilgandi. Egnidagi kiyimi qonga belangandi. Chavandozga «Xudoning Kalomi» deb nom berilgan edi (Vahiy 19:11-13, NLT). Butun parchani Vahiy 19:11-21 da o‘qishingiz mumkin.
Superkitobning “Vahiy: So‘nggi jang!" epizodida Isoning orqasida oq otlarga mingan bosh farishtalar ham bor edi.
Nima uchun Isoni Vahiy kitobidagi kabi barcha tafsilotlari bilan ko‘rsatmadingiz?
Isoning tasviriga kiritilgan ramziylik juda batafsil va yaqqol bo‘lib, yosh bolalar uchun haddan ziyod kuchli tasavvur yoki chalkashlik uyg‘otishi mumkin.
Nima uchun Iso oq otda ketayotganida o‘ta tarang kayfiyatda ko‘rindi?
Uning qat’iy nigohi dushmanga, Shaytonga va uning qo‘shiniga qarshi qaratilgan edi.
Farishtalar qo‘shinidan taralayotgan nurning ko‘kimtir sharchalari nimani anglatardi?
Ular jangda qo‘llaniladigan ba’zi g‘ayritabiiy kuchlarni vizual tasvirlash uchun ishlatilgan.
Iso qo‘li bilan shaytonga qarshi otgan qizg‘ish-ko‘kimtir nur o‘zida nimani aks ettirgan?
Bu Isoning g‘ayritabiiy va ilohiy qudratining vizual tasviri edi. Biz butun dunyodagi bolalar Isoning samoviy kuch ishlatayotganini tushunishlarini istadik.
Iso otgan nur Shaytonni mag‘lub etganmi?
Shaytonning Isodan mag‘lub bo‘lishi – Shaytonning olovli ko‘lga tashlanganini anglatadi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Ularni aldagan iblis oltingugurtli ko‘lga tashlanadi. Mahluq va soxta payg‘ambar ham o‘sha ko‘lga tashlangan edilar. Ular kechayu kunduz, abadulabad u yerda azob chekishadi (Vahiy 20:10).
Osmondan tushgan oltin bino nima edi?
Bu Xudoning shahri, Yangi Quddus edi. Vahiy kitobida shunday deyilgan: “Men muqaddas shahar - yangi Quddusni ko‘rdim. Quddus samodan, Xudo huzuridan tushib kelayotgan edi. U kuyovi uchun bezanib olgan kelinchakka o‘xshar edi (Vahiy 21:2).
Yakunda Kris qanday vahiyni ko‘rdi?
Kris Yuhanno tasvirlagan vahiyni ko‘rdi. Muqaddas Kitob bizga Xudoning ajoyib ishlari haqida gapiradi: Xudo ularning ko‘zidagi har bir tomchi yoshni artib qo‘yadi. Endi o‘lim mavjud bo‘lmaydi. Hech kim qayg‘urmaydi, yig‘lamaydi, azob chekmaydi. Zero, avvalgilar o‘tib ketdi. Taxtda o‘tirgan Zot shunday dedi: "Mana, Men hammasini yangi qilib yaratyapman!" (Vahiy 21: 4-5 NLT).
Nega taxt xonasining eshigi yarim shaffof edi?
Biz unga shishadek shaffof asosiy ko‘chaga monand ravishda samoviy tasvir bermoqchi bo‘ldik. Eshik marvariddan yasalgan shahar darvozalariga o‘xshash emas: O‘n ikki darvoza o‘n ikki marvaridan iborat edi. Har bir darvoza bitta marvariddan yasalgan edi! Shaharning shoh ko‘chasi sof oltindan bo‘lib, shishaday musaffo edi (Vahiy 21:21 NLT).
Xudoning taxti atrofida qanday kichikroq taxtlar bor edi?
Ular yigirma to‘rt nafar oqsoqolning taxtlari edi, Vahiy kitobida aytilishicha, Taxtning tevaragida yana yigirma to‘rtta taxt turardi. Bu taxtlarda oq kiyim kiygan, boshlarida oltin tojlari bo‘lgan yigirma to‘rt nafar oqsoqol o‘tirar edi (Vahiy 4:4).
Taxtdan oqib tushayotgan sharshara aslida nima edi?
Bu Xudoning taxtidan oqib chiqadigan hayot daryosi edi. Havoriy Yuhanno shunday yozgandi: "Farishta menga billurdek tiniq, hayotbaxsh suvlar daryosini ko‘rsatdi. Bu daryo Xudoning va Qo‘zining taxtidan chiqib, shahar ko‘chasi bo‘ylab oqayotgan edi (Vahiy 22:1).
Xudoning taxti atrofida qanday qanotli jonzotlar uchardi?
Ular Vahiy kitobida aytilgan to‘rtta jonli mavjudot edi: Taxtning oldida oyna singari dengizga o‘xshash, billurday tiniq bir narsa bor edi. Taxtning atrofida to‘rtta jonli mavjudot turar edi, ularning oldi va orqasi ko‘zlar bilan qoplangan edi (Vahiy 4:6). Ular “Muqaddas, muqaddas, muqaddas...” deb kuylashardi. Muqaddas Kitobda aytilgan: «Bu to‘rtta mavjudotning har birida oltitadan qanot bor edi. Ularning hamma yog‘i ko‘zlar bilan qoplangan edi, hatto qanotlarining tagida ham ko‘zlari bor edi. Ular kechayu kunduz tinmay shunday so‘zlarni takrorlar edilar: “Muqaddas, muqaddasdir, muqaddasdir Qodir Xudo – Egamiz. U bor bo‘lgan, hozir ham bor, kelajakda ham bor bo‘lar” (Vahiy 4:8).
Xudoning taxti atrofidagi yashil rangli bulut nimani aks ettiradi?
Muqaddas Kitobda aytilishicha, taxt atrofi zumrad kabi tovlanardi: O‘tirgan Zotning qiyofasi qimmatbaho yashma va la’l toshlariday yarqirardi. Taxt atrofida zumrad tusidagi kamalak jilvalanardi (Vahiy 4:3 NLT).
Nega Iso Xudoning taxti yonida turardi?
Iso Xudoning muqaddas O‘g‘lidir va hozir osmonda ulug‘langan. Vahiy kitobida aytilgan: Shaharda Xudoning va Qo‘zining taxti bo‘ladi. Xudoning qullari Unga xizmat qiladi (Vahiy 22:3). Muqaddas Kitobda ham bizga shunday deydi: “Shunda men taxtning oldida, to‘rtta jonli mavjudot va oqsoqollar qurshovida turgan bir Qo‘zini ko‘rdim. U go‘yo bo‘g‘izlanganday edi (Vahiy 5:6).
Men Superkitob Klubi a’zosiman. Nega men hozirgacha “Vahiy: So‘nggi jang!” nusxasini olmadim?
"Vahiy: So‘nggi jang!" - bu maxsus qism bo‘lib, hozirda Superkitob Klubining bir qismi hisoblanmaydi. CBN.com saytida yoki 1-800-759-0700 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib DVD disklarga buyurtma berish mumkin. Klub a’zolari har bir .00 qiymatidagi sovg‘a uchun 1 ta DVD va 2 ta bepul nusxa oladi.
Butrusning Tonishi
Iso Butrusga shunday dedi: “Shimo‘n, Shimo‘n! Mana, bug‘doyni g‘alvirday o‘tkazishganday, shayton sizlarni sinovdan o‘tkazishga izn talab qildi” (Luqo 22:31). Iso “g‘alvirdan o‘tkazish” deganda nimani nazarda tutgan?
G‘alvirdan o‘tkazish qadimgi Isroilda dehqonlarning odatiy amaliyoti edi. Bug‘doyni iflos va tosh kabi keraksiz narsalardan tozalash. Ular bug‘doyni elakka o‘xshash narsa bilan idishda silkitib, g‘alvirdan o‘tkazishardi, shunda keraksiz narsalar qolib, bug‘doy pastga tushadi. Demak, Iso bu bilan aytganki, Shayton Butrusni foydasiz yoki yolg‘on deb hisoblashlari uchun unga ko‘plab noxushliklar keltirib chiqarmoqchi bo‘lgan. Lekin Iso Butrusning sinovdan o‘tishi va boshqa imonlilar uchun kuch-quvvat manbai bo‘lishi uchun ibodat qildi: “Biroq imondan toymasin deb, Men sen uchun ibodat qildim. Sen tavba qilib, Menga qaytganingdan keyin, birodarlaringni imonda mustahkamla” (Luqo 22:32).
Nega Butrus Isoni Isroilning shohi bo‘ladi, deb o‘yladi?
Yahudiy xalqi Qadimgi Ahddagi bashoratni noto‘g‘ri talqin etib, Masihdan Rim qo‘shinini mag‘lub qilishini, Isroilning mustaqilligini tiklashini va Isroil shohi sifatida hukmronlik qilishini kutgan. Ammo Isoning O‘zi Masih haqidagi bashoratlarni boshqacha tarzda amalga oshirdi - U azob chekadigan Qul sifatida bizning gunohlarimizga tovon to‘lab, o‘lish uchun keldi. Bir kun kelib, U butun yer yuzida hukmronlik qilish uchun g‘olib Shoh sifatida qaytadi.
Nega Butrus Isodan tondi?
Butrus xizmatkordan qo‘rqmadi, lekin u hibsga olinishdan va qatl etishlari mumkinligidan qo‘rqardi. Iso hibsga olingandan so‘ng, Butrus Ma’bad qo‘riqchilaridan birining Iso va Uning izdoshlari haqida shunday deganini eshitdi: "O, U barcha izdoshlari bilan birga O‘z ulushini oladi". Isoning abadiy hayot haqidagi va’dasini bajarish o‘rniga, Butrus o‘zining yerdagi hayotini saqlab qolishni o‘yladi.
Nima uchun mix chandiqlari Isoning qo‘llarida emas, bilaklarida ko‘rsatilgan?
Yangi Ahd Iso "qo‘llariga" mixlangani haqida gapirganda, u inglizchada "qo‘llar" so‘zidan ko‘ra kengroq ma’noga ega bo‘lgan yunoncha so‘zdan foydalanadi. Yunonchada bu so‘z kaft va bilak qismini ifoda etadi. Bundan tashqari, tarixchilar Rim askarlari odamlarni xochga qoqqanlarida, mixlarni kaftlarga yoki bilaklarga urganliklarini aniqlashdi. (Agar Isoni kaftlariga mixlashganida edi, askarlar ham Uning qo‘llarini arqon bilan xochga bog‘lagan bo‘lishardi.) Demak, Isoning kaftini yoki bilagini mixlash ehtimoli juda katta edi. Qanday bo‘lmasin, gunohlarimiz uchun o‘lgan Najotkorimizga minnatdorchilik bildirishimiz lozim.
Nega Iso Tirilishdan keyin nur sochib turgan?
Biz Iso avvalgi tanasida emas, balki tirilgan tanasida bo‘lganini bolalar tushunishlari uchun ijodiy erkinlikdan foydalandik. Iso o‘limdan tirilganida, Unda yana jismoniy tana bor edi, lekin bu yanada ulug‘vorroq vujud edi. Ehtimol, Uning ilohiy tabiati va ulug‘vorligi Undan kelib chiqqan. Bu O‘zgarish tog‘ida Isoning tashqi ko‘rinishi qanday o‘zgarganini bizga eslatib turadi. Matto Xushxabari nima yuz berganini aytadi: “U yerda, ularning ko‘z o‘ngida Isoning qiyofasi o‘zgardi: yuzi quyoshday porlab, kiyimlari ko‘zni qamashtiradigan darajada oppoq bo‘lib qoldi” (Matto 17:2 NLT). Samoda bo‘lgan odamlar Isoning ajoyib ulug‘vorligi haqida guvohlik berishgan! Undan yorug‘lik va sevgi taraladi - chunki U Xudoning abadiy O‘g‘lidir!
Gido‘n
O‘fra yurti nima?
O‘fra Quddus shimolidagi shahar edi. O‘franing aniq joylashuvi aniq emas, lekin u Isroilning Manashe qabilasiga berilgan hududda joylashgan edi.
Midiyonlar kimlar edi?
Ular bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurgan odamlar edi. Ular Isroil yurtiga bostirib kirib, hosil va hayvonlarini o‘g‘irlab ketishardi. Oqibatda, isroilliklarda oziq-ovqat juda kam qoldi va hatto omon qolish juda qiyin edi – ularga ochlik xavf solardi. Shu bois ular o‘zlarini va hosilini g‘orlarda va qo‘rg‘onlarda yashirishga harakat qilishardi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Midiyonlarning zulmiga chiday olmagan Isroil xalqi tog‘larda, g‘orlarda va adirlardagi joylarda yashirinib yurdi” (Hakamlar 6:2).
Nega Iso Gido‘n bilan gaplashayotganini ko‘rsatgansiz?
Muqaddas Kitobda aytilishicha, "Egamizning farishtasi" (Hakamlar 6:12) Gido‘n bilan gaplashgan va ilohiyotchilar "Egamizning farishtasi" atamasi Eski Ahdda Isoning ko‘rinishini anglatadi, deb hisoblashadi. Bundan tashqari, Muqaddas Kitobning Gido‘n haqidagi hikoyasida Egamizning farishtasi Rabbiyning O‘zi ekanligi ayon qilingan. Qadimgi Ahd ko‘pincha "EGAMIZning farishtasi" va "EGAMIZ" atamalarini bir-birining o‘rniga ishlatib, ular bir xil ma’no anglatishini ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, “EGAMIZning farishtasi” “EGAMIZ”ning O‘zi edi va biz bilamizki, “EGAMIZ” Xudoning tabarruk ismidir. Mana, ushbu parchadan asosiy oyat: “Shunda EGAMIZ unga qarab dedi: “Qani, bo‘l, bor qudratingni ishga solib, Isroil xalqini Midiyonlarning qo‘lidan xalos qil. Men O‘zim seni yuboryapman!” (Hakamlar 6:14).
Nima uchun Iso Gido‘nni jasoratli bo‘lmagan paytida ham "kuchli va mard" deb atadi?
Iso Gido‘n bilan uning salohiyati haqida gaplashganda, Xudoning qudrati u orqali harakat qilishini nazarda tutgan. Biz Xudo unga yordam berganini ko‘ramiz, chunki Iso shunday degan: “Men sen bilan bo‘laman. Sen Midiyonlarning hammasini bir odamni yengganday osonlikcha yengasan” (Hakamlar 6:16). Agar biz imonga ega bo‘lsak va Unga itoat qilsak, Xudo har birimiz orqali buyuk ishlarni qila oladi.
Nega Gido‘n belgi so‘radi?
Avvaliga Gido‘n ushbu mehmon Rabbiyning farishtasi ekanligini tushunmadi. Bundan tashqari, Gido‘n o‘zini past oldi va zafarli qo‘shinni boshqara olishiga shubha qildi. Gido‘n dedi: «Ey to‘ram, qanday qilib men Isroil xalqini xalos qila olaman? Mening urug‘im Manashe qabilasining eng zaifi bo‘lsa, o‘zim esa otam xonadonining kenjasi bo‘lsam!” (Hakamlar 6:15 NLT). Iso mo‘jizaviy tarzda qurbonlikni yoqib yuborish orqali unga alomat berdi, so‘ngra ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Osmondan kim gapirgan edi?
Muqaddas Kitobda aytilishicha, Rabbiy osmondan gapirgan: “Tinchlan” – dedi Egamiz. “Qo‘rqma. Sen o‘lmaysan” (Hakamlar 6:23).
Nega Gido‘n Rabbiydan alomatlar so‘rashda davom etdi?
Gido‘n Xudo undan foydalanishiga shubha qilaverdi, lekin Xudo unga nisbatan sabrli bo‘ldi va qo‘shimcha alomatlar ko‘rsatish iltimosini bajardi.
Qo‘y yungi nima o‘zi?
Bu qo‘yning yungini qirqish natijasida hosil bo‘ladigan junning bir qatlami.
Biz bugungi kunda ham Xudoning qarshisiga “yung” qo‘yishimiz kerakmi?
Yo‘q, Xudo bizga hech qachon bunday qilishni buyurmagan. Yung qo‘yish Gido‘nning fikri edi va Xudo Gido‘nning shubhalari va iltimoslarini inobatga oldi. Ammo sharoitga qarab yo‘l-yo‘riq izlasak, tasodifiy hodisalar yoki dushmanning aldovi tufayli adashishimiz mumkin. Xudoning qarshisiga yung qo‘yish o‘rniga, biz birinchi navbatda Muqaddas Kitobga murojaat qilishimiz kerak. Shuningdek, Muqaddas Ruh qalblarimizga nima deyayotganini tinglashimiz kerak.
Xizmatkorlik Ishlarim
Nega Shaytonni bunchalik qo‘rqinchli qilib ko‘rsatdingiz?
Biz uni uddaburon yovuz sifatida emas, shunchaki badkor ekanligini ko‘rsatishni xohladik. Uning qiyofasidagi ifoda Xudoga va Uning xalqiga qarshi g‘azabini ko‘rsatadi. "Ayub" epizodi Xudo Shaytondan kuchliroq ekanligini aniq ko‘rsatib turibdi. Bundan tashqari, Muqaddas Kitobda aytilishicha, hattoki Isoga ishongan bola ham, Isoning nomidan gapirganda va ruhiy hujumga bardosh berganida, Shaytondan g‘olib chiqishi mumkin. Bolalar Iso ismining kuchiga ishonishlari mumkin!
E’tiborga oling, Superkitob epizodlari asosan 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Biroq, bolalarning ruhiy rivojlanishi, dramatik tasvirlarga nisbatan sezgirligi va ko‘rishga odatlangan dastur turi bilan farq qilganligi sababli, biz ota-onalarga o‘z farzandlari uchun qaysi epizodlar mos kelishini ko‘rib chiqishni taklif qilamiz. Ayrim epizodlarni farzandlariga ko‘rsatishdan oldin biz uni ota-onalarga oldindan ko‘rishni maslahat beramiz.
Nega osmondagi farishtalar Shaytonni “Tuhmatchi” deb atashgan?
Ayub kitobida Shaytonning “tuhmatchi” ekanligi ochib berilgan. Bundan tashqari, Muqaddas Kitobda aytilishicha, Tuhmatchi muqaddas va qudratli Egamiz oldiga borishga jur’at qilgan: Bir kuni ilohiy zotlar Egamizning oldiga kelishdi. Ularning orasida shayton ham bor edi (Ayub 1:6). Bundan tashqari, Vahiy kitobida Shayton “tuhmatchi” deb ataladi. Unda deyilgan: “Shunda men samodan baland ovozda aytilgan bu so‘zlarni eshitdim: «Xudoyimiz najotu qudratini ayon qildi, Mana, Uning Shohligi keldi. Xudoning Masih hokimiyati o‘rnatildi. Axir, birodarlarimizning tuhmatchisi yerga uloqtirildi, Ha, Xudomiz huzurida kecha-kunduz Ularga tuhmat qilayotgan iblis pastga otildi” (Vahiy 12:10).
Shaytonni ifodalovchi yana bir termin «iblis» bo‘lib, "tuhmatchi" yoki "yolg‘onchi" degan ma’noni anglatadi. Iso odamlarga Shaytonning xususiyatini tushuntirgan: «U hech qachon haqiqat tarafdori bo‘lmagan, chunki unda haqiqat yo‘q. U yolg‘on so‘zlaganda, o‘ziga xos so‘zlaydi. Chunki u yolg‘onchi va yolg‘onning otasidir (Yuhanno 8:44NLT).
Ayub farzandlari va mol-mulkidan ayrilganini bilib qichqirganida Xudodan g‘azablanganmi?
Ayub Xudodan g‘azablanmadi. U o‘zining qattiq dard va qayg‘usini ifoda etdi. Muqaddas Kitobda aytilishicha, shuncha ko‘rgiliklardan keyin ham, Ayub Xudoni ayblamadi, gunoh qilmadi (Ayub 1:22 NLT).
Nega Ayub kiyimini yirtib tashladi?
Ayub o‘g‘il-qizlarining o‘limini bilib, o‘z iztirobini ifodalash uchun shunday qildi. Muqaddas Kitobda aytilishicha, Ayub turib, qayg‘udan kiyimini yirtib tashladi (Ayub 1:20 NLT). Ayub yashagan zamon va makonda o‘z kiyimlarini yirtib tashlash qayg‘uni ifodalash usuli edi.
Nega Ayub soch-soqolini oldi?
Bu Ayubning o‘g‘il-qizlaridan ayrilgani uchun motam tutganini ko‘rsatishning bir usuli edi. O‘sha davrda yaqinlarini yo‘qotgan kishilarning soch-soqolini oldirib, motam tutishi odat hisoblanardi.
Nega Shayton o‘zini horigan sayohatchiga o‘xshatib ko‘rsatdi?
Shayton Ayubning boshiga tushgan falokatlarga qanday munosabatda bo‘lishini bilmoqchi edi. U Ayub Xudoni ayblayaptimi yoki yo‘qligini bilmoqchi edi. Garchi Xudo sodir bo‘layotgan hamma narsani bilsa-da, Shayton o‘z bilimi va qobiliyatida cheklangan, shuning uchun u nima bo‘layotganini ko‘rish uchun Ayub bo‘lgan joyga borishi kerak edi.
Shayton “joniga azob berib ko‘r-chi!” deganda nimani nazarda tutgan?
Bu Ayub payg‘ambar davrida keng tarqalgan gap bo‘lib, Shayton Ayubni faqat o‘z hayotini saqlab qolish uchun boshqalarni o‘ldirishga tayyor, deb ayblaganga o‘xshaydi. Boshqacha aytganda, Ayub asosan o‘z "jonini" asrab qolish uchun qayg‘urgan deya ta’kidlagan Shayton.
Qanday qilib Shayton Ayubning tanasida yaralar qoldirishi mumkin edi?
Tuban farishta Shayton yaxshilik yoki yomonlik uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan ruhiy kuchga ega edi. Xudo ilk marta shaytonni Lusifer sifatida yaratganida, uning kuchlari doimo yaxshilik uchun ishlatilishi kerak edi. Ammo Shayton Ayubga hujum qilib, o‘z qobiliyatlarini suiiste’mol qildi. Har birimiz qobiliyatlarga egamiz, ulardan faqat yaxshilik — Xudoni ulug‘lash va odamlarga yordam berish uchun foydalanishimiz kerak.
Nega Ayubning do‘stlari uni gunohkorlikda ayblashdi?
Ularda, agar kimdir azob-uqubatlarga duchor bo‘lsa, bu uning gunohi uchun berilgan, degan noto‘g‘ri tushuncha bor edi.
Nega Ayubning do‘stlaridan qattiq jahli chiqdi?
Ayub farzandlaridan ayrilib, badanidagi o‘ta og‘riqli yaralardan azob chekardi. Buning ustiga, unga tasalli bo‘lishi kerak bo‘lgan do‘stlari yolg‘on ayblar bilan azobini yanada oshirishdi.
Xudo Ayubga dunyoning yaratilishi haqida savol berganida, siz Yerning qaysi qismini ko‘rsatgan edingiz? U hozirgi dunyoning hech bir qismiga o‘xshamasdi.
Muqaddas Kitob olimlarining fikriga ko‘ra, Yer birinchi marta yaratilganda, faqat bitta katta quruqlik bo‘lgan. Muqaddas Kitobda Yaratilishning uchinchi kuni haqida shunday deyilgan: Keyin Xudo: “Osmon ostidagi suvlar bir joyga to‘planib, quruq yer paydo bo‘lsin”, deb amr qildi. Shunday ham bo‘ldi. Xudo quruqlikka yer deb nom berdi. Bir joyga yig‘ilgan suvlarni esa dengizlar deb atadi. Xudo buning ajoyib ekanini ko‘rdi (Ibtido 1:9-10). Keyinchalik Nuh payg‘ambar davrida dunyo bo‘ylab sodir bo‘lgan to‘fon tufayli bu quruqlik qit’alarga bo‘lingan.
Ayub katta yoshda bo‘lganidan keyin ham qanday qilib yana 140 yil yashadi?
Dunyo yaratilishidan keyingi davrlarda odamlar ancha uzoq umr ko‘rganlar. Muqaddas Kitobda aytilishicha, Nuh to‘fonidan oldin odamlar bir necha yuz yillar yashagan. To‘fondan keyin odamlar hanuzgacha yuz yillab yashardilar, ammo ularning umri asta-sekin qisqara boshladi. Shunga qaramay, Muqaddas Kitobda Ibrohim 175 yil, Is’hoq esa 180 yil yashaganligi yozilgan. Hoynahoy, Ayub to‘fondan keyingi o‘sha davrlarda yashagan, shu bois uning shunday uzoq umr ko‘rgani ajablanarli emas.
Ularning uzoq umr ko‘rishi sabablaridan biri, ehtimol, ularning DNKlarida nuqsonlar kamroq bo‘lgan. Xudo Odam Ato va Momo Havoni yaratganida, ulardagi DNK mukammal edi, ammo keyingi avlodlarda genetik mutatsiyalar paydo bo‘lgandir, bu esa ularni qarish jarayoniga va kasalliklarga nisbatan zaifroq qilishi mumkin. Ehtimol, Nuh to‘fonidan so‘ng dunyoda ekologik va ovqatlanish muammolari, shuningdek, kasalliklar xavfining ortishi kabi jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi.
Darbadar O‘g‘il
Qanday qilib Mixo kabi yosh bolaga oilaning qo‘ylarini boqish vazifasi topshirildi?
Garchi qo‘ylarni boqish juda muhim va mashaqqatli mas’uliyat bo‘lsa-da, qadimda yosh o‘g‘il bolalar ko‘pincha cho‘ponlik qilishgan. Bunga Eski Ahddagi Dovud misol bo‘la oladi. U sakkiz aka-ukaning eng kichigi edi, lekin unga qo‘y-echkilarni boqish vazifasi berilgan. Muqaddas Kitobda aytilishicha, Xudo Shomuil payg‘ambarni Isroilning bo‘lajak shohini moylash uchun yuborganida, u Essaydan so‘ragan: "O‘g‘illaringning hammasi shularmi?" Essay javob berdi: “Hali yana kenjasi bor. Qo‘y boqyapti” (1 Shohlar 16:11 NLT).
Cho‘ponlik o‘ta mashaqqatli bo‘lsa-da, juda kamtar va yolg‘iz holatdagi ish edi. Ehtimol, akalari obro‘si balandroq vazifani afzal ko‘rishgandir.
Nega Darbadar O‘g‘ilning gunohkor xatti-harakatlarini ko‘rsatdingiz?
Biz Superkitob epizodlarini yaratishda Muqaddas Kitob, tarix va madaniyat nuqtai nazaridan aniq bo‘lishni maqsad qilib qo‘ydik. Biz "Darbadar O‘g‘il" misolida, Darbadar O‘g‘il dunyoning gunohkor yo‘llaridan ketganida hayotda tanazzulga uchraganini aniq tasvirlamoqchi bo‘ldik. Shuningdek, biz uning betayin xatti-harakatlari halokatli oqibatlarga olib kelganini ko‘rsatishni istadik. Boshqa tomondan, biz uning har qanday nomaqbul hatti-harakatini tasvirlashga urinmadik.
Bundan tashqari, Iso darbadar o‘g‘il haqidagi masalni aytganida, Uning tinglovchilari bu hikoyada nima nazarda tutilganini osongina tushunishgan. Biroq, bugungi tinglovchilar mutlaqo boshqa madaniyat va boshqacha davrda yashayotganligi sababli, ular hikoyaning ayrim mazmun va oqibatlarini anglamasliklari mumkin. Bu qiyinchilikni bartaraf etish uchun biz Darbada O‘g‘ilning “uzoq mamlakatdagi” “shaloq hayoti”ni vizual tasvirda taqdim etdik (Luqo 15:13).
Bolalarning ruhiy rivojlanishi, dramatik tasvirlarga nisbatan sezgirligi va ko‘rishga odatlangan dasturlari bir-biridan farq qilganligi sababli, ota-onalarga har bir farzandi uchun qaysi epizodlar mos kelishini ko‘rib chiqishlarini tavsiya qilamiz. Biz ushbu DVDga ota-onalar uchun qizil shriftdagi muhim eslatmani qo‘shdik, bu eslatma ota-onani bolalariga ko‘rsatishdan avval o‘zlari epizodni ko‘rib olishga undaydi. Xabar DVD qutisi yoki muqovasida, shuningdek, Oilaviy muhokama uchun qo‘llanmada chop etilgan.
Cho‘chqalarni qanday qo‘zoqlar bilan boqishgan?
Qo‘zoqlar Seratoniya yoki Gledichiya daraxtining mahsuli bo‘lishi mumkin. Qo‘zoqlar maydalanib, hayvonlarga berilgan.
Epizod oxirida Muqaddas Kitobdan qaysi oyat keltirilgan?
Bu oyatni Zabur 102:8 da topish mumkin. Unda shunday deyilgan: “Egamiz rahmdil, inoyatlidir, Jahli tez chiqmaydi, sodiq sevgisi mo‘ldir”.
Ilyos va Baal payg‘ambarlari
Baal degani kim?
Baal qadimgi Isroil davrida Kan’on xalqi tomonidan topinadigan soxta xudo edi. "Ilyos va Baal payg‘ambarlari" epizodida ko‘rsatilganidek, odamlar butlarni yasab, ularga ibodat qilishardi, qurbonlik keltirishardi va sig‘inishardi.
Qancha vaqt yomg‘ir yog‘madi?
Ilyos yomg‘ir to‘xtaydi, deb e’lon qilgandan keyin, Xudo bu hududdan yomg‘irni to‘xtatdi va uch yarim yil davomida yomg‘ir yog‘madi! Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Ilyos ham bizga o‘xshagan oddiy bir inson edi. Yomg‘ir yog‘masin, deb u astoydil iltijo qildi va yer yuziga uch yilu olti oy yomg‘ir yog‘madi» (Yoqub 5:17).
Nega buqalarni qurbonlik qilishgan?
Hayvonlarni qurbon qilish qadimgi dinlarning bir qismi bo‘lgan. Hatto Xudoning Isroil xalqiga bergan Qonuniga ham hayvonlarni qurbon qilish kiritilgan. Muqaddas Kitob tushuntiradi: “Darhaqiqat, Musoning qonuni bo‘yicha deyarli hamma narsa qon bilan poklanadi. To‘kilgan qon orqaligina gunohlar kechiriladi” (Ibroniylarga 9:22). Musoning Qonunida ko‘rsatilgan qurbonliklar Isoga ishora qilganini bilish juda muhim, chunki Iso bizning gunohlarimiz uchun xochda O‘z qonini to‘kdi. Iso bizning gunohlarimiz uchun eng oliy qurbonlik edi, shuning uchun endi qurbonliklar kerak emas.
Nima uchun Ilyos qurbonlikka va qurbonlik uchun o‘tinga odamlarning shunchalik ko‘p suv quyishlarini buyurdi?
U olovning alanga olishini yanada qiyinlashtirmoqchi va Xudo mo‘jiza ko‘rsatganini hech qanday shubhasiz isbotlamoqchi edi.
Nega Karmil tog‘ida Baal payg‘ambarlarining ko‘plab butparastlik sig‘inishlarini ko‘rsatdingiz?
Biz Baal payg‘ambarlarining uzoq va qizg‘in sig‘inishlariga qaramay, ularning soxta xudosi javob bermaganini aniq ko‘rsatmoqchi bo‘ldik.
Nega Baal payg‘ambarlarining o‘limini ko‘rsatmadingiz?
Muqaddas Kitob hikoyasining mohiyati shundaki, Isroil Xudosi O‘zini - yagona haqiqiy Xudo ekanligini va odamlar faqat Unga sajda qilishlari kerakligini isbotladi. Baal payg‘ambarlari bilan nima sodir bo‘lganini ko‘rsatish shart emas edi.
Odamlar Baal deb atalgan soxta xudoga sig‘inayotgan ekan, nega Isroilning haqiqiy Xudosini ibroniycha nom bilan Yahve deb aytmadingiz?
Superkitob epizodlaridagi Muqaddas Kitob personajlari Muqaddas Kalomda yozilgan nimanidir aytsa, ularning so‘zlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Yangi Jonli Tarjima», «Zamonaviy Inglizcha Versiya» yoki «Qirol Iakovning yangi versiyasi»dan olinadi. Muqaddas Kitobning ushbu versiyalarida RABBIY so‘zi Isroilning Xudosiga ishora qilib, Uning muqaddas nomi Yahveni ko‘rsatadi. Misol tariqasida “Yangi jonli tarjima”da shunday deyilgan: “Ilyos xalqning ro‘parasiga chiqib, ularga tanbeh berdi: “Qachongacha ikki kemaning uchini tutib yurasizlar?! Agar EGAMIZ Xudo bo‘lsa, Unga ergashinglar! Bordi-yu, Baal Xudo bo‘lsa, unga sajda qilinglar!” (3 Shohlar 18:21).
Yahyo Cho‘mdiruvchining Tug‘ilishi
Tutatqi nazri nima?
Tutatqi nazri ma’badda muqaddas tutatqini yoqish hisoblangan va bu Xudo tomonidan buyurilgan. Issiq cho‘g‘larga tutatqi quyilganida, undan yoqimli hid taralgan. Tutatqi nazri xalqning Xudoga qilgan iltijolarining ramzi edi. Ma’badda tutatqi ko‘tarilgandek, isroilliklarning ibodatlari Xudoning taxtiga ko‘tariladi. Dovudning Zaburida uning ibodati ma’baddagi tutatqi nazri bilan bog‘langan: “Ibodatimni tutatqi nazriday qabul qilgin, qo‘llarimni ko‘targanimni kechki qurbonlik deb bilgin” (Zabur 140:2). Vahiy kitobida, shuningdek, muqaddas tutatqi Xudo xalqining ibodatlari bilan bog‘langan: “Boshqa bir farishta kelib, qurbongohning oldida turdi. Uning qo‘lida oltin olovkurak bor edi. Unga ko‘p xushbo‘y tutatqilar berildi. U bu tutatqilarni barcha Xudo azizlarining ibodatlariga qo‘shib, taxt oldida turgan oltin qurbongoh ustida nazr qilishi kerak edi. Tutatqilarning tutuni Xudo azizlarining ibodatlari bilan birga farishtaning qo‘lidan yuqoriga – Xudoning huzuriga ko‘tarildi” (Vahiy 8:3-4).
Ma’badga tushib olovli halqaga aylangan, so‘ngra undan Jabroil chiqib kelgan olov oqimi o‘zida nimani ifodalagan?
Jabroil namoyon bo‘lganida uni dramatik va qudratli tarzda tasvirlash uchun, shuningdek, Hizqiyolda hayrat tuyg‘usini uyg‘otish uchun biz ijodiy yondashuvdan foydalandik.
Nega farishta Jabroilni qanotli qilib ko‘rsatdingiz?
Superkitob seriyalarida biz farishtalarning timsoliga mos keladigan tarzda qanotli farishtalarni tasvirlash uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik. Dunyo bo‘ylab odamlar qanotli farishtalarning tasvirlarini ko‘rganlar. Biz o‘sha odamlar Superkitobdagi farishtalar ham ular ilgari ko‘rgan tasvirlarga o‘xshash ekanligini bilishlarini xohladik.
Muqaddas Kitobda qanotli samoviy mavjudotlarni tasvirlaydigan bir qancha oyatlar mavjud. Masalan, Vahiy kitobida Xudoning taxti atrofidagi to‘rtta jonzot haqida so‘z boradi: “Taxtning oldida oyna singari dengizga o‘xshash, billurday tiniq bir narsa bor edi. Taxtning atrofida to‘rtta jonli mavjudot bor edi, ularning oldi va orqasi ko‘zlari bilan qoplangan edi" (Vahiy 4:6). Ular “Muqaddas, muqaddas, muqaddas...” deb kuylayotganlar edi. Muqaddas Kitobda bu mavjudotlar haqida shunday deyilgan: “Bu to‘rtta mavjudotning har birida oltitadan qanot bor edi. Ularning hamma yog‘i ko‘zlar bilan qoplangan edi, hatto qanotlarining tagida ham ko‘zlari bor edi. Ular kechayu kunduz tinmay shunday so‘zlarni takrorlar edilar: “Muqaddas, muqaddas, muqaddasdir Qodir Xudo - Egamiz” (Vahiy 4:8).
Bundan tashqari, Xudo Musoga Ahd Sandig‘i bo‘yicha ko‘rsatma berganida, uning qopqog‘ida qanotli karublar bo‘lishi kerakligini aytdi: “Karublarning tepaga ko‘tarilgan qanotlari qopqoqni berkitib tursin. Ular yuzma-yuz turib, qopqoqqa qaragan bo‘lsin” (Chiqish 25:20).
Ishayo payg‘ambar kitobida shunday yozgan: “Shoh Uzziyo vafot etgan yili men yuqoriga yuksalgan Rabbiyning taxtda o‘tirganini ko‘rdim. Uning libosi etaklari Ma’badni to‘ldirgan edi. Uning tepasida seraflar shay turardi, har birining oltita qanoti bor edi. Ular ikki qanoti ila yuzlarini to‘sgandi, ikki qanoti ila oyoqlarini to‘sgandi, qolgan ikki qanoti bilan uchayotgan edi” (Ishayo 6:1-2).
Nega Zakariyo va Elisabetning farzandi Yahyo deb atalgan?
Yahyo ismi "Xudo inoyatlidir" degan ma’noni anglatadi. Bu Zakariyo va Elisabet juda qariganiga va Elizabet homilador bo‘la olmasa-da, ularga inoyat bilan farzand bergan Xudoning mo‘jizaviy ishiga ishora bo‘lishi mumkin.
Nega Zakariyo gapira olmadi? Bu jazo edimi?
Zakariyo bashorat haqiqatan ham amalga oshishini bilmoqchi edi. Uning bir muddat gapira olmasligi Xudo haqiqatan ham ishlayotganini va bashorat amalga oshishini isbotladi.
Ma’baddan va ruhoniylarning qo‘lidan taralgan oq nurlar nimani ifodalagan?
Biz ma’baddan taralgan Muqaddas Ruhning yaqqol borligini ko‘rsatish uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik. Xudoning Ruhi odamlarga Rabbiyning marhamati va inoyatini keltirdi. Xudo ruhoniylarga Isroil xalqini quyidagi so‘zlar bilan duo qilishlarini buyurgan edi: “Egam senga baraka bersin, Seni O‘z panohida asrasin. Egam senga ochiq yuz bilan boqsin, Senga iltifot qilsin. Egam senga nazarini solsin, Senga tinchlik ato etsin!” (Sahroda 6:24–26). Bu ruhoniyning marhamati deb ataladi.
Ruhoniylar ibodat kuyini kuylashganda qo‘llarini ko‘tarishgani qanday ahamiyatga ega?
Ruhoniylar yahudiylarning o‘ziga xos an’analariga ko‘ra qo‘lni ko‘tarish belgisini tadbiq etishgan. Qo‘l belgisi ibroniycha "Shin" harfini ifodalagan bo‘lib, u inglizcha W ga o‘xshaydi va "sh" tovushiga ega. Demak, qo‘l belgisi ibroniycha "Shadday" so‘ziga ishora qiladi. "El-Shadday" - Xudoning ibroniycha ismlaridan biri bo‘lib, "Qudratli" degan ma’noni anglatadi. U “Hamma narsaga yetarli” deb talqin qilingan va Xudoning qudrati va O‘z xalqiga barakalar berish qobiliyatiga ishora qiladi.
Ma’baddan va ruhoniylarning qo‘lidan taralgan oq nurlar nimani ifodalagan?
Biz ma’baddan taralgan Muqaddas Ruhning yaqqol borligini ko‘rsatish uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik. Xudoning Ruhi odamlarga Rabbiyning marhamati va inoyatini keltirdi. Xudo ruhoniylarga Isroil xalqini quyidagi so‘zlar bilan duo qilishlarini buyurgan edi: “Egam senga baraka bersin, Seni O‘z panohida asrasin. Egam senga ochiq yuz bilan boqsin, Senga iltifot qilsin. Egam senga nazarini solsin, Senga tinchlik ato etsin!” (Sahroda 6:24–26). Bu ruhoniyning marhamati deb ataladi.
Zakariyo gapira olmaganida qanday yozuv taxtasidan foydalangan?
Zakariyo yashagan davrda odamlar loydan ham, mumdan ham yozuv taxtasi sifatida foydalanishgan. Biz Zakariyoni loydan yasalgan yozuv taxtachasi yonida ko‘rsatdik. Yozuv taxtachasining silliq yog‘och qismi loy bilan to‘ldirilgan chuqurchaga ega bo‘lgan. Loyga stilus deb ataladigan uchli narsa bilan o‘yib yozish mumkin edi. Yozuv taxtachalarida ko‘pincha oson o‘rnatiladigan yog‘och qopqoq bo‘lgan.
Maryamning farishta Jabroilga bergan savoli Zakariyoning savolidan nimasi bilan farq qilgan?
Aftidan, Zakariyo farishtaning Xudodan yetkazgan bayonotiga shubha qilganga o‘xshaydi. Boshqa tomondan, Maryam bashoratga shubha qilmadi - u faqat bu qanday amalga oshishi haqida o‘ylardi.
Maryamni ko‘rganida Elisabetni qanday nur chulg‘ab oldi?
Biz Elisabet Muqaddas Ruh bilan to‘lganligini ko‘rsatish uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik. Muqaddas Kitobda Maryam Elisabet bilan salomlashganida nima sodir bo‘lganligi aytiladi: "Elisabet Maryamning salomini eshitgani zahoti qornidagi bolasi o‘ynoqlab ketdi. Elisabet Muqaddas Ruhga to‘ldi" (Luqo 1:41 NLT).
No‘mon va Xizmatkor Qiz
Nima uchun qizni xizmatkor qilishdi?
No‘mon qo‘shini Isroilga bostirib kirgan va isroilliklar bilan jang qilgan. Janglarning birida isroilliklarning ba’zilari asirga tushishdi va o‘sha davrda tez-tez sodir bo‘lganidek, ular begona yurtga qul qilib yuborilgan. Ibroniy qizni No‘monning xotiniga cho‘ri qilib olishdi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Oram lashkari Isroil yurtiga bostirib borganda, kichkina qizchani asir qilib olib ketgan edi. Qizcha No‘monning xotiniga cho‘rilik qilardi” (4 Shohlar 5:2, NLT).
Nega zombi va “Apokalipsis zombilari” video o‘yiniga katta e’tibor qaratdingiz?
"Superkitob" ning asosiy maqsadlaridan biri - butun dunyo bo‘ylab nomasihiylarga Iso Masihni anglatishdir. Buning uchun biz nomasihiylarga madaniy jihatdan mos bo‘lishimiz kerak. Zamonaviy dunyoda «zombi» o‘yinlari va filmlari jahon bozorining muhim qismini egallaydi. Biroq, Kris va Djoy zombi yo‘qligini aniq ko‘rsatdi, Djoy esa Krisning ota-onasi unga o‘yin o‘ynashga ruxsat bermasligini ta’kidladi. Shunday bo‘lsa-da, Kris, Djoy va Gizmo No‘monni va uning dahshatli teri kasalligini ko‘rganlarida, qo‘rqanidan qochib ketishdi. Gizmo hattoki o‘zini zombi deb o‘ylagan. Lekin Xudo bizning qo‘rqishimizni xohlamaydi. Muqaddas Kitob bizga shunday deydi: “Zero, Xudo bergan Ruh qalbimizga qo‘rquv solmaydi, aksincha, bizga kuch, muhabbat va aqli rasolikni ato qiladi” (2 Timo‘tiyga 1:7, NLT).
Nega Oram shohining maktubi tosh lavhaga yozilgan?
No‘mon yashagan davrda, taxminan miloddan avvalgi 850-yillarda, doimiy bo‘lishi mo‘ljallangan yozuvlar ko‘pincha toshga o‘yilgan. Bu xabarni o‘chirish yoki o‘zgartirish mumkin emasligini ham kafolatlagan. Bunga misol, Muso Xudodan O‘nta Amrni bundan ham avvalgi davrda olgan. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Keyin EGAMIZ Musoga aytdi: “Toqqa, Mening oldimga chiqib, shu yerda tur. Men senga amr va qonunlar yozilgan ikkita tosh lavhani beraman. Bu amr va qonunlarni xalq o‘rgansin deb yozdim” (Chiqish 24:12, NLT).
Nega shoh Yoram kiyimlarini yirtib tashladi?
Isroil madaniyatida kiyimini yirtib tashlash katta ruhiy iztirobning ifodasi edi. Shoh No‘monni davolay oladigan kuchga ega bo‘lmagani uchun unga bu maktub Isroil va Oram o‘rtasida mojaro yaratish rejasining bir qismi bo‘lib tuyuldi. Bu hatto Oram qo‘shinining bostirib kirishi uchun da’vo bo‘lishi mumkin. Muqaddas Kitobda yozilgan: “Isroil shohi maktubni o‘qib, vahimaga tushib, kiyimini yirtdi: ‘Oram shohi shifo berishim uchun mening huzurimga odamini jo‘natibdi-ya! Men hayot baxsh etadigan va jon oladigan Xudomanmi? Mana, bilib qoʻyinglar, Oram shohi men bilan urush chiqarish uchun bahona izlayapti’” (4 Shohlar 5:7, NLT). Bu maktubda Elishay tomonidan ko‘rsatilgan mo‘jizalar haqida gap ketgani shoh Yoramning xayoliga ham kelmagan.
Nega Elishay No‘monga yetti marta daryoda cho‘milishni buyurgan?
Muqaddas Kitobda yetti raqami ko‘pincha tugallanish yoki mukammallikni anglatadi. Ehtimol, bu No‘monning imoni, itoatkorligi va kamtarligining sinovi bo‘lgandir. Daryoda yetti marta cho‘milish u payg‘ambarning ko‘rsatmalariga to‘liq bo‘ysunganini ko‘rsatdi. Bu, shuningdek, uning kamtar bo‘lganini va Xudodan o‘zi kutgan tarzda yo‘l tutishni talab qilmaganini ko‘rsatdi.
No‘mon daryoda yettinchi marta cho‘milayotganda uning atrofida qanday yorug‘lik bor edi?
Biz No‘monning moxov kasalligini davolaydigan Xudoning shifobaxsh kuchini ko‘rsatish uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik.
Nega No‘mon Isroildan tuproq olib ketdi? Nega u Oram zaminida Isroil Xudosiga qurbongoh qura olmadi?
Qadimgi Yaqin Sharqda odamlar ko‘plab xudolarga ishonishgan, shuningdek, xudoga faqat o‘z yurtlarida yoki o‘sha xudoning tuprog‘idan qurilgan mehrobda sig‘inish mumkin deb hisoblashgan. No‘mon Isroilning Xudosi yagona haqiqiy Xudo ekanligini tan oldi va Oramda Unga topinishni xohladi.
Rut
O‘rim-yig‘im paytida erkaklar arpani nima bilan o‘rishgan?
Ular o‘roq deb nomlangan qadimiy o‘rim-yig‘im asbobidan foydalanganlar. Bir kuni Iso O‘zining masallaridan birida o‘roq haqida aytgan: "Hosil pishgach, yig‘im-terim vaqti keldi, deb odam darhol o‘roqni ishga soladi" (Mark 4:29, NLT).
O‘rim-yig‘im paytida nima uchun savatni silkitishardi va havoga nima ko‘tarilardi?
U savat to‘la arpa va somonni silkitardi. Arpa somondan og‘irroq bo‘lib, savatda qolar edi, lekin somonni shamol olib ketardi. Zaburda shunday deyilgan: "Fosiqlar esa bunday emaslar, Shamolda to‘zg‘ib ketadigan somonga o‘xshaydi" (Zabur 1:4, NLT).
Mo‘abliklar kimlar edi?
Ular Ibrohimning jiyani Lutning avlodlari edi.
Nega Naima Rutga Bo‘azning oyoqlarini ochishni buyurdi va nega Rut Bo‘azdan ko‘rpachasining bir chetiga yotishiga izn so‘radi?
Oyoqlarni ochish Bo‘azga tanish bo‘lgan urf-odat edi. Rut Bo‘azdan ko‘rpasining burchagini uning ustiga yoyishni so‘raganida, u Bo‘azdan uni "himoya" qilishi yoki nikohiga olishini so‘radi. Nikoh orqali u g‘amxo‘rlik va ta’minotga yetishardi. Rutning iltimos qilishiga Eski Ahd Qonunidagi amr asos bo‘ldi; ammo bu amr to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bo‘azga va uning Rut bilan munosabatiga taalluqli emas edi. Shunga qaramay, Bo‘az mehribonlik va muhabbat tufayli, agar imkoni bo‘lsa, unga uylanishga rozi bo‘ldi.
Bo‘az va Rut barcha munosabatlarida o‘zlarini yuksak axloqli va yaxshi fe’l-atvorli ekanliklarini ko‘rsatdilar. Shahar aholisi ular haqida yuqori fikrda edilar, buni Bo‘azning Rutga aytgan so‘zlaridan bilsa bo‘ladi: “...Butun shahar xalqi sening olijanob ayol ekanligingni biladi” (Rut 3:11, NLT).
Nega Rutga “qarindosh” o‘rniga “yaqin qarindosh” iborasini ishlatgansiz?
Garchi ko‘p masihiylar "qarindosh" va "qarindosh-qutqaruvchi" atamalarini yaxshi bilishsa ham, ko‘p bolalar bu atamalarni tushunmaydilar. Superkitob dialogini yaratishda biz Muqaddas Kitobning bolalar tushunishi oson bo‘lgan tarjimasidan foydalanishga intilamiz.
To‘yda qanday qo‘shiq kuylangan? Qo‘shiq matni va tarjimasi qanday?
Kumi Lax
Kumi Lax’ Raayati,
Kumi Lax’ Yafa Sheli,
Ki Hine Stav Avar Ha’Geshem Kvar Chalaf Lo. (x2)
(Naqarot)
Ha’nizanim Niru Baarez’ Et Zamir Hegia,
Ha’teena Chanta Pagea, Ve Hagfanim Smadar.
(birinchi kupletni takrorlash)
Lai lai lai lai lai (x2)
Turgin, azizam
Turgin, azizam,
Turgin, yagona go‘zalim,
Qaragin, qish ham o‘tib ketdi, yomg‘ir ham to‘xtadi.
(naqarot)
Yer yuzida gullar paydo bo‘ladi; kuylash vaqti keldi,
Anjir daraxti erta meva hosil qiladi;
gullagan novdalar esa xushbo‘y hid taratadi.
(kupletni takrorlash)
Lai lai lai lai lai (x2)
"Kumi Lax" Sulaymon qo‘shig‘ining quyidagi misralariga asoslangan: “Tura qol, sevgilim, oppog‘im, Men bilan yugin Mana, qish o‘tdi, yomg‘irlar to‘xtadi. Yer yuzi gullar bilan qoplanmoqda, yurt bo‘ylab kabutarlar kuyi eshitilmoqda, qo‘shiq kuylash vaqti keldi. Anjir meva tugishni boshladi, toklar ham gulga kirdi. Ular xushbo‘y hidlarini taratmoqda. Tura qol, sevgilim, oppog‘im, Men bilan yurgin” (Sulaymonning qo‘shig‘i 2:10–13, NLT).
Rahmdil Samariyalik
Nega samariyaliklar Isoning shogirdlariga dushmanona kayfiyatda bo‘lishgan? Nega ularni shaharga kiritishmadi?
Yahudiylar va samariyaliklar o‘rtasida doimiy norozilik bor bo‘lib, ular bir-birlarining muqaddas joylarini yoqtirmasdilar. Yahudiylar yagona to‘g‘ri topinish joyi Quddus ekanligini da’vo qilishdi, shuning uchun yahudiylar Quddusga topinish uchun Samariya orqali sayohat qilishganda, bu samariyaliklarni g‘azablantirgan. Muqaddas Kitobda aytilishicha, “Ammo Samariyaliklar Isoni qabul qilmadilar, chunki u Quddusga ketayotgan edi” (Luqo 9:53, NLT).
Nega shogirdlar samariyaliklar ustiga olovni yuborish haqida gapirishdi?
Shogirdlar Samariyaliklardan g‘azablanishdi va Xudoning hukmi ularning boshiga tushishi kerakligini his qilishdi. Lekin Iso allaqachon hammani, hatto dushmanlarini ham sevishni o‘rgatgan. U dedi: “Ey Meni tinglayotganlar, sizlarga aytyapman: dushmanlaringizni yaxshi ko‘ringlar! Sizdan nafratlanganlarga yaxshilik qilinglar. Sizlarga la’nat aytganlarni duo qilinglar. Sizga ozor berganlar uchun ibodat qilinglar”(Luqo 6:27-28, NLT).
Nega kaltaklangan odamni belbog‘ bog‘lagan holda ko‘rsatdingiz?
Biz Iso aytgan masalni tasvirlashda tarixiy jihatdan aniq bo‘lishni xohladik. U shunday dedi: “Bir odam Quddusdan Yerixoga borayotgan ekan, qaroqchilar qo‘liga tushib qolibdi. Qaroqchilar uning kiyimlarini yechib olib, kaltaklab, chalajon qilib tashlab ketibdilar” (Luqo 10:30, NLT). Bu o‘sha sayohatchining yordamga qanchalik muhtojligini ochib beradi. Qaroqchilar nafaqat uning pulini, balki ustki kiyimini ham olib ketishgan. Yordam va kiyim bo‘lmasa, u kunduzi quyosh issig‘ida, kechasi esa sovuqda qolar edi.
Nega ikkinchi yahudiy (Levit - ruhoniy) kaltaklangan sayohatchiga yordam bermadi?
Yahudiylar ma’badida yordamchi bo‘lgan ruhoniy, sayohatchini o‘lgan deb o‘ylagan bo‘lishi mumkin va u o‘lik bilan bog‘lanib qolishni istamagan.
Nega Samariyalik sayohatchiga yordam berdi?
Samariyalik uning nochor ahvolini ko‘rib achindi.
Bobil Minorasi va Hosil Bayrami Kuni
Bobil Minorasining g‘ishtlari nimadan yasalgan?
G‘ishtlar loydan yasalgan bo‘lib, ular shaklga solinar va pechlarda toblashardi. Muqaddas Kitobda yozilishicha, Bobildagilar bir-birlariga: “Kelinglar, g‘isht quyib, yaxshilab pishiraylik”, dedilar. (Bu hududda tosh o‘rniga g‘ishtdan, qorishma uchun qora saqichdan foydalanishgan.)” (Ibtido 11:3, NLT).
Ular qay tarzda asfaltni olishgan?
Asfalt, shuningdek, bitum deb nomlanuvchi, ba’zida tabiiy ravishda paydo bo‘ladigan yoki neft va boshqa tabiiy moddalarni issiqlik bilan qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan smola (qatron)ga o‘xshash modda.
Nega farishtalarning Bobil Minorasiga tushganlarini ko‘rsatdingiz, holbuki, Muqaddas Kitobda Rabbiy tushgani haqida yozilgan: “Odamlar qurayotgan shaharni va minorani ko‘rish uchun Egamiz pastga tushdi” (Ibtido 11:5, NLT)?
Yuqoridagi oyatdan tashqari, Muqaddas Kitobda Rabbiyning shunday degani ham yozilgan: “Qani, pastga tushaylik-da, ularning tilini aralashtirib yuboraylik. Toki birining gapini ikkinchisi tushunolmay qolsin” (Ibtido 11:7, NLT). Bu shuni anglatadiki, Xudo Bobilga tushganida yolg‘iz emas edi. Biz Xudoning huzurini osmondan taralayotgan ilohiy nur ko‘rinishida tasvirlash uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik. Bundan tashqari, agar Xudoning har joyda hozir ekanligini nazarda tutsak, Uni hatto ko‘rmagan bo‘lsalar ham U hamisha o‘sha yerda bo‘lgan.
Gizmoning skanerlashi shuni ko‘rsatdiki, Superkitob ularni Shinar yurtiga olib ketgan, lekin Shinar qayerda joylashgan?
Shinar buyuk Bobil shahri joylashgan qadimiy yurt edi. Shinar yurti hozirgi Iroq janubining bir qismi bo‘lgan tekislikda joylashgan edi.
Bobil Minorasidagi odamlarning og‘ziga tushgan kichik aylanali olovlar nimani ifodalagan?
Biz Xudo odamlarning tilini mo‘jizaviy tarzda chalkashtirib yuborganini tasvirlash uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik. Muqaddas Kitobda Rabbiyning shunday degani yozilgan: “Qani, pastga tushaylik-da, ularning tillarini aralashtirib yuboraylik. Toki birining gapini ikkinchisi tushunolmay qolsin” (Ibtido 11:7, NLT). Shuningdek, biz Bobildagi voqealar va undan yuzlab yillar keyingi Hosil bayrami kuni o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatish uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik. Turli tillar Bobilda chalkashlik va tarqoqlikni keltirib chiqargan bo‘lsa-da, Muqaddas Ruh Hosil bayramida odamlarni birlashtirish va Xudoning Shohligiga olib kelish uchun turli tillar orqali ishladi.
Odamlar og‘zilariga olov tushganidan keyin qaysi tillarda gaplashishgan?
Biz turli qadimiy tillarni ifodalash uchun odamlar ibroniy, yunon va fors tillarida gaplashishlarini ko‘rsatdik.
Siz Isoning osmonga ko‘tarilishini ko‘rsatganingizda, nega Undagi chandiqlarni ko‘rsatmadingiz?
Muqaddas Kitobning ko‘plab tadqiqotchilari fikriga ko‘ra, Isoning bilaklarida mixning chandiqlari bo‘lgan, Uning libosi esa shu chandiqlarni berkitib turadi. Yangi Ahd Iso "qo‘llariga" mixlangani haqida gapirganda, u inglizchada "qo‘llar" so‘zidan ko‘ra kengroq ma’noga ega bo‘lgan yunoncha so‘zdan foydalanadi. Yunoncha so‘z panja, kaft va bilakni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, tarixchilar Rim askarlari odamlarni xochga mixlaganlarida, mixlarni kaftlar yoki bilaklarga urishganini aniqladilar. (Agar Isoni kaftlariga mixlashganida edi, askarlar ham Uning qo‘llarini arqon bilan xochga bog‘lagan bo‘lishardi.) Demak, Isoni biz Uning kaftlari yoki bilaklari deb ataydigan tana qismiga mixlagan bo‘lishlari mumkin. Nima bo‘lganda ham, U gunohlarimiz evaziga o‘lgani uchun Najotkorimizga qachon rahmat aytishimiz mumkin?
Imonlilar ibodat qilish uchun xonaga yig‘ilganda, nega derazalar yopiq edi?
Imonlilar hali Muqaddas Ruh tomonidan kuchga ega bo‘lmaganlari uchun, ular imonsizlarning eshitishidan va quvg‘in qilishlaridan qo‘rqishardi.
Imonlilar ibodat vaqtida qanday qo‘shiq kuylashardi?
Ular Zabur 150:6 ni kuylashardi: “kol hanneshamah tehallel yah halelu-yah”. Bu oyat o‘zbek tilida shunday chorlaydi: “EGAMIZga hamdu sano ayting, Ey jamiki tirik jonzotlar. EGAMIZga hamdu sanolar bo‘lsin”.
Xonadagi yaltirab turgan oq bulut nima edi va imonlilarning boshi uzra ko‘ringan mayda oq alangalar nimani ifodalaydi?
Biz Muqaddas Ruhning aniq huzurini yorqin oq bulut va alanga orqali tasvirlash uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik. Biz poklikni ramziy qilish, Muqaddas Ruhning ilohiy va sof tabiatini ta’kidlash uchun bulut va alangani oq rangda tasvirladik. Muqaddas Kitob bizga shunday deydi: “Hosil bayrami kuni kelganda, hamma imonlilar bir joyda yig‘ildilar. Birdan osmondan shiddatli shamol esganga o‘xshash ovoz kelib, ular o‘tirgan uyning ichini to‘ldirdi. Ular til shaklidagi alangani ko‘rdilar. O‘sha alanga yoyilib, har birining ustiga tushdi. Shunda hammalari Muqaddas Ruhga to‘ldilar, Muqaddas Ruh bergan qobiliyatga ko‘ra, ular boshqa tillarda gapira boshladilar” (Havoriylar 2:1-4).
Tashqaridagi odamlar shamol va qo‘ng‘iroqlarning qanday tovushini va ovozni eshitishdi?
Biz Muqaddas Ruh qanday qilib g‘ayritabiiy tarzda tashqaridagi odamlarga, derazalar yopiq bo‘lsa ham, xona ichida ibodat qilayotganlarni eshitishga imkon berganini tasvirlash uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik. Bundan tashqari, shamol Muqaddas Ruhning ramzi hisoblanadi. Muqaddas Kitobda aytilishicha, Muqaddas Ruh imonlilar ibodat qilayotgan joyga kelganida, "Birdan osmondan shiddatli shamol esganga o‘xshash ovoz kelib, ular o‘tirgan uyning ichini to‘ldirdi" (Havoriylar 2:2).
Is’hoq va Rivqo
Nega Soraning o‘limini kiritdingiz? Buning Is’hoq va Rivqo o‘rtasidagi nikohga qanday aloqasi bor?
Bu epizodda Soraning o‘limi Xudoning ko‘p yillar oldin Ibrohimga bergan va’dasini eslatadi. Bu va’daga ko‘ra, Ibrohimning o‘g‘li Is’hoq orqali ko‘plab avlodlar dunyoga keladi. Lekin Is’hoq hali uylanmagan edi, shuning uchun Ibrohim Is’hoqqa xotin topish vaqti kelganini bilgandi.
Bundan tashqari, Rivqo Soraning o‘limi tufayli Is’hoq boshiga tushgan qayg‘uni yengillashtirib, tasalli berdi. Muqaddas Kitob bizga shunday deydi: “Shunday qilib, Is’hoq Rivqoni onasi Sora yashagan chodirga olib keldi. U Rivqoga uylandi. Is’hoq uni juda sevardi. Shu tariqa Is’hoq onasining o‘limidan so‘ng tasalli topdi” (Ibtido 24:67, NLT).
Nega Soraning jasadini ko‘rsatdingiz?
Biz bu ko‘rinish bolalarga Soraning vafotini hamda Ibrohim va Is’hoqning chuqur qayg‘usini tushunishlariga yordam berishini his qildik.
Nega ular Soraning jasadini stol ustiga qo‘yishdi?
Bunda Ibrohim qabr uchun yer sotib olmaguncha, Soraga sevgi va hurmatini ko‘rsatishning o‘ziga xos usuli ifodalangan.
Nega Ibrohim Is’hoqqa Kan’ondan xotin olmasligini aytdi?
Ibrohim davrida qo‘y yoki poda boqib yurgan qabilalarda o‘g‘ilning o‘z qabilasidan bo‘lgan qizga uylanishi odat edi. Bundan tashqari, Ibrohim o‘g‘lining Kan’on xudolariga ishongan ayolga uylanishini istamadi, chunki bunday xotin Ibrohim bilan gaplashgan va unga yulduzlardek ko‘p avlodlarni va’da qilgan haqiqiy Xudoga nisbatan Is’hoqning sadoqatini asta-sekin susaytirishi mumkin edi.
Nega Ibrohim o‘z xizmatkoriga Is’hoqni Ibrohimning ona yurtiga – qarindoshlarining uyiga olib bormaslikni aytdi?
Xudo Ibrohimga Kan’on yurtini va’da qilgan edi, shuning uchun Ibrohim Is’hoqning shu yurtda qolishini xohladi.
Nima uchun Kris, Djoy va Gizmoning bosh kiyim kiyishgan, Eliazar esa yo‘q?
Kris, Djoy va Gizmo cho‘l quyoshining kuchli jaziramasiga o‘rganmagan, bosh kiyimlari esa bosh va bo‘yinlarini haddan tashqari qizib ketishi hamda quyosh kuydirishidan himoya qilgan. Ba’zi erkaklar bosh kiyim kiyishgan, ammo bu ular uchun ixtiyoriy edi. Ayollar boshlarini o‘rashgan, chunki urf-odatga ko‘ra ular odob-hayoni saqlash uchun sochlarini berkitishlari lozim edi.
Nima uchun Rivqo ziyofat oldidan Kris, Djoy va Gizmoga oyoqlarini yuvishlari uchun idishda suv olib keldi?
Yaqin Sharqda odamlar odatda sandal kiyishgan. Ular quruq va changli yerda yurganlari bois oyoqlari chang bilan qoplanardi. Shuning uchun, ovqatlanishdan oldin oyoqlarini yuvish odat tusiga kirgan, qolaversa, odamlar stullarda emas, balki ko‘rpalar yoki bo‘yralarda o‘tirishgan. Bundan tashqari, mezbonlar mehmonlarga iltifot sifatida suv berishlari kerak edi.
Nima uchun Rivqo Is’hoq bilan uchrashganida yuzini berkitdi?
Ushbu madaniyatda ayol notanish odamning yonida bo‘lsa, yuzini yopish odat edi. Bundan tashqari, u Is’hoqning xotini bo‘lishi kerakligi sababli, u unga hurmat va itoatkorlik ko‘rsatdi.
Shomuil
Barcha tushlarda ilohiy xabar bormi?
Muqaddas Kitobda aytilishicha, Xudo kimdir bilan tush orqali gaplashishi mumkin. Misol uchun, Iso tug‘ilgandan so‘ng, Yusufning tushida bir farishta u bilan gaplashdi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Munajjimlar ketganlaridan keyin, Egamizning bir farishtasi Yusufga tushida zohir bo‘lib dedi: “Tur! Bola bilan onasini olib, Misrga qoch. Chunki Hirod Bolani topib, o‘ldirmoqchi. Men senga aytmagunimcha, Misrda qol” (Matto 2:13, NLT). Boshqa tomondan, biz barcha tushlarda Xudodan kelgan xabar borligiga ishonmaymiz. Tushlar haqida gap ketganda, odamlar ehtiyotkor bo‘lishlari, ibodat qilishlari va ruhiy zakovatni qo‘llashlari kerak.
Nega Xudoga go‘sht qurbonligi kerak edi?
Kimdir Xudoga eng yaxshi taomlarning a’losini taklif qilganda, bu o‘z hayotida Uni yuksak o‘ringa qo‘yishi va ulug‘lashining bir usuli edi. Qadimgi Ahd davrida hayvonlarni qurbonlik qilish bashorat marosimi hisoblangan, chunki odamlar begunoh Iso xochda o‘lganida gunohlarimiz uchun mukammal qurbonlik bo‘lishini kutishgan. Iso biz uchun oliy qurbonlik bo‘lgandan keyin, hayvonlarni qurbonlik qilishga ehtiyoj qolmadi.
Nega Elax o‘z o‘g‘illarini noto‘g‘ri ishlar qilishdan qaytarmadi?
Elax o‘g‘illariga to‘xtashlarini buyurdi va Xudoga qarshi gunoh qilayotganlari haqida ogohlantirdi. O‘g‘illar unga itoat qilmaganlarida, hoynahoy, Elax ularni tarbiyalash yoki ta’sir o‘tkazish uchun qattiq choralar ko‘rmaganga o‘xshaydi.
Ahd Sandig‘i ustidagi tillarang nurlar nimani ifoda etgan?
Biz Sandiqda nurlanib turgan Xudoning ulug‘vorligini tasvirlash uchun badiiy yondashuvdan foydalandik.
Nega Iso yarim shaffof vujudda Shomuilga namoyon bo‘lganini ko‘rsatdingiz?
Biz yorqin ulug‘vor va ruhiy shaklda namoyon bo‘lgan Iso orqali Shomuil bilan gaplashgan Xudoni ko‘rsatish uchun badiiy yondashuvdan foydalandik.
Egamiz yosh Shomuilga Elax va uning o‘g‘illari haqida gapirganda, xalqning quloqlari jaranglaydi, deb nimani nazarda tutgan?
Bu nutq shakli bo‘lib, halqlar dastlabki xabardan keyin ham hayratda qoldiradigan yangiliklarni eshitishlarini anglatadi. Yangi Jonli Tarjima (NLT)da bu shunday yozilgan: “Shunda Egamiz Shomuilga dedi: “Men Isroilda shunday bir ish qilmoqchimanki, eshitganning boshidan hushi uchadi” (1 Shohlar 3:11, NLT).
Shomuil balog‘at yoshida Isroil xalqining himoyasiga chiqqanida, filistlarga qanday kuchli to‘lqinlar yopirildi?
Biz Xudoning ovozi osmondan yangraganida, turli fizik effektlarni qo‘shdik. Shu bois, Xudoning ulkan kuch bilan gapirayotganini ko‘rsatish uchun badiiy yondashuvdan foydalandik, bu esa audio zarba to‘lqinlarini yaratdi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Shomuil kuydiriladigan qurbonlikni ado etayotgan edi, Filistlar Isroil lashkariga hujum qilmoqchi bo‘lib yaqin keldilar. Ammo o‘sha zahoti Egamiz vahimali ovoz chiqarib, Filistlarni shunday sarosimaga soldiki, oqibatda ular Isroil lashkariga mag‘lub bo‘ldi” (1 Shohlar 7:10, NLT).
Dovud va Shoul
Nega Shomuil Omolek xalqini “gunohkorlar” deb atadi?
Isroilliklar Omolek xalqidan ularning yurti orqali bemalol o‘tish uchun ruxsat so‘raganidan keyin omoleklar dushmanlik va shafqatsizlik bilan harakat qilishdi. Isroilliklarga mehmondo‘stlik yoki hatto yaxshi munosabatda bo‘lish o‘rniga, Omalek xalqi safardan charchagan Isroilliklarga hujum qilishdi, madorsiz va orqada qolganlarning ko‘pini o‘ldirishdi (Qonunlar 25:18).
Nega Xudo Omolek xalqini butunlay yo‘q qilishni buyurdi?
Omolek xalqi Isroilliklarning eng zaiflariga hujum qilib, o‘ldirgani bois Xudo hukm chiqarish uchun shu vaqtni tanladi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Sarvari Olam shunday aytmoqda: Isroil xalqiga qilgan yovuzliklari uchun Omolek xalqini jazolayman. Chunki Isroil xalqi Misrdan chiqayotganda, Omolek xalqi ularning yo‘lini to‘sib qo‘ygan edilar” (1 Shohlar 15:2). Biz Omolek xalqi yana qanday yomonliklar qilganini bilmaymiz, lekin Xudo odil hakamdir va U nimaiki qilmasin, barchasi muqaddas va to‘g‘ridir, hattoki biz buni to‘liq tushunmasak ham.
Shomuil Xudo Isroil shohligini yaxshiroq odamga bermoqchi ekanligini aytdi. Dovud nimasi bilan Shouldan yaxshiroq edi?
Muqaddas Kitobda aytilishicha, Dovud Xudoning yuragiga mos odam bo‘lgan. Boshqacha aytganda, Dovud Xudoni rozi qilishni va Unga itoat etishni xohladi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Xudo Shoulni taxtdan tushirganidan keyin, Dovudni Isroil xalqining shohi qildi Xudo u haqda shunday degan edi: «Essay o‘g‘li Dovudni O‘zimning ko‘nglimga mos deb topdim. Dovud Mening hamma xohishlarimni bajo qiladi” (Havoriylar 13:22, NLT).
Nega siz shoh Shoulni qiynoqqa solayotgan qo‘rqinchli, qorong‘i, sharpadek yovuz ruhni ko‘rsatdingiz?
Muqaddas Kitobda aytilishicha, yovuz ruh Shoulni qiynagan va biz Muqaddas Kitob tarixiga nisbatan aniq bo‘lishni xohlaymiz.
Liradan taralgan va yovuz ruhni haydab yuborgan oppoq nur nima edi?
Biz liradan taralgan va yovuz ruhni haydab yuborgan Muqaddas Ruhning moylashini ko‘rsatish uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik.
Nega Dovud va uning odamlari shoh Shoulning o‘lganini eshitib, kiyimlarini yirtib tashlashdi?
Ularning urf-odatida kiyimlarni yirtish Shoul va boshqalarning o‘limi uchun qayg‘uni ifoda etishning bir usuli edi. Muqaddas Kitobda nima sodir bo‘lganligi haqida ko‘proq ma’lumot berilgan: “Dovud bu gapni eshitib, qayg‘udan kiyimlarini yirtdi. Boshqalar ham shunday qildilar. Shoul va uning o‘g‘li Yo‘natan, Egamizning lashkari – Isroil xalqidan ko‘pchiligi jangda halok bo‘lgan edilar. Shuning uchun hammalari oqshomgacha aza tutib faryod qildilar, ro‘za tutdilar” (2 Shohlar 1:11-12).
Naximiyo
Nega yahudiylar Forsga asir qilib olib ketilgan?
Yahudo xalqi ko‘p yillar davomida butlarga sig‘inish kabi ishlarni qilib, Egamizga itoatsiz bo‘lib kelgan edi. Xudo ularni O‘zining hukmi haqida ogohlantirish uchun payg‘ambarlarni yuborganidan keyin ham ular itoatsizliklarida davom etdilar. Bu hukm shu bilan yakunlandiki, Xudo boshqa xalqlarni Yahudoni zabt etishi va O‘zi ularga bergan yurtdan bu xalqni quvib chiqarish uchun yubordi. Uning hukmi oxir-oqibat bu xalqni gunohlaridan qaytishiga majbur qilishi kerak edi, shunda U bu odamlarni yana marhamatlashi mumkin edi.
Naximiyo hali Forsda bo‘lganida, u Rabbiyga ibodat qildi va Quddusda yahudiy xalqining chet ellik askarlar tomonidan asirga olinganini “ko‘rdi”. U ko‘rgan narsa xotiramidi yoki vahiymi?
Naximiyo, hoynahoy, yahudiy xalqi quvg‘inda bo‘lgan paytda Forsda tug‘ilgan, shu bois bu uning xotirasi bo‘lmagan. Ehtimol, Naximiyo Xudo yuborgan vahiyni ko‘rgan bo‘lishi mumkin yoki odamlarning o‘zidan Quddusning bosib olinishi va vayron qilingani haqidagi hikoyalarga asoslanib, uning qulashini tasavvur qilgandir.
Haqiqatan ham Quddus devorini qurish uchun ma’bad devorlariga mo‘ljallangan katta kesilgan toshlar o‘rniga, turli shakl va o‘lchamdagi toshlardan foydalanilganmi?
Ha. Shahar devorining toshlari ma’badning katta toshlariga qaraganda ancha kichikroq va noaniq shaklda edi, ammo devor qalinligi 4,5 metrgacha bo‘lib, toshlarni bir-biriga qorishma bilan birlashtirishgan. Natijada, bu kuchli va samarali himoya to‘sig‘i edi.
Elishay va Oram lashkari
Nega Ilyosni qari va zaif qilib ko‘rsatdingiz?
Muqaddas Kitobning 3 Shohlar 17-bobidan 4 Shohlar 2-bobigacha bo‘lgan voqealarida Ilyos bir necha yil davomida Rabbiyning payg‘ambari bo‘lib xizmat qilgani ko‘rsatilgan, lekin u ancha uzoq muddat payg‘ambarlik qilgan bo‘lishi mumkin. U payg‘ambarlarning turli guruhlari tomonidan tanilgan va hurmat qilinganga o‘xshaydi, bu uning buyuk moylanishidan tashqari, tajribali payg‘ambar bo‘lganligini ko‘rsatishi mumkin. Muqaddas Kitobda Ilyosning qachon tug‘ilgani va uning necha yoshda ekanligi aytilmagan, shuning uchun biz uning yoshini kattaroq qilib tasvirlash uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik.
Nega Elishay Ilyos buyurganidek, orqada qolmadi?
Elishay o‘sha kuni Egamiz Ilyosni undan tortib olishini bilar edi, shuning uchun u bilan qolishga qaror qildi. Shuningdek, Elishay xo‘jayiniga cheksiz sadoqat va xizmat ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin.
Nega Iordan daryosini bunchalik tor va qiyalama qilib ko‘rsatdingiz?
Qurg‘oqchilik mavsumida Iordan daryosi tabiiy ravishda kichrayib borardi, lekin u baribir chuqur bo‘lgandir, shu bois ko‘prik bo‘lmasa, daryoni kechib o‘tish qiyin bo‘lgan.
Nega Ilyos chakmonini daryoga urdi?
Bu suvlarning mo‘jizaviy ravishda bo‘linishini talab qiladigan bashoratli harakat edi.
Nega Elishay ikki barobar moylanishga erishish uchun Ilyosning undan tortib olganlarini ko‘rishiga to‘g‘ri keldi?
Muqaddas Kitob bizga bu haqda aniq aytmaydi, lekin bu Elishayning xohishi va qat’iyatini toblash uchun sinov bo‘lishi mumkin.
Nega arava va otlar yonayotganga o‘xshaydi?
Arava va otlar samoviy bo‘lib, g‘ayritabiiy kuchga ega edi. Bu samoviy arava bo‘lgani uchun biz uning chavandozini qanotli qudratli farishta sifatida tasvirladik.
Chakmon va moylanish o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
Chakmonda hech qanday sehr yo‘q edi; ammo, bu Ilyos va Elishay orqali harakat qilgan Xudo qudratining ramzi edi.
Payg‘ambarlar “Elishayda Ilyosning ruhi bor” deganlarida nimani nazarda tutishgan?
Ular Ilyosda bo‘lgan Xudoning qudrati endi Elishay bilan buyuk mo‘jizalar yaratishini nazarda tutishgan.
Nega Elishay tayoqni suvga tashladi?
Bu Elishayning imonli harakati bo‘lib, odamlarga boltani qaytarish uchun Xudoning mo‘jiza ko‘rsatishiga ishongan.
Elishay: “Ilyosning Xudosi EGAMIZ qayerda?” deganida nega unga Xudoning muqaddas ismini, ya’ni “Yahve”ni ishlatishga undamadingiz?
Garchi asl ibroniycha matnda Xudoning tabarruk ismi Yahve ishlatilgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik inglizcha tarjimalarda “Rabbiy” deb tarjima qilingan. Bu yahudiylarning Xudo ismini behuda ishlatmaslik uchun talaffuz qilmaslik an’anasiga muvofiq keladi.
Qanday qilib Djoy o‘z mobil telefonini Superkitob sarguzashtiga olib bordi? Nahotki, Superkitob Kris va Djoyga texnik qurilmalarni olib yurishiga xalaqit bermasa?
Garchi Kris va Djoy avval texnik qurilmalarni o‘z vaqtida qaytarib olmagan bo‘lsalar ham, bu safar ruxsat berildi, chunki Djoyning uyali telefoni qizaloq duch kelgan dilemmaning muhim qismi edi.
Nega Elishay Djoy qo‘lida ushlab turgan yorqin va shaffof uyali telefon haqida hech narsa demadi?
Superkitob ishlab chiqaruvchilari Elishay g‘alati qurilmani payqamasligi, shuningdek, odamlar robot Gizmoning mavjudligini, uning kim yoki nima ekanligi haqida savol bermasdan, qabul qilishlari uchun badiiy yondashuvdan foydalandilar. Bu esa mayda tafsilotlarga berilmasdan asosiy syujet voqealariga e’tibor qaratishni davom ettirishga imkon beradi.
“Oramliklar” o‘rniga “Oramiylar” atamasini ishlatishingiz shartmi?
Muqaddas Kitobning ba’zi versiyalarida “Oramliklar”, boshqalarida esa “Oramiylar” atamasidan foydalanilgan. “Oramliklar” atamasi Elishayning davriga mos keladi.
Shoh Sulaymon
Professor Kvantumning mashhur ixtirosi nima deb ataladi va nima uchun juda muhim?
Bu Magnitli Girokondensatorda Quvvatni Barqarorlashtiruvchi Sistema bo‘lib, MagSys nomi bilan ham tanilgan. Professor Kvantum buni o‘z tadqiqotlarining muhim toshi deb atadi. Bu unga boshqa ixtirolarining aksariyatini amalga oshirishga imkon beradi.
Bunda biz Xudo Shohligining kuchli qoidasini ko‘ramiz: agar siz mas’uliyatli bo‘lsangiz va Xudo bergan tushuncha va qobiliyatdan to‘g‘ri foydalansangiz, U sizga ko‘proq beradi. Iso o‘rgatgan: “Chunki kimda bor bo‘lsa, unga yana beriladi va u mo‘l-ko‘lchilikda yashaydi. Kimda yo‘q bo‘lsa, hatto bori ham tortib olinadi» (Matto 25:29, NLT).
Nega Gizmoni chaqmoq urganida uning ichida qo‘rqinchli mexanik skeletni ko‘rsatdingiz?
Biz chaqmoq Gizmoning tashqi metall korpusiga kirib, uning elektronikasiga ta’sir qilganini ko‘rsatish uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik.
Nega uning o‘zini elektr toki ursa ham, Gizmo buni shu yaqin atrofda yuz berdi deb o‘yladi?
Chaqmoq urishi allaqachon uning elektronikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan, shuning uchun u aslida nima bo‘lganidan bexabar edi.
Shoh Dovud hamma odamlar borishi kerak bo‘lgan qayerga ketayotgan edi?
Shoh Dovud o‘zining yaqinlashib kelayotgan o‘limiga ishora qilish uchun majoz ishlatgan. Biz masihiylar sifatida tananing o‘lishi bilan hayot tugamasligini bilamiz, chunki insonning ruhi va qalbi yashashda davom etadi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Inson zoti bir marta o‘ladi, so‘ng Xudo tomonidan hukm qilinadi. Shu singari, Masih ham ko‘plarning gunohlarini O‘z bo‘yniga olish uchun bir marta qurbon bo‘lib, o‘ldi. Bu dunyoga U qaytib keladi. Bu safar U gunohlarni yuvish uchun emas, balki Uni intizorlik bilan kutayotgan odamlarga najot berish uchun keladi” (Ibroniylarga 9:27-28, NLT).
Saroydagi stol ustida qanday chiroq bor edi?
Iso davrida moyli chiroqlar odatda tunda yorug‘lik berish uchun ishlatilgan. Chiroqda odatda zaytun moyi bo‘lib, uning yonib turishi uchun pilik chiqib turardi.
Nega Gizmo o‘zini juda g‘alati tutdi?
U chaqmoq urganidan keyin ta’mirlanishga muhtoj edi.
Nega Sulaymon o‘zini juda yosh desa-da, uni tushida katta yoshli odam sifatida ko‘rsatdingiz? U tush ko‘rganida men uni bola deb o‘yladim.
Ko‘p yillik bilim va tajriba to‘plagan shoh Dovud bilan solishtirganda, Sulaymon o‘zini juda yosh va tajribasiz his qildi. Muqaddas Kitobning ba’zi boshqa tarjimalarida Sulaymon o‘zining shunchaki bola (NKJV) yoki go‘dak kabi (NLT) bo‘lganligini aytadi, lekin biz ushbu oyat uchun zamonaviy o‘zbekcha tarjimadan foydalanishni tanladik: “Ey EGAM Xudo, endi bu qulingni otam Dovud o‘rniga shoh qilding. Men esa bir yosh boladayman, ko‘p narsaga aqlim yetmaydi, nima qilishimni ham bilmayman” (3 Shohlar 3:7).
Shoh Sulaymon va keyin Kris donolik so‘rab ibodat qilganlarida ularni qanday tillarang yog‘du qoplab oldi?
Biz Muqaddas Ruhning ularga donolik berganini tasvirlash uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik.
Muqaddas Kitobda Muqaddas Ruh va donolik ko‘pincha bir-biriga bog‘langan. Masalan, Havoriylar kitobida shunday deyilgan: “Birodarlar, orangizdan yetti kishini tanlanglar. Ular obro‘-e’tiborga ega, Muqaddas Ruhga va donolikka to‘lib-toshgan bo‘lsin. Ularni bu xizmatga tayin etaylik” (Havoriylar 6:3, NLT). Yana shunday deyilgan: “Muqaddas Ruh Stefanga ko‘p donolik berdi, shuning uchun ular Stefanning gaplarini inkor qila olmadilar” (Havoriylar 6:10, NLT). Bundan tashqari, Havoriy Pavlus shunday deb yozgan edi: “Biz bular haqida gapirganimizda insoniy donolik bilan gapirmaymiz. Balki Muqaddas Ruh o‘rgatayotgan so‘zlar bilan ruhiy haqiqatni talqin qilamiz” (1 Korinfliklarga 2:13, NLT).
Navuxadnazarning Tushi
Navuxadnazar qaysi ilohga sajda qilardi?
U Bobil xudolarini ifodalovchi butlarga sajda qilardi. U butlardan yolvorib yordam so‘radi, lekin hech qanday yordam kelmadi, chunki ular soxta xudolardir.
Bobilliklarning xudolari ko‘p bo‘lib, naq 13 ta edi; garchi butlar mohir hunarmandlar tomonidan ulkan qilib yaratilgan bo‘lsa-da, baribir shunchaki jonsiz butlar edi. Havoriy Pavlus tushuntirgan: “Biz shuni bilamizki, dunyoda but hech narsa emas, birgina Xudodan boshqa Xudo yo‘q” (1 Korinfliklarga 8:4 NLT).
Mixxat nima?
Mixxat yozuv tizimi bo‘lib, unda pishirilgan loy lavhaga yoki shunga o‘xshash materialga stilus bilan o‘yiq belgilar tushiriladi.
Bobil nima?
Bobil qadimgi Bobilning (Bobil shohligi) poytaxti edi. Bobil hozirgi Iroq hududidagi Furot daryosida joylashgan edi.
Nima uchun munajjimlar yulduzlar bilan maslahatlashishdi?
Muqaddas Kitobda aytilishicha, dastlab Doniyor va uning do‘stlariga shohning chaqiruvi va tushining ta’birini talab qilgani haqida xabar berilmagan. Muqaddas Kitobda shohning farmonidan keyin nima sodir bo‘lganligi aytiladi: "Farmon e’lon qilindi. Saroy maslahatchilari qatl qilinish arafasida edi. Doniyor va uning o‘rtoqlari ham qatl qilinishlari kerak edi" (Doniyor 2:13 NLT).
Nega Kris Gizmoni munajjimlardek kiyintirdi?
U buni chalg‘itish uchun, ya’ni Gizmo soqchilarni chalg‘itishi kerak bo‘lgani uchun qildi, shunda u Djoy bilan birgalikda Doniyor va uning do‘stlarini ogohlantirishi mumkin edi.
Nega Doniyor ibodat qilishdan oldin derazani ochdi?
Quddus tomondagi derazalarni ochib ibodat qilish Doniyorning odati edi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Doniyor farmon imzolanganini bila turib uyiga bordi. Boloxonasiga chiqib, har doim qilganiday, kuniga uch mahal tiz cho‘kib Xudoga iltijo qildi. Uni madh etib ulug‘ladi. Boloxonaning derazalari esa Quddus tomon ochilgan edi” (Doniyor 6:10 NLT).
Nega Djoy derazaga qarab ibodat qildi?
U ochiq deraza oldida Doniyorning ibodatiga ergashdi. Biroq, deraza oldida ibodat qilish umuman shart emas. Biz xohlagan joyda ibodat qilishimiz mumkin va Xudo bizni eshitadi. Bundan tashqari, biz tik turib, tiz cho‘kib, o‘tirib yoki hatto yotib ham ibodat qilishimiz mumkin. Xudo uchun yuraklarimizning munosabati muhim. Bir kuni Xudo Shomuil payg‘ambarga shunday degan: “Uning chiroyi va qomatdorligiga qarama. Men uni rad etdim, chunki Men insonlarday emasman. Insonlar tashqi ko‘rinishiga qaraydi. Men esa diliga qarayman" (1 Shohlar 16:7).
Lazar
Nega Martaning uyidagi sahnada Iso “har narsaga qodir” dedi?
Garchi Iso buni Martaning uyida aytgani qayd etilmagan bo‘lsa-da, ehtimol, U shunday degan bo‘lishi mumkin. Muqaddas Kitobda Isoning shu so‘zlari yozilgan: “Agar odam ishonsa, hamma narsaning imkoni bor” (Mark 9:23). U shaharma-shahar sayohat qilib, turli odamlar bilan gaplashganida bu kabi muhim ruhiy haqiqatlarni bir necha marta o‘rgatgan bo‘lishi mumkin, shuning uchun Martaning uyida ham bu gapni aytishi mumkin edi. Bundan tashqari, bu misra epizodda keyinroq sodir bo‘lgan hayratomuz mo‘jizaga juda mos keladi.
Lazarning uyida Iso Martaga juda urinib tashvishlanayotgani va Maryam to‘g‘ri yo‘l tutganini aytganida, nega Marta Maryamning yonida o‘tirganini ko‘rsatdingiz?
Biz sahnani Luqo 10:38-42 boblarida yozilganiga mos va tabiiy yakunlash uchun badiiy yondashuvdan foydalandik. Iso Martaga Uning ta’limotini tinglash hammasidan afzalroq ekanini tushuntirgandan so‘ng, harholda, Uning so‘zlari ayolning yuragiga ta’sir qilgan va u davradagi boshqalarga qo‘shilgan.
Nega Iso Lazar uxlab yotganini aytdi?
U biror qattiq va aniq ifoda o‘rniga yumshoqroq ifodalaydigan, evfemizm deb ataladigan nutq shaklini ishlatgan. Bu holatda, Iso Lazarning o‘lganini ochiq aytish o‘rniga, buni "uyqu" deb atadi.
Isoning “uyqu” atamasini qo‘llagani haqida Muqaddas Kitobda aytilgan: “Bu so‘zlarni aytib bo‘lib, ularga yana dedi: “Do‘stimiz Lazar uxlab qoldi. Men uni uyg‘otgani ketyapman. — Hazrat, agar uxlayotgan bo‘lsa, tuzalib ketadi, - dedi shogirdlari! Iso Lazarning o‘limini nazarda tutgan edi. Shogirdlar esa Iso odatdagi uyqu to‘g‘risida gapirdi, deb o‘yladilar. Keyin Iso ularga ochig‘ini aytdi: “Lazar vafot etdi” (Yuhanno 11:11–14).
Djoy, Iso Lazarning o‘lmasligini aytdi, deb o‘yladi. Iso haqiqatan ham shunday deganmi?
Iso Lazarning o‘lmasligini aytmagan. Buning o‘rniga, Lazarning hozirgi vaziyatdagi oxirgi holati o‘lim bo‘lmasligini ta’kidladi. U shunday degan: “Bu kasallik o‘lim bilan yakunlanmaydi” (Yuhanno 11:4). Boshqacha aytganda, Lazar hozir o‘lik holida qolmaydi. (Ammo bu Lazarning o‘lmaganini va keyinchalik jannatga tushmaganligini anglatmaydi.)
Nega Isoning ko‘zlari yoshlandi?
U qayg‘u chekayotganlarga hamdard edi. Iso ko‘pincha jafo chekkan odamlarga hamdard bo‘lgan va keyin mo‘jizaviy tarzda ularning azoblanishini to‘xtatish uchun nimadir qilgan (Mat. 14:14, Luqo 7:13-15).
Muqaddas Kitobda Isoning ko‘zlaridan duv-duv yosh oqqani aytilgan ekan (Yuhanno 11:35), nega unda Isoning yig‘layotganini ko‘rsatmadingiz?
Asl yunonchadagi "Iso yig‘ladi" so‘zlari Isoning jimgina ko‘z yoshlar to‘kkanini anglatadi. Shuning uchun biz Uni ko‘zlarida yosh bilan ko‘rsatdik.
Nima uchun Iso o‘sha yerga borishdan oldin Lazarning o‘limini kutdi?
Iso Xudoning irodasini bajarish uchun doimo Muqaddas Ruh tomonidan boshqarilgan (Yuhanno 5:19). Bu holatda, Xudoning irodasi Lazarni kasallikdan shifolash emas, balki uni o‘limdan tiriltirish edi. Shu tariqa, ko‘pchilikning imoni yanada oshdi. Iso dedi: “Lazar vafot etdi. Men uning yonida bo‘lmaganimdan xursandman, chunki bu vaziyat sizlarning ishonishingizga imkon beradi. Qani, endi uning oldiga boraylik” (Yuhanno 11:14–15).
Nega Iso borib, Lazarni tiriltirish uchun ko‘p vaqt kutdi? Lazarning qabrda to‘rt kun yotishining ahamiyati bormi?
Ko‘pgina yahudiylar, agar kimdir uch kun davomida o‘lgan bo‘lsa, uning tirilishiga mutlaqo umid yo‘q deb ishonishgan. Lazar o‘lganiga to‘rt kun bo‘lgani uchun xalq uning tirilishidan umidini uzdi. Biroq, bu vaziyat Isoga bundan ham buyukroq mo‘jiza ko‘rsatish imkoniyatini berdi!
Butrus va Korniliy
Qaysariya shahri qayerda?
U Quddusning shimoli-g‘arbida va O‘rta yer dengizi bo‘yidagi Yahudiya sohilida joylashgan.
Nega Qaysariya shahri devorlar bilan o‘ralgan?
Qadim zamonlarda ko‘plab shaharlarda o‘z fuqarolarini bosqinchi qo‘shinlar yoki xavfli jinoyatchilar va hayvonlardan himoya qilish uchun devorlar qurilgan. Misol uchun, Sahroda 13:19-20 da Muso va’da qilingan yurtga ayg‘oqchilik qilish uchun o‘n ikki kishini yuborganida, ularga ko‘rsatma berdi: “U yerlar qanday joy, u yerda yashayotgan xalq kuchlimi yoki zaifmi, ko‘pmi yoki ozmi, Yurti yaxshimi yoki yomonmi, Shaharlari devor bilan o‘ralganmi yoki yo‘qmi?” Qirq yil o‘tgach, isroilliklar Yerixo shahrini bosib olish to‘g‘risidagi Xudoning ko‘rsatmasiga bo‘ysunishganda, Xudo mo‘jizaviy tarzda shahar devorlarini buzib tashladi: “Xalq burg‘u tovushini eshitishi bilanoq baland ovoz bilan baqirgan edi, butun shahar devorlari qulab tushdi. Isroil jangchilari turgan joylaridan to‘g‘ri shaharga kirib, unga hujum qilishdi. Isroil jangchilari shaharni qo‘lga kiritishdi” (Yoshua 6:20). Ushbu buyuk g‘alaba bilan bog‘liq voqealar Superkitobning "Rahoba va Yerixo devorlari" epizodida tasvirlangan.
Nega Korniliy farishtani “hazrat” deb atagan? Axir, bu Isoning unvoni emasmi?
Iso bizning ilohiy Rabbimiz va Xudoning O‘g‘lidir. Boshqa tomondan, "hazrat" so‘zi o‘sha paytda turli xil ma’nolarni anglatishi mumkin edi. Ba’zida "hazrat" shunchaki nufuzli unvon bo‘lishi mumkin. Shu sababdan, Korniliy farishtaga "hazrat" deb murojaat qilgan bo‘lishi mumkin.
Farishtaning ismi nima?
Muqaddas Kitob bizga farishtaning ismini aytmaydi (Havoriylar 10: 1-8) shu bois biz unga ism bermadik.
Yaffa qayerda edi?
Yaffa O‘rta yer dengizi sohilida, Quddusning sharqida va Qaysariyaning janubida joylashgan edi. Bu Yahudiyaning yirik dengiz porti edi. Bugungi kunda uning nomi Yaffa bo‘lib, u Isroildagi Tel-Avivning janubiy qismini o‘z ichiga oladi.
Ular hayron bo‘lishdi, chunki Krisning onasi Fibi Kvantum Superkitobning avvalgi sarguzashtlarida ishtirok etgan bo‘lsa-da, keyinchalik buni eslay olmadi. Bu Butrus va Korniliy davrida, Yunus payg‘ambar Yaffa portiga qochib ketgan zamondagi «U Tirildi!» epizodida ko‘rsatilgan. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Yunus yo‘lga tushdi, lekin Egamizdan qochib boshqa tomonga ketmoqchi bo‘ldi. U Yaffaga kelib, u yerda Tarshishga boradigan kemani topdi. Yo‘l haqini to‘ladi-da, Egamizdan qochib Tarshishga suzib ketgani kemachilar bilan kemaga chiqdi» (Yunus 1:3).
Kris qanday qilib Butrusning vahiysini ko‘ra oldi?
Biz vahiyni Butrus va Krisga ko‘rinadigan qilish uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik.
Nega ba’zi hayvonlar “harom” deb hisoblangan?
Hayvonlarni “halol” va “harom”ga bo‘linishining asosiy sababi, Isroilni muqaddas bo‘lishga o‘rgatish, ya’ni yagona haqiqiy Xudoga sodiqligi va itoatkorligi bilan boshqa xalqlardan ajralib turishni bildirishi mumkin. Shuningdek, gigiyena va salomatlikni qo‘llab-quvvatlash ham nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.
Zal nazoratchisining ismi va millati nima?
Uning ismi Jia Vey va u Xitoylik.
Korniliyning uyiga tushayotgan quyuq tuman nimani ifodalagan va g‘ayriyahudiylarni qanday nur qamrab turgandi?
Biz g‘ayriyahudiylar Isoga ishonganlarida Muqaddas Ruhning ularga tushishini aniq tasvirlash uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik. Muqaddas Kitobda aytilishicha, Butrus g‘ayriyahudiylarga Iso haqida gapirganda, Muqaddas Ruh ularning ustiga tushdi: “Butrus hamon gapirar ekan, uning so‘zlarini eshitayotganlarni Muqaddas Ruh qamrab oldi” (Havoriylar 10:44).
Nega shogirdlar Ota va Muqaddas Ruh nomi bilan emas, balki Iso nomi bilan suvga cho‘mdirdilar?
Bu epizod Muqaddas Kitobdagi hikoyaga amal qiladi va –imon-e’tiqodga oid boshqa mulohazalarni o‘z ichiga olmaydi. Havoriylar faoliyati 10:46-48 da shunday deyilgan: “Shunda Butrus dedi: “Bu odamlar, xuddi biz singari, Muqaddas Ruhni qabul qildilar. Shunday ekan, ularning suvga cho‘mdirilishiga kim to‘sqinlik qila oladig?” Shunday qilib, Butrus ularga, Iso Masih nomi bilan suvga cho‘minglar» deb buyruq berdi”.
Nima uchun Kris va Djoy Jia Vey ularning ajoyib sarguzashtlarini eslaganidan hayron qolishdi?
Ularning hayron bo‘lganiga sabab, Krisning onasi Fibi Kvantum oldingi Superkitob sarguzashtiga borsada, ammo qaytgach voqealarni eslay olmagandi. "U tirildi!" epizodida bu ko‘rsatilgan.
Pavlus va Silas
Filippi va Makedoniya qayerda joylashgan?
Filippi Rimga qarashli bo‘lgan hozirgi Gretsiya shimolidagi Makedoniya viloyatining yirik shahri edi.
Qanday qilib Lidiyaning butun oila-a’zolari suvga cho‘mishni istab qoldi?
Lidiyani daryo bo‘yiga kuzatib borgan xonadon a’zolari ham Iso haqidagi xabarni eshitib, imon keltirishdi. Bundan tashqari, Rim jamiyatida oila a’zolari uy boshlig‘ining e’tiqodiga amal qilishlari lozim edi.
Lidiya suvga cho‘mganida uning atrofida qanday zarhal nur bor edi?
Ushbu epizodning suvga cho‘mish sahnalarida biz uni o‘rab turgan Muqaddas Ruhni vizual tasvirlash uchun badiiy yondashuvdan foydalandik.
Suvga cho‘mdirish sahnasida odamlar suvga cho‘mdirilish vaqtida najot topishini nazarda tutyapsizmi?
Yo‘q, biz najot Iso Masihga imon keltirish vaqtida sodir bo‘lishiga ishonamiz. Pavlus va Sila qamoqxona nazoratchisiga Isoga imon keltirish najot topish uchun yagona talab ekanini tushuntirishgan: “Rabbimiz Isoga ishon, shunda o‘zing va xonadon ahling najot topasizlar” (Havoriylar 16:31).
Superkitob vaqt girdobidan o‘tayotganida Djoyning kiyimlarini qanday tarzda o‘zgartirdi?
Biz Djoyni kasalxona libosida Muqaddas Kitob zamonlariga qaytishdek noqulay vaziyatga solishni xohlamadik, shuning uchun biz unga odatdagi kiyimini kiyishiga ruxsat berish uchun badiiy yondashuvdan foydalandik.
Vahiy nima?
Bu Xudo kimgadir muhim narsani g‘ayritabiiy tarzda ochib berishining bir usuli.
Nega folbin qizning yelkasida haqiqiy ilonni ko‘rsatdingiz?
Biz qizning fol ochishiga yordamlashadigan jinni tasvirlash uchun badiiy yondashuvdan foydalandik. Qadimiy yunoncha "folbinlik ruhi" so‘zlari "ruh, ilon" yoki "ilon ruhi" deb tarjima qilinadi.
Garchi kamera eshigi qulflangan bo‘lsa ham, nega zindonbon Pavlus va Silasning oyog‘ini kundaga mahkamladi?
Oyoqlarini zanjirlab qo‘yish ularni qamoqda saqlashning qo‘shimcha vositasi bo‘lib, zindonbon ularning qochib qutula olmasligini ta’minlashni xohladi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Rim amaldorlari zindonbonga: «Ularni yaxshilab qo‘riqla», deb buyruq berdilar. Zindonbon buyruqni olib, ikovini ichki bo‘lmaga tashladi va ularning oyoqlarini kundaga mahkamlab qo‘ydi” (Havoriylar 16:23-24).
Pavlus Djoyga Masih unga har qanday narsaga qarshi turish uchun kuch berishini aytdi. Muqaddas Kitobda bu ta’limot qayerda keltirilgan?
Bir marta, Pavlus qamoqxonada bo‘lganida va Filippidagi imonlilarga maktub yozganida, u har qanday vaziyatdan mamnun bo‘lishni o‘rganganini va Masih unga qanday sharoitda bo‘lishidan qat’i nazar, kuch berishini tushuntirdi:
“Bularni muhtojlikdan aytayotganim yo‘q, chunki men har qanday sharoitda boriga qanoat qilishga o‘rganganman. Har qanday sharoitda va har yerda ham to‘q bo‘lish, ham och qolish, mo‘l-ko‘lchiligu muhtojlikda yashash sirlarini o‘rganganman. Iso Masihning madadi bilan har narsani qila olaman” (Filippiliklarga 4:11-13).
Shuningdek, Pavlus Djoyga nima bo‘lishidan qat’iy nazar Xudodan minnatdor bo‘lishini xohlashini aytdi. Bu ta’limot Muqaddas Kitobda yozilganmi?
Ha, shunday. Pavlus Salonikadagi imonlilarga maktub yozganida, ularga shunday degan: “Har qanday sharoitda ham Xudoga shukur qilinglar, chunki sizlar, ya’ni Iso Masihga imon keltirganlar uchun Xudoning irodasi shudir”.
(1 Salonikaliklarga 5:18).
Pavlus va Silas qanday qo‘shiqni kuylashgan va matni qanday?
Ular Zabur 113:1-4 ni kuylashgan. Mana ibroniycha matn:
“Halelu yâh halelu `abhdhêy Adonay halelu 'eth-shêm Adonay.
Yehiy shêm Adonay mebhorâkh mê`attâh ve`adh-`olâm.
Mimmizrach-shemesh `adh-mebho'o mehullâl shêm Adonay.
Râm`al-kâl-goyim Adonay `al hashâmayim kebhodho.”
Quyida qo‘shiqning o‘zbekcha variantini taqdim etamiz:
“EGAMIZga hamdu sanolar bo‘lsin! Hamdu sano ayting, ey EGAMIZning qullari, Hamdu sanolar bo‘lsin EGAMIZning nomiga. EGAMIZ nomiga hozir ham, abadulabad olqishlar bo‘lsin. Sharqdan to g‘arbga qadar EGAMIZning nomiga olqishlar bo‘lsin! EGAMIZ barcha xalqlar ustidan yuksalgan, Uning shuhrati samolardan ham buyukdir" (Zabur 112:1-4).
Zilzilaga nima sabab bo‘ldi?
Biz ishonamizki, Xudo mo‘jizaviy tarzda zilzila keltirib, mahbuslarning zanjirlarini uzib tashladi.
Nega Pavlus zindonbonga butun xonadoni u bilan birga najot topishini aytdi?
Rim jamiyatida oila a’zolari uy boshlig‘ining e’tiqodiga amal qilishlari lozim edi. Biroq, jamoatning har bir a’zosi haqiqatan ham najot topishi uchun Isoga ishonishi kerak.
Butrusning Qochishi
Erkak qancha vaqtdan beri yura olmaydi?
U tug‘ilganidan beri cho‘loq edi. Havoriylar kitobida shunday deyilgan: “Bir kuni Butrus va Yuhanno kunduzi soat uchlarda – ibodat vaqtida Ma’badga ketayotgan edilar. O‘sha paytda Ma’bad oldiga bir shol odamni olib kelishdi. Uni har kuni uni Ma’badning Go‘zal degan darvozasiga keltirib qo‘yishardi, u esa tilanchilik qilib, Ma’badga kelgan odamlardan sadaqa yig‘ardi” (Havoriylar 3:1-2).
Butrus Isoning ismini aytganida, o‘sha odam qanday tuzalib ketdi?
Butrus, Isoga ishongan odam unga shifo berganini tushuntirdi. U shunday dedi: “O‘zlaringiz ko‘rib-bilib turgan mana bu odam Isoning nomiga bo‘lgan imoni tufayli soppa-sog‘ turibdi. Iso bergan bu imon uni ko‘z o‘ngingizda butunlay sog‘aytirdi” (Havoriylar 3:16).
Nega shoh Hirod Yoqubni o‘ldirdi?
Hoynahoy, Hirod o‘sib borayotgan masihiylik jamiyatini ham diniy, ham siyosiy tahdid sifatida ko‘rgan. Bundan tashqari, Hirod shunisi bilan ham mashhur ediki, (asosan masihiy bo‘lmagan) yahudiy rahbarlari va yahudiy jamoasiga moyil bo‘lishga intilardi. Muqaddas Kitobda nima sodir bo‘lganligi yozilgan: “Xuddi shu paytda shoh Hirod imonlilar jamoatining ba’zi a’zolarini quvg‘in qila boshladi. U Yuhannoning akasi Yoqubni qilich bilan o‘ldirtirdi. Hirod ko‘rdiki, bu yahudiylarga ma’qul kelyapti, shunday qilib, u Butrusni hibsga oldi” (Havoriylar 12:1-3).
Savatdan nima to‘kilib, askarlarning sirg‘alib yiqilib tushishiga sabab bo‘ldi?
Bu anjir edi.
Nega zindonda Butrusni ustki kiyimsiz ko‘rsatdingiz?
Muqaddas Kitobda aytilishicha, farishta Butrusga kiyinishni buyurgan, shu bois u ustki kiyimsiz uxlagan bo‘lsa kerak. Havoriylar kitobida shunday deyilgan: “Birdan Egamizning farishtasi zohir bo‘lib, hujrada nur porlab ketdi. Farishta Butrusning yonboshiga turtib uyg‘otdi va: ”Tezda o‘rningdan Tur!” dedi Shunda kishanlar Butrusning bilaklaridan tushib ketdi. Farishta unga: “Kamaringni bog‘la, chorig‘ingni kiy, - dedi. Butrus aytilganday qildi. Keyin farishta unga: - Choponingni kiyib, ortimdan yur, - dedi” (Havoriylar 12:7-8).
Qamoqxonada farishta Butrusga “kamarning bog‘la” degani nimani anglatadi?
“Kamarni bog‘lash” kiyinishni anglatadi.
Butrus qamoqdan qochganidan keyin, nega masihiylar uning eshik ro‘parasida turganiga ishonishmadi?
Ular qilgan ibodatlariga Xudoning javob qaytarib, Butrusning zindondan qochishiga imkon berishini kutmagan edilar. Bu shuni ko‘rsatadiki, Xudo ibodatlarimizga biz kutmagan tarzda javob bera oladi. Havoriy Pavlus shunday deb yozgan edi: “Xudo hayotimizda amal qilayotgan qudrati bilan biz so‘ragan va hatto xayolimizga kelmaganlarni ham bajarishga qodirdir. Imonlilar jamoati va Iso Masih orqali Xudoga nasllar osha to abad shon-sharaflar bo‘lsin” (Efesliklarga 3:20-21).
Nega Djoy yer yuzida Xudoning irodasi bajarilmayapti deb o‘yladi?
Djoyning aytishicha, buning barchasiga dunyo miqyosidagi yomonliklar – odamlarning qashshoqlik, shafqatsizlik va kasal holatda yashayotgani sabab bo‘lmoqda. Butun dunyo bo‘ylab azob chekayotgan odamlarga hamdardlik hissiga to‘lgan Djoy Xudoga ibodatdan bir oyatni eslab shodlandi: “Sening Shohliging kelsin. Osmonda bo‘lgani kabi, yerda ham Sening irodang bajo bo‘lsin” (Matto 6:10). Iso bizga Xudoning irodasi yer yuzida amalga oshishi uchun ibodat qilishni o‘rgatgan, demak, bizning xohish-iltijolarimiz har doim ham bajarilavermaydi.
Ibodat qilishdan tashqari yana nima qilishimiz kerak?
Ibodat – biz chindan ham bajara olishimiz mumkin bo‘lgan qudratli amaldir, chunki Xudo bilan hamma narsaga erishish mumkin (Matto 19:26). Boz ustiga, azob chekayotgan odamlarning hayotini amaliy o‘zgartirishimiz mumkin bo‘lgan holatlar ham bo‘ladi. Masalan, Yahyo cho‘mdiruvchi olomonga shunday degan: “Kimning ikkita ko‘ylagi bo‘lsa, birini ko‘ylagi bo‘lmagan odamga bersin. Kimning oziq-ovqati bo‘lsa, u ham ovqati yo‘qlar bilan bo‘lishsin ”(Luqo 3:11). Bundan tashqari, Havoriy Pavlus shunday deb yozgan edi: “Demak, hali fursat bor ekan, hammaga, ayniqsa, Masih xonadoniga tegishli bo‘lganlarga yaxshilik qilaveraylik” (Galatiyaliklarga 6:10).
Odamlar ibodat qilayotganda uylardan qanday yorug‘lik ko‘tarildi?
Biz odamlarning ibodatlari osmonga ko‘tarilishini vizual tasvirlash uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik. Vahiy kitobida imonlilarning Xudoga yo‘llagan ibodatlari tasvirlangan: “Tutatqilarning tutuni Xudo azizlarining ibodatlari bilan birga farishtaning qo‘lidan yuqoriga – Xudoning huzuriga ko‘tarildi” (Vahiy 8:4).
Iso Tug‘ma Ko‘rga Shifo Beradi
Nega Iso ko‘rning ko‘ziga tupurdi?
Isoning ko‘zlarga tupurishi biz uchun g‘alati tuyulishi mumkin, ammo samoviy Ota uni shunday qilishga undagan. Iso buni shunday izohlagan: “Sizlarga chinini aytay: O‘g‘il O‘z-o‘zidan hech narsa qila olmaydi. Faqat Otasidan ko‘rgan ishlarni qiladi. Osmondagi Ota nimalarni qilsa, O‘g‘li ham xuddi shularni qiladi” (Yuhanno 5:19). Ma’lumki, natijada o‘sha odamning ko‘zlari ochilgan.
Nima uchun Iso birinchi marta ko‘r odam uchun ibodat qilganidan keyin ham bu odamning ko‘rishi yaxshilanmagan?
Ba’zi mo‘jizalar bir zumda sodir bo‘ladi, boshqalari esa vaqt o‘tishi bilan jarayon sifatida yuzaga keladi. Iso birinchi marta qo‘llarini qo‘yganidan keyin ko‘r odam nimanidir ko‘rishi ajoyib mo‘jiza edi. Iso uning ko‘zlariga yana qo‘l tekkizganida, Xudoning qudrati shifoni yakunlash uchun odamda ishlay boshladi.
Nega Iso bu odamga qishloqqa bormasligini aytdi?
Agar bu odam qishloqqa borganida, mo‘jiza haqidagi xabar tezda tarqalar edi. Iso tez-tez hayratlanarli mo‘jizalar ko‘rsatar va agar bu haqda xabar tarqalsa, ko‘p olomon Uning atrofini o‘rab olardi, shu bois U shaharga ochiqchasiga bora olmasdi. Natijada, U shahardan tashqarida, xilvat joylardagina bo‘lardi (Mark 1:41-45). Boshqa tomondan, bu odamga qishloqqa bormasligini aytib, U olomon yig‘ilmagan paytda qishloqqa kirishi mumkin edi.
Bundan tashqari, agar ko‘p odamlar Uning Masih ekanligini anglab yetishsa, Uning shoh Dovud taxtining vorisi ekanligini ham tushunib olishardi va Uni Isroilning yangi shohi qilishga urinishlari mumkin edi. Lekin Iso siyosiy hokimiyatni egallash uchun emas, balki pok hayot kechirib, gunohlarimiz evaziga jazo to‘lash orqali bizni qutqarish uchun kelgan.
Nega Iso O‘z shogirdlariga U Masih ekanligini hech kimga aytmaslikni buyurdi?
Odamlar Uni Isroilning shohi qilishga harakat qilishlari mumkin edi, lekin Uning missiyasi siyosiy emas, balki imon-e’tiqodga asoslangandi. U bizning gunohlarimiz uchun o‘lib, Najotkor bo‘lish maqsadida keldi.
Nega Iso Butrusni “Shayton” deb atadi?
Yangi Ahdning asl yunon tilida "shayton" so‘zi "raqib" degan ma’noni anglatishi mumkin. Shunday qilib, Iso Butrus Uning ilohiy maqsadlari va missiyasiga qarshi chiqayotganini aytdi. Buni Isoning Butrusga aytgan so‘zidan anglash mumkin: “Yo‘qol ko‘zimdan, shayton! Meni yo‘ldan urma. Sen Xudoning ishlarini emas, inson ishlarini o‘ylayapsan” (Matto 16:23).
Nega tilanchi Iso uni chaqirganida kiyimini yechdi?
Tilanchi Isoni “Dovudning O‘g‘li” deb atadi. “Ey Dovud O‘g‘li Iso, menga rahm qiling!” (Mark 10:47). Dovud Isroilning shohi bo‘lgandi, shuning uchun tilanchi Iso shoh Dovudning oilasidan ekanligini bilardi va Uni juda hurmat qilardi. Ehtimol, tilanchining kiyimi eski va yirtiq bo‘lgani bois Isoning oldiga bu tarzda borishi noo‘rin ekanligini his qilgandir.
Nega Iso bu odamning ko‘ziga loy surtdi?
U nima qilish kerakligini ko‘rsatgan samoviy Otaning yo‘l-yo‘riqlariga amal qilardi.
Nega Shanba kunida hech kimga ishlashga ruxsat berilmagan?
Bu Rabbiyga bag‘ishlangan dam olish kuni edi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Hamma ishlaringizni bajarishingiz uchun olti kun bor. Yettinchi kun esa Men, Egangiz Xudoga atalgan Shabbat kunidir. O‘sha kuni hech qanday ish qilmanglar” (Chiqish 20:9-10).
Sulaymon Ibodatxonasi
Kris, Djoy va Gizmo Muqaddas Kitob voqealariga oid o‘tmishga sayohat qilganlarida, Superkitob ularga Muqaddas Kitobdan qaysi oyatni aytgandi?
Hikmatlar 16:1 oyatida shunday deyilgan: “Rejalar odamning yuragida, tildagi javob esa Egamizdan”.
Sandiqda O‘nta Amr lavhalaridan boshqa narsalar ham bor edimi?
Yo‘q. O‘sha paytda Sandiqda faqat lavhalar bor edi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Sandiqning ichida ikkita tosh lavhadan boshqa hech narsa yo‘q edi. Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin, Egamiz Sinay tog‘ida ular bilan ahd tuzgan edi” (3 Shohlar 8:9). Biroq, ba’zan Sandiqda qo‘shimcha narsalar ham bo‘lgan. Ibroniylarga Maktubda aytilishicha, Sandiq Muqaddas chodirda bo‘lganida, unda manna solingan oltin idish va Horunning hassasi ham bo‘lgan. Unda shunday deyilgan: “Bu xonada tutatqi tutatiladigan oltin qurbongoh va har tomoni oltin bilan qoplangan Ahd sandig‘i turardi. Ahd sandig‘i ichida manna solingan oltin idish, Horunning gullagan hassasi va amrlar yozilgan ikkita tosh lavha bor edi” (Ibroniylarga 9:4).
Natan kim edi?
U Rabbiyning payg‘ambari edi (3 Shohlar 1:8). Epizodda Natan shoh Dovud bilan gaplashgani borganida Natan payg‘ambar sifatida tanishtirildi.
Batsheva haqiqatan ham shoh Dovud oldida yerda yotdimi?
Bir qator tarjimalarda Botsheva uning oldida ta’zim qilgani aytilgan bo‘lsa-da, NASB variantida shunday yozilgan: "Botsheva shohga egilib ta’zim qildi" (3 Shohlar 1:16).
Nega Botsheva Dovudga ta’zim qildi yoki uning to‘shagi qarshisida yotdi?
Garchi Botsheva Dovudning xotini bo‘lsa-da, u shoh bilan odobli munosabatda bo‘lishning odatiy qoidalariga amal qilgan. Qoidalarga ko‘ra, boshqalar shoh oldida ta’zim qilishi va iltimosini bildirishdan oldin uning gapirishini kutishlari kerak edi.
Nega Botsheva eri Dovudni “mening hazratim” va “hazrati oliylari” deb atagan?
U shohning mavqeiga ko‘ra murojaat qilib, unga nisbatan hurmatli munosabatda bo‘lishning odatiy qoidalariga amal qildi.
Nega Sulaymon Dovudning xachiriga minib, shoh sifatida moylanish uchun Gixo‘n bulog‘iga bordi?
Xachirlarga barcha shahzodalar minishgan, lekin maxsus ruxsatsiz podshohning xachiriga minish qat’iyan man etilgan. Shuning uchun Sulaymon uni minib, bo‘lajak shoh sifatida shoh Dovudning marhamatiga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Sulaymonning boshiga moy quyilganidan keyin uning atrofida qanday nur paydo bo‘ldi?
Nur Muqaddas Ruhning Sulaymonga shoh bo‘lib xizmat qilishiga kuch berish va unga yordam berish uchun tushayotganini anglatadi.
Vaqtning aylanishi nima?
Bu Superkitobning Kris, Djoy va Gizmoni bir vaqt va joydan boshqa joyga ko‘chiradigan vositasi bo‘lib, Superkitobning o‘sha bir xil sarguzashtlari ichida aylantirib yuradi.
Ibodatxona hovlisida qanday narsalar bor edi?
Chap tomonda bronzadan yasalgan suv idishi (12 ta bronza buqa ustida) bo‘lib, unda diniy marosimlar uchun suv saqlanardi. O‘ng tomonda, tosh poydevor tepasida qurbongoh bor edi. Bronzali suv aravalari ham bor edi (qarang: 3 Shohlar 7:23-39).
Ma’badning katta xonasida qanday narsalar bor edi?
Kattaroq xona “Muqaddas Xona” deb nomlangan (3 Shohlar 8:8). Oltindan yasalgan tutatqi qurbongohi, ustida muqaddas nonlar turadigan oltin xontaxta, o‘nta toza oltindan ishlangan chiroqpoyalar (3 Shohlar 7:48-49).
Ma’badning ichki xonasidagi ikkita oltin haykal nima edi?
Ma’badning eng ichki xonasi "Eng muqaddas xona" deb nomlangan (3 Shohlar 6:16). Ikkita katta yog‘ochda samoviy mavjudotlar deb hisoblangan karublar tasvirlangan (3 Shohlar 6:23-28).
Sandiqni Ma’badga qo‘yishganida uning ustidagi bulut va yorug‘lik nimani ifodalagan?
Bulut va yorug‘lik Xudoning borligi va ulug‘vorligining paydo bo‘lish vizual tasviri edi. Muqaddas Kitobda aytilishicha, ruhoniylar Muqaddas xonadan chiqishganda, Egamizning uyini qalin bulut to‘ldirdi. Ruhoniylar Muqaddas xonadan chiqayotganlarida, EGAMIZning uyi bulut bilan to‘lib ketdi. Bulut nur sochib, ko‘zni qamashtirardi. Ruhoniylar xizmatni davom ettirish uchun u yerga kirolmay qoldilar, chunki uy EGAMIZning ulug‘vorligi bilan to‘lgandi. (3 Shohlar 8:10-11).
Nega shoh Sulaymon Ma’badda qilgan ibodatining faqat bir qismini ko‘rsatdingiz?
Muqaddas Kitobdagi har bir voqeani tasvirlash uchun bizda vaqt cheklanganligi sababli, biz bag‘ishlov ibodatining bir qismini ko‘rsatdik. Uning bag‘ishlanish haqidagi to‘liq ibodati 3 Shohlar 8:23-53 da keltirilgan.
Biz Superkitob epizodlarida Muqaddas Kitob voqealari haqidagi ko‘proq ma’lumotlarni berishni xohlaymiz. Biroq, har bir epizodning vaqti atigi 22 daqiqa davom etadi va epizodlarning umumiy uzunligi taxminan 28 daqiqa bilan cheklangan, shuning uchun ular 30 daqiqalik vaqt oralig‘ida efirga uzatilishi mumkin. (Bu bizga Superkitobni dunyo bo‘ylab ko‘plab bolalarga yetkazish imkonini beradi.) Har bir epizodda Kris va Djoy zamonaviy muhitida aks ettirilgan bo‘lib, bolalar muhim va tegishli hayotiy saboq olishlari mumkin. Shuningdek, har bir epizod ichiga kirish qo‘shig‘i, yakuniy qo‘shiq va yakuniy titrlarni sig‘dira olishimiz kerak, shu sababdan Muqaddas Kitobdagi hikoyalarning har bir jihatini yoritishga vaqtimiz yetarli emas. Bizning umidimiz va xohishimiz Kris va Djoyning sarguzashtlari bolalarni ushbu hikoyalar haqida ko‘proq bilishga ilhomlantiradi. Superkitob turkumining maqsadlaridan biri bolalarni Muqaddas Kitobni o‘qishga qiziqtirishdir.
Nega shoh Sulaymonning xalqqa murojaatini to‘liq ko‘rsatmadingiz?
Muqaddas Kitobdagi har bir voqeani tasvirlash uchun vaqtimiz cheklanganligi sababli, biz Sulaymonning Isroil xalqiga yo‘llagan ibodatining eng muhim jihatlarini ko‘rsatdik. To‘liq ibodatni 3 Shohlar 8:56-61 da topish mumkin.
Shoh Sulaymonning murojaati va ibodatida Muqaddas Kitobning qaysi tarjimasidan foydalangansiz?
Biz zamonaviy o‘zbekcha tarjimadan foydalandik.
Sulaymonning ibodatxonasi bugungi kunda ham saqlanganmi?
Yo‘q. Miloddan avvalgi 587 yilda Bobil shohi Navuxadnazar tomonidan vayron qilingan (Ezra 5:12 ga qarang.)
Yoshua va Xolib
Nega Xudo Amor xalqining tog‘larini Isroilliklarga berdi?
Xudo Ibrohim, Is’hoq va Yoqubga Kan’on yurtini topshirishga va’da bergan edi (Ibtido 15:16-21; 26:3; 28:13-15). Isroil xalqi va’da qilingan yurtga yaqinlashganda, Xudo ularga dedi: “Mana shu yerlarni sizlarga beryapman. Boringlar, o‘sha yurtni mulk qilib olinglar. Men, Egangiz, bu yerlarni ota-bobolaringiz Ibrohim Is’hoq va Yoqubga hamda ularning avlodlariga beraman, deb ont ichganman” (Qonunlar 1:8).
Bundan tashqari, Amor xalqi soxta xudolarga sig‘inardilar va gunohkor odamlar bo‘lishgan, shuning uchun Xudo ularni rad etdi va yerni isroilliklarga berdi.
Nega o‘nta ibroniy ayg‘oqchi ishonishmadi?
Ular narsalarga tabiiy nuqtai nazar bilan qarashdi, ya’ni dushmanlarga nisbatan qanchalik kuchli yoki zaif ekanliklariga baho berishdi. “U xalqqa bas kela olarmidik?! Biz ularga qarshi chiqa olmaymiz! Ular bizdan kuchliroq-ku!” (Sahroda 13:32). Bu ularni qo‘rquvga solishga majbur qildi. Biroq, agar ular Xudoning va’dalariga va U allaqachon ko‘rsatgan mo‘jizalariga e’tibor qaratishganida edi, ularning imonlari o‘sgan bo‘lardi va Xudo ular uchun jang qilishiga va g‘alaba berishiga ishonishlari mumkin edi! Yoshua bilan Xolib xalqqa dedilar: “Faqat Egamizga qarshi isyon qilmanglar! U yurtning xalqidan qo‘rqmanglar! Ular biz uchun oson o‘lja bo‘lishadi! Ular pushti panohidan ayrilgan, Egamiz esa biz bilan bo‘ladi. Ulardan qo‘rqmanglar!” (Sahroda 14:9)
Ibroniy ayg‘oqchilari chindan ham ulkan jonzotlarni ko‘rganmi?
Va’da qilingan yurtda yirik odamlar va hatto devlar ham bor edi. Ko‘p yillar o‘tgach, Dovud juda bahaybat Go‘liyotni o‘ldirdi. Muqaddas Kitob Go‘liyotning bo‘yi qanchalik baland bo‘lganini aytadi: “Filistlar safidan Go‘liyot degan bir pahlavon o‘rtaga chiqdi. U Gat shahridan edi. Bo‘yi olti tirsagu bir qarich bo‘lib, boshiga bronza qalpoq, ustiga bronza sovut kiyib olgan edi” (1 Shohlar 17:4-5)
Nega odamlar ishonishmadi?
Ular Egamizning misrliklarga nimalar qilgani va sahroda ko‘rsatgan barcha mo‘jizalariga e’tibor berishmadi. Muqaddas Kitobda aytilishicha, Xudo Musodan so‘ragan: “Qachongacha bu xalq Meni xo‘rlaydi? Ularning orasida qancha mo‘jiza ko‘rsatgan bo‘lsam-u, qachongacha Menga ishonmay yuradi?” (Sahroda 14:11)
Bundan tashqari, ular Xudoning ularga bergan va’dasiga ishonmadilar. Xudo ularga dedi: “Men sizlarga bugun beradigan amrlarga itoat qilinglar. Men sizlarning oldingizdan Amor, Kan’on, Xet, Pariz, Xiv va Yobus xalqlarini quvaman” (Chiqish 34:11).
Nega ayg‘oqchilar bo‘lmag‘ur mish–mishlar tarqata boshlaganida Xolib va Yoshua kiyimlarini yirtib tashlashdi?
Ularning madaniyatida kiyimni yirtib tashlash katta ruhiy iztirobning ifodasi edi. Bu holatda, ular odamlar nafaqat bo‘lmag‘ur mish–mishlarga ishonishganidan, balki va’da qilingan yurtni egallashni buyurgan Xudoning irodasiga qarshi isyon ko‘targanlaridan qattiq xafa bo‘lishdi.
Nega Xudo katta yoshli isroilliklarning hech biri va’da qilingan yurtga kirmasligini e’lon qildi?
Ular juda ko‘p bora g‘aroyib mo‘jizalarni ko‘rishlariga qaramay, ko‘p marta Unga itoatsizlik qilishgan (Sahroda 14:21-22) va Unga nafrat bilan munosabatda bo‘lishgan. 23). Xudo ularning va’daga ishonchsizlik bildirishganini va Unga ishonadigan yangi avlod va’da qilingan yerga kirishlari kerakligini bilar edi. Xudo Musoga xalqqa shunday deyishni buyurdi: “Sizlar, bolalarimiz u yerda dushmanga o‘lja bo‘ladi, deb aytdingiz. Ammo Men bolalaringizni o‘sha yerga olib kiraman. Sizlar rad etgan o‘sha yurtdan ular bahra olishadi” (Sahroda 14:31).
Madomiki Xudo gunohkor isroilliklarni hukm qilgan ekan, agar men ham ko‘p gunoh qilsam, U mendan voz kechishini anglatadimi?
Aslo. Xudo sizni juda sevadi va Uning kechirimini olishingizni xohlaydi. Kechirim Isoga ishonganingizda, noto‘g‘ri ishlardan qaytganingizda, Xudodan kechirim so‘raganingizda, Isoni Najotkoringiz va Rabbingiz sifatida qalbingizga va hayotingizga qabul qilish uchun ibodat qilganingizda ilk bora hayotingizga kirib keladi.
Agar siz allaqachon imonli bo‘lsangiz, demak siz Xudoning farzandisiz (Yuhanno 1:12) va gunoh U bilan bo‘lgan munosabatingizni buzolmaydi (1 Yuhanno 1:7). Xudo mehribon, sabrli va mehribondir. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “EGAMIZning sodiq sevgisi bo‘lmaydi ado, Uning rahm-shafqati tugamas aslo. Har tong ular yangilanadi, Buyukdir Egamning sadoqati” (Marsiya 3:22-23). Bundan tashqari, Xudo aytgan: “Sizlarni tashlab ketmayman, sizlarni tark etmayman” (Ibroniylarga 13:5). Agar Rabbiyga gunohlaringizni tan olsangiz, U har doim gunohlaringizni kechiradi (1 Yuhanno 1:9).
Ilyos va Beva ayol
Nima uchun daraxtlar bunchalik quruq va mevasiz edi?
Isroil xalqi butlarga sig‘inib, itoatsizlik qilgani uchun Xudo yomg‘ir yog‘dirmagan edi. Muqaddas Kitobda nima bo‘lganligi yozilgan: “Giladning Tishba shahridan bo‘lgan Ilyos Axabga dedi: “Men xizmat qilayotgan Isroil xalqining Xudosi – EGAMIZ shohid!» (3 Shohlar 17:1)
Nega Gizmo pitsani yaxshi ko‘rishini aytdi? U pitsa yeydimi?
Gizmo aslida pitsa yemaydi, lekin u atrofidagi odamlarning bayramona muhiti, tabassumi va yaxshi his-tuyg‘ularidan zavqlanadi.
Nega qarg‘alar Ilyosga ovqat olib kelishdi?
Rabbiy ularga shunday qilishni buyurdi. Buni Xudo Ilyosga aytgan so‘zida ko‘rishimiz mumkin: ““Sen o‘sha jilg‘aning suvidan ichasan, qarg‘alarga amr berdim: ular seni boqishadi”” (3 Shohlar 17:4).
Kris Zorafatga sayohat qilganida nimadan ichgandi?
Bu hayvonlar terisidan tayyorlangan idishning qadimiy turi edi.
Nega bolaga Mika deb ism qo‘ydingiz, axir Muqaddas Kitobda uning ismi eslatib o‘tilmagan?
Biz muloqotni yanada tabiiy qilish uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik.
Mika vafot etganida, nega Ilyos uni yuqori qavatga olib chiqib, uning uchun ibodat qildi?
Bu xona Ilyosning oddiy ibodat joyi bo‘lgan.
Nega Ilyos uch marta ibodat qildi?
O‘sha davr madaniyatida uch raqami marosimlardagi odatiy raqam hisoblanardi.
Mika hayotga qaytganida qanday nur uni qamrab oldi?
Biz Ilyosning: “Ey Egam Xudo! Iltijo qilaman, bu bolaga qaytadan jon ato et” (3 Shohlar 17:21) deb aytgan ibodatiga binoan Mikaning ruhi tanasiga qaytishini ko‘rsatish uchun badiiy yondashuvdan foydalandik. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Egamiz Ilyosning iltijosini eshitdi. U bolaga qaytadan jon ato etib, tiriltirdi” (3 Shohlar 17:22)
Ibodat Qilishni O‘rgat
Iso bog‘da ibodat qilganida qay tarzda yorug‘lik taratdi?
Uning ichida bo‘lgan, lekin odatda ko‘rinmas bo‘lgan ilohiy ulug‘vorlik ajoyib tarzda namoyon bo‘ldi, shunda U samoviy ulug‘vorlik bilan yog‘du taratdi. Muqaddas Kitob buni shunday tasvirlaydi: “U yerda, ularning ko‘z o‘ngida Isoning qiyofasi o‘zgardi: yuzi quyoshday porlab, kiyimlari ko‘zni qamashtiradigan darajada oppoq bo‘lib qoldi” (Matto 17:2).
Muso va Ilyos endi yer yuzida yashamasalar ham, qanday qilib Iso bilan birga namoyon bo‘lishdi?
Xudo ularning paydo bo‘lishi va Iso bilan gaplashishi uchun imkoniyat yaratdi. Muqaddas Kitobda ular jismoniy tanada yoki ruhiy shaklda paydo bo‘lganligi aytilmagan.
Nega siz Muso va Ilyosni oltin rangda ko‘rsatdingiz, Iso esa yorqin oq rangda edi?
Muqaddas Kitobda Muso va Ilyos Iso kabi porlab turgani aytilmagan, shuning uchun biz Unga alohida rang berish uchun badiiy yondashuvdan foydalandik.
Pastga tushgan bulut nima edi?
Bu Xudo huzurining buluti edi. Bulutdan Xudo gapirdi va dedi: “Bu Mening sevikli O‘g‘limdir, Undan mamnunman. Unga quloq solinglar” (Matto 17:5). Xudo xuddi shu so‘zlarni Iso suvga cho‘mganida aytgan va o‘shanda ham U: “Unga quloq solinglar”, degan.
Nega jin urgan bolani juda qo‘rqinchli qilib ko‘rsatdingiz?
Biz bola tanasini jin o‘z yovuz nazoratiga olganini, shuningdek, bola salomatligiga qanchalik zararli ta’sir o‘tkazayotganini tasvirlash uchun badiiy yondashuvdan foydalandik.
Nega jinni bunchalik dahshatli qiyofada ko‘rsatdingiz?
Biz jinning tashqi ko‘rinishi uning yovuz tabiatini aks ettirishini xohladik.
Nega Iso bu turdagi jin faqat “ibodat va ro‘za” orqali chiqib ketadi, deb aytmadi?
Muqaddas Kitobning Qirol Iakov Versiyasi va Qirol Iakovning Yangi Versiyasi kabi tarjimalarida “va ro‘za” degan ikkita so‘z mavjud bo‘lsa-da, bu oyatni o‘z ichiga olgan eng yaxshi yunoncha qo‘lyozmalarda bu so‘zlar yo‘q. Natijada, Muqaddas Kitobning ko‘pgina versiyalarida ham bu so‘zlar mavjud emas. Biz yuqorida aytib o‘tilgan yunoncha qo‘lyozmalarning va Muqaddas Kitobning ko‘plab zamonaviy versiyalaridagi so‘zlardan foydalandik.
Iso shogirdlariga ibodat va imon haqida gapirganidan so‘ng, shogirdlar Muqaddas Kitobning qaysi oyatlari bilan ibodat qilishdi?
Ular Zabur 26-bobining dastlabki uchta oyati bilan ibodat qilishdi:
“EGAM nurim va najotimdir, kimdan qo‘rqaman?! EGAM hayotimning qal’asidir, kim meni qo‘rqita olar?! Meni o‘ldirmoqchi bo‘lib, yovuzlar ustimga bostirib kelganda, ha, g‘animu dushmanlarim menga hujum qilganda, qoqilib, yiqilib tushadilar. Hatto butun lashkar meni o‘rab olsa ham, yuragimda aslo qo‘rquv paydo bo‘lmas. Hatto menga qarshi jangga otlansa ham, ishonchim hech ham yo‘qolmas”.
Yeremiyo
Xudo qo‘lini haqiqatan ham Yeremiyoning labiga tekkizdimi?
Ha! Bu haqda Yeremiyo shunday yozgan: “So‘ng Egamiz qo‘lini uzatib, labimga tekkizdi-yu, dedi: “Mana, so‘zlarimni og‘zingga solib qo‘ydim. Bugundan boshlab xalqlar va shohliklarni qo‘porib, Yo‘q qilishing uchun, vayron qilib, ag‘darishing uchun, Bunyod etib, mustahkamlashing uchun senga izn beramang” (Yeremiyo 1:9-10).
Xudo Yeremiyoga tegingach, uning atrofida qanday zarhal nur paydo bo‘ldi?
Bu Muqaddas Ruhning huzuri bo‘lib, da’vatni bajarishiga imkon berish uchun uning ustiga tushdi.
Nega Krisning o‘yin jihozlari Superkitobning Vaqt Tuynugida g‘oyib bo‘ldi?
Superkitob Kris va Djoyga zamonaviy texnologiyalarni Muqaddas Kitob davriga o‘tkazishiga ruxsat bermaydi.
Kulolning idishi o‘zi istagandek bo‘lmaganidan so‘ng Yeremiyo atrofida qanday yorug‘lik paydo bo‘ldi?
Bu Muqaddas Ruhning Yeremiyoni moylashi bo‘lib, unga berilgan vahiyni va xabarni odamlarga e’lon qilishini bildiradi.
Haqiqatan ham Yeremiyo kaltaklanganmi?
Ha, shunday bo‘lgan. Muqaddas Kitobda yozilgan: “Immar o‘g‘li Pashxur ruhoniy bo‘lib, EGAMIZ uyining bosh nazoratchisi edi. U Yeremiyoning bashorat qilib aytgan bu so‘zlarini eshitdi. Shu sababdan Yeremiyoni kaltaklatib, EGAMIZ uyining hovlisidagi Yuqori Benyamin darvozasi tomonda kishanlab qo‘yishni buyurdi” (Yeremiyo 20:1-2).
Kaltaklash sahnasida Yeremiyoning orqa tarafda aytgan so‘zlari Muqaddas Kitobning qayeridan olingan?
Uning so‘zlari Yeremiyo 20:7-18 dan olingan. Vaqt cheklanganligi sababli, biz tanlangan oyatlarni bildirib o‘tamiz (oyatlar: 7, 11, 13 va 17-18).
Nima uchun Yeremiyo kaltaklanganida bunday ochiq sahnalarni ko‘rsatdingiz?
Biz Yeremiyo qamchilanganiga qaramay, Rabbiyga itoat qilishda davom etganini ko‘rsatmoqchi bo‘ldik. Shuningdek, sodir bo‘lgan voqealar tarixiy jihatdan aniq bo‘lishini xohladik. Bundan tashqari, biz ota-onalar uchun DVD qutisiga va «Oilaviy muhokamalar bo‘yicha qo‘llanma»ga seriyani farzandlariga ko‘rsatishdan oldin ularning o‘zlarini ko‘rishga undaydigan eslatmalarni joylashtirdik.
Yeremiyo bo‘yinturug‘ni ko‘tarib yurgan sahna nega haqiqiy hayotdagidan farq qilgan?
Superkitob Kris, Djoy va Gizmoni navbatdagi vaqt bekatiga avvalroq o‘tkazmay turib, ularni ikkala vaqt oralig‘idagi asosiy voqealarni ko‘rishlari uchun Vaqt Girdobida biroz ushlab turdi.
Iso Ochlarni To‘ydiradi
Djoy Isoning onasi Maryamni birinchi marta ko‘rganida, ayol undan, ilgari uchrashganmizmi, deb so‘radi. Nega ular “Birinchi Mavlud” epizodida bir-birlarini tanimadilar?
Djoy Maryamni tanimadi, chunki Maryam Djoydan 30 yosh katta edi. Maryam Djoyni tanimadi, chunki u (Maryam) Djoyning ayol bo‘lib ulg‘ayishini kutgan edi. Bundan tashqari, ularning birinchi uchrashidan so‘ng 30 yil o‘tdi, shuning uchun Maryam Djoyning qiyofasini unutgan bo‘lishi mumkin.
Nima uchun xizmatchilar (Kris va Mixo) kelgan mehmonlarning oyoqlarini yuvishdi?
Mehmonlarning ko‘pchiligi changli yo‘llarda sandal kiyib uzoq masofani bosib o‘tishgan, shuning uchun oyoqlari chang bo‘lgandi. Yaxshi mezbon o‘z xizmatchilariga mehmonlarning oyoqlarini yuvdirishi odatiy hol edi.
Iso onasi Maryamning sharob haqidagi iltimosini qondirish uchun tasdiq ma’nosida bosh irg‘ab qo‘yganini qayerdan bilasiz?
Maryam Iso uning iltimosini dastlab ma’qullamaganini e’tiborga olmay, xizmatkorlarga Iso aytgan barcha yumushlarni bajarishlarini tayinlagani bois, biz ularning o‘zaro munosabati davomida nima sodir bo‘lganligini tasvirlash uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik.
Iso non va baliq uchun shukrona aytganida, U qaysi tilda ibodat qilgan va tarjimasi qanday?
Biz Isoning ibroniy tilida ibodat qilayotganini ko‘rsatish uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik. Biz bugungi kunda yahudiylar tomonidan oziq-ovqat uchun minnatdorchilik bildiriladigan ibodatni tanladik. Ibroniycha so‘zlar va uning o‘zbekcha tarjimasi quyida keltirilgan:
Barux atah, Adonai Eloheinu, melex ha’olam, hamotzi lexem min ha’arets.
Sen muboraksan, ey Rabbiy, yerdan non undiradigan koinot Podshohisan!
Epizod oxirida hikoyachi qanday oyatni aytdi?
Bu 2 Korinfliklarga 9:10 ning «Qirol Iakov Yangi Versiyasi»dan olingan:
"Dehqonga ekish uchun urug‘, hammaga yeyish uchun non beradigan Xudo sizlarning ekadigan urug‘ingizni mo‘l qiladi, solihligingizdan keladigan hosilni ham ko‘paytiradi."
Iso Cho‘lda
Nega Maryam va Yusuf Iso ular bilan birga emasligini avvalroq bilishmadi?
Yusuf va Maryam, hoynahoy, Nosiradan Quddusga sayohat qilgan va Fisih bayramini nishonlagandan keyin Nosiraga qaytib kelgan guruhda bo‘lganlar. Birgalikda sayohat qilish ularga qo‘shimcha himoya va zahiralarni baham ko‘rish imkoniyatini berardi. Ularning barchasi bir guruhda bo‘lganligi sababli, Yusuf va Maryam Isoni boshqa bolalar bilan birga deb o‘ylashdi.
Nima uchun Yusuf Isoni 12 yoshida “U deyarli erkak” deb aytdi?
Yahudiy madaniyatida o‘g‘il bola 13 yoshda balog‘at yoshiga kiradi va o‘z harakatlari uchun javobgar bo‘ladi, deb hisoblashadi.
Haqiqatan ham Shayton bu olamning xudosimi?
Shayton Xudo yoki bu dunyoning Yaratuvchisi bo‘lmasa ham, havoriy Pavlus Shayton bu dunyoning xudosi ekanligini yozgan: "Bu dunyoning xudosi imonsizlarning ongini ko‘r qilib qo‘ygan" (2 Korinfliklarga 4:4). Harholda, Muqaddas Kitobning ikkita boshqa versiyalaridagi (NIV, LEB) ushbu oyatda “bu olamning xudosi” iborasi ishlatiladi. Bundan tashqari, Iso Shaytonni bu dunyoning yovuz hukmdori deb atagan (Yuhanno 14:30). Shayton hali ham dunyo ustidan hukmronlik qilsa-da (1 Yuhanno 5:19), Iso uni mag‘lub etganini unutmasligimiz kerak (Ibroniylarga 2:14). Bundan tashqari, Iso bizga dushman ustidan hokimiyat bergan (Matto 16:17, Luqo 10:19). U bizga Xudoning farzandlari sifatida bu dunyoda yovuzlik ustidan g‘alaba beradi (1 Yuhanno 4:4, 5:4).
Nega shafqatsiz va jirkanch golografik o‘yinni targ‘ib qildingiz? “Xaos Tig‘i III” 17 va undan katta yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan deb ko‘rsatilgan.
Bugungi madaniyatda bolalar shafqatsiz video o‘yinlar reklamalariga to‘qnash kelishlari mumkin. Biz ularga vasvasa va tengdoshlarning bosimiga berilmasliklari kerakligini ko‘rsatmoqchi edik.
Nega Yusuf va Maryam “Birinchi Mavlud” filmidagi Kris va Djoyni tanimadilar?
Yusuf va Maryamning o‘y-xayoli Isoni qay tariqa topish bilan band edi. Bundan tashqari, ular Iso tug‘ilgandan buyon Kris va Djoy 12 yoshga katta bo‘lishini kutishgan edilar.
Nega Lusifer anorni qo‘liga olganidan so‘ng anor darhol aynib ketdi?
Shayton o‘lim va halokat olib kelishini ko‘rsatish uchun biz ijodiy yondashuvdan foydalandik. Bir kuni Iso shunday degan: “O‘g‘ri faqat o‘g‘irlash, bo‘g‘izlash, barbod qilish uchun keladi. Men esa ularga hayot, farovon hayot berish uchun kelganman” (Yuhanno 10:10).
Iso “Otasining” ishi bilan shug‘ullanishi kerakligini aytganida nimani nazarda tutgan?
Epizodda Iso Maryam va Yusufga dedi: “Nega Meni qidirdingizlar? Men samoviy Otamning uyida bo‘lishim kerakligini nahotki bilmagan bo‘lsangizlar?!” (Luqo 2:49) U Xudoni O‘zining Samoviy Otasi ekanligini va Otasining uyida, ya’ni Ma’badda bo‘lishini nazarda tutgan. Muqaddas Kitobning boshqa versiyasida Iso ota-onasiga shunday deydi: “Ammo nima uchun izlashingiz kerak edi? Men Otamning uyida bo‘lishim kerakligini bilmadingizmi? (NLT)
Farishta Krisni qutqargani kabi men ham qoyadan yiqilsam meni farishta ushlab oladimi?
Xudo bizni himoya qilishga yordam beradigan qo‘riqchi farishtalarga ega, ammo farishta bizni yiqilishdan qutqaradi deb o‘ylamasligimiz kerak. Biz beparvo yoki ehtiyotsiz bo‘lmasligimiz kerak. Buning o‘rniga, biz ehtiyotkorlik va donolikni qo‘llashimiz kerak. Iso aytganidek: “EGANG Xudoni sinama” (Luqo 4:12).
Nega Shaytonning havoda yurganini ko‘rsatdingiz?
Shayton bizni gunoh qilish vasvasasiga solishda qanchalik ayyor va hiylakor ekanligini ko‘rsatish uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik. Bu holatda u Isoni ma’baddan sakrashga undagandi. Havoriy Pavlus Shayton haqida shunday yozgan: “Shaytonga aldanib qolmaylik, axir, uning fitnalaridan bexabar emasmiz-ku” (2 Korinfliklarga 2:11).
Shayton Isoga qanday shohliklarni ko‘rsatgan?
Muqaddas Kitobda ushbu shohliklarning nomi aytilmagan bo‘lsa-da, biz Rim, Buyuk Xitoy devori, Bobilning osma bog‘lari, Giza piramidalari va Aleksandriya mayog‘iga o‘xshatilgan tasvirlarni ifodaladik.
Farishtalar Isoga qo‘l tekkazganlarida nima qilishgan?
Biz 40 kunlik ro‘zadan va Shaytonning vasvasasidan so‘ng farishtalar Unga qanday dalda berganlarini ko‘rsatish uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Shundan keyin Isoni iblis tark etdi. Farishtalar kelib, Isoga xizmat qildilar” (Matto 4:11).
Pavlus va Barnabo
Birinchi sahnadagi katta bino nimani ifodalar edi?
Bu Quddusdagi ma’bad edi.
Ma’badda shogirdlarni nima qilish haqida muhokama yuritayotgan ikki kishi kim edi?
Biz yahudiy oliy kengashining ikki a’zosi shogirdlarni nima qilish kerakligini muhokama etayotganlarini ko‘rsatish uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik. Gamaliyol ismli farziy ehtiyotkor bo‘lishga undagan, lekin oliy ruhoniy bunga rozi bo‘lmagan.
Farishta qamoqxona hujrasiga kirishidan oldin paydo bo‘lgan alangali oltin halqa nimani ifodalagan?
Biz ruhiy olamdan tabiat olamiga o‘tishni ko‘rsatish uchun badiiy yondashuvdan foydalandik.
Pavlus sehrgarga tanbeh berishdan oldin uning atrofida qanday tillarang nur bor edi?
Biz Pavlus Muqaddas Ruh bilan to‘lganligini va Xudodan bashoratli xabarni olganini ko‘rsatish uchun badiiy yondashuvdan foydalandik. Muqaddas Kitob aytadiki, Pavlus nomi bilan ham tanilgan Shoul Muqaddas Ruhga to‘lgan va u sehrgarning ko‘ziga tik qaragan. Keyin u aytdi... (Havoriylar 13:9-10 NLT).
Pavlus sehrgar haqida bashorat qilayotganda orqa tarafda ko‘ringan kul rang nima edi?
Biz sehrgar nuqtai nazarida uning ko‘rish qobiliyati qanday yo‘qola boshlaganini ko‘rsatish uchun badiiy yondashuvdan foydalandik. Muqaddas Kitobda aytilgan: «Shu zahoti Elimosning ko‘z oldi xiralashib, qorong‘i bo‘ldi. Elimos u yoq-bu yoqni paypaslab, qo‘lidan yetaklab yuradigan birontasini izladi» (Havoriylar 13:11).
Odamlar Pavlus va Barnaboni sharaflash uchun butparastlik ibodatxonalarida qurbonlik keltirmoqchi bo‘lishganida, nima uchun Pavlus va Barnabo kiyimlarini yirtib tashlashdi?
Ularning madaniyatida kiyimni yirtib tashlash katta ruhiy iztirobning ifodasi edi. Chunki, ularni olomon xudolar deb o‘ylab, sharaflash uchun qurbonlik qilishni rejalashtirayotganidan juda ranjidilar.
Toshbo‘ron qilingandan keyin Pavlus o‘rnidan turganida, Pavlus va Barnabo Muqaddas Kitobning qaysi oyatlarini aytishdi?
Ular Zabur 137 dan aytayotgan edilar: Kulfatda yursam ham, dushmanlarim g‘azabidan saqlaysan, O‘ng qo‘lingni uzatib, meni qutqarasan ( 7 oyat). EGAM mening hayotim uchun O‘z rejalaringni amalga oshirasan... ( 8 oyat, NLT).
Nima uchun yuqorida Kalomning 8-oyati uchun Muqaddas Kitobning boshqa versiyasidan foydalandingiz?
Bizning fikrimizcha, bolalar 8-oyatni Yangi Jonli Tarjimada tushunishlari osonroq.
Superkitob Kris, Djoy va Gizmoni olib, ularni havoda to‘xtatganda nima yuz berdi?
Superkitob ularni bir vaqtning o‘zida Muqaddas Kitobdagi kelajak voqeasiga olib bordi. Superkitob Xudo boshqargan vaziyatni bolalar tushunishlarini xohladi, shu bois U bolalarga vaqt oralig‘ida sodir bo‘lgan muhim voqealarni ko‘rsatdi.
Filip
Sehrgarning uyidagi devorda qanday suratlar bor edi?
Ular butparastlik burjlariga oid tasvirlar edi.
Filip nogiron kishi uchun ibodat qilganda unga qanday tillarang yog‘du singib kirdi?
Biz Xudoning nogironga shifo bergan kuchini ko‘rsatish uchun badiiy yondashuvdan foydalandik. Muqaddas Kitob bizga shunday deydi: “Filipni tinglab turgan va qilgan mo‘jizalarini ko‘rgan olomon uning gaplariga diqqat bilan quloq soldidiqqat bilan tingladi. ...Ko‘plab shol va cho‘loq odamlar shifo topar edilar. Shunday qilib, o‘sha shaharda katta shodlik hukm surardi” (Havoriylar 8:6-8).
Butrus va Yuhanno Samariyaga sayohat qilganlarida, nima uchun ular Kris va Djoyni “Butrusning tonishi” seriyasidagi kabi oldingi voqealar orqali tanimadilar?
Biz epizodni Muqaddas Kitob voqealariga qaratmoqchi bo‘ldik. Bundan tashqari, Superkitob epizodlari tarixiy jihatdan aniqroq aks etishi uchun Muqaddas Kitob qahramonlari bir epizoddan ikkinchisiga o‘tganlarida Kris, Djoy va Gizmo haqidagi uzoq xotiralarni saqlab qolmaydi.
Butrus va Yuhanno Muqaddas Ruhni olishlari uchun ibodat qilganlarida, imonlilarni qanday nur qamrab oldi?
Biz ularga Muqaddas Ruhni qabul qilishlarini ko‘rsatish uchun badiiy yondashuvdan foydalandik. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: "Shundan keyin Butrus va Yuhanno ularning ustiga qo‘llarini qo‘ydilar. Shu tariqa Samariyaliklar Muqaddas Ruhni qabul qildilar" (Havoriylar 8:17).
Siz samariyalik imonlilarning turli tillarda gaplashayotganini tasvirladingizmi?
Ha. Havoriylar kitobi Muqaddas Ruhni qabul qilishning qandaydir ko‘rinishi borligini ko‘rsatadi. Unda shunday deyilgan: “Shimo‘n ko‘rdiki, odamlarning boshlariga havoriylar qo‘llarini qo‘yganlarida, Muqaddas Ruh ularga berilardi. U ham shu qudratga ega bo‘lish uchun Butrus bilan Yuhannoga pul taklif qildi” (Havoriylar 8:18 NLT). Bundan tashqari, Muqaddas Kitob bizga Hosil bayramida, imonlilar Muqaddas Ruhga to‘lganlarida, ular boshqa tillarda gapirganliklarini ko‘rsatadi: "Shunda hammalari Muqaddas Ruhga to‘ldilar, Muqaddas Ruh bergan qobiliyatga ko‘ra, ular boshqa tillarda gapira boshladilar" (Havoriylar 2:4).
Superkitob Kris, Djoy va Gizmoni olib, ularni havoda to‘xtatganda nima yuz berdi?
Superkitob ularni bir vaqtning o‘zida Muqaddas Kitobdagi kelajak voqeasiga olib bordi. Superkitob Xudo boshqargan vaziyatni bolalar tushunishlarini xohladi, shu bois U bolalarga vaqt oralig‘ida sodir bo‘lgan muhim voqealarni ko‘rsatdi.
Habashistonlik amaldorning aravasi yaqinlashganda, Filip qanday ovozni eshitdi?
O‘shanda Muqaddas Ruh Filip bilan gaplashayotgan edi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Muqaddas Ruh Filipga: “Aravaga yaqinroq bor, uning yonida yur», – dedi. (Havoriylar 8:29).
Habashistonlik Muqaddas Kitobdan qaysi parchani o‘qidi?
Bu Ishayo 53:7-8 ning yunoncha talqini edi: “Bo‘g‘izlanishga olib borilgan qo‘yday, Jun qirquvchi oldida jim turgan qo‘ziday, U miq etmadi, og‘zini ochmadi. U xo‘rlandi. Adolatdan mahrum qilindi. Uning nasli haqida kim o‘ylaydi? Yer yuzida uning hayotiga chek qo‘yildi” (Havoriylar 8:32-33).
Filipning Habashistonlik bilan nimani baham ko‘rganini qayerdan bilasiz?
Biz Filippning unga aytganlarini tasvirlash uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Amaldor Filipdan so‘radi: “Ayt-chi, payg‘ambar bu gaplarni kim to‘g‘risida aytdi – o‘zi to‘g‘risidami yoki boshqa birontasi to‘g‘risidami?” Shundan keyin Filip tushuntira boshladi, Muqaddas bitiklarning shu qismidan boshlab, Iso haqidagi Xushxabarni amaldorga so‘zlab berdi” (Havoriylar 8:34-35).
Habashistonlik suvga cho‘mganida qanday nur bor edi?
Habashistonlik ustiga Muqaddas Ruh tushganini ko‘rsatish uchun biz badiiy yondashuvdan foydalandik.
Filipni havoga ko‘targan oltin aylana nima edi?
Biz Muqaddas Ruh Filippni boshqa joyga olib borishini ko‘rsatish uchun badiiy yondashuvdan foydalandik. Muqaddas Kitobda nima sodir bo‘lganligi yoziladi: “Ular suvdan chiqqanlaridan keyin, Egamizning Ruhi Filipni olib ketdi. Amaldor uni qaytib ko‘rmadi, ammo xursand bo‘lganicha yo‘lida davom etdi. Filipp esa Azotus shahrida paydo bo‘lib qoldi. U Qaysariyaga kelguncha, butun o‘lka bo‘ylab o‘tar ekan, hamma shaharlarda Xushxabarni e’lon qilib boraverdi” (Havoriylar 8:39-40).
Superkitob Kris, Djoy va Gizmoni olib, yana havoda to‘xtatib qo‘yganida nima bo‘ldi?
Superkitob ularga Filip olib ketilganda nima bo‘lganini va keyin nima qilganini ko‘rsatmoqchi edi.
Musoning Tug‘ilishi
Nega ularda qushning haykali bor edi?
Bu Misrning soxta xudosi Horusning haykali edi.
Nega misrliklar ibroniylarni qul qilishdi?
Yusuf Misr hukmdoriga o‘rinbosar bo‘lib xizmat qilganida, ibroniylar ko‘p yaxshiliklardan bahramand bo‘lishgan. Biroq, Yusuf Fir’avnning tushini qanday talqin qilganini va uning Misrda hukmdor o‘rinbosari sifatida yaxshi xizmat qilganini bilmagan yangi fir’avn paydo bo‘ldi. Yangi fir’avn ibroniylarning soni va kuchi ortib borayotganini ko‘rdi, shuningdek, misrliklar ibroniylar ularga qarshi jang qilishlaridan qo‘rqishdi. Muqaddas Kitob bizga shunday deydi:
“O‘sha paytda Misr taxtiga yangi fir’avn o‘tirdi. U Yusuf to‘g‘risida hech narsa bilmasdi. U o‘z xalqiga shunday dedi: “Qaranglar, Isroil xalqi bizga qaraganda ko‘payib, kuchayib ketdi. Qani, bir yo‘lini topib, ularni ko‘payib ketishdan to‘xtataylik. Bo‘lmasa, urush bo‘lib qolganda, ular dushmanlarimizga qo‘shilib, bizga qarshi urush qiladilar. Keyin yurtimizdan qochib ketadilar”. Shunday qilib, Misrliklar Isroilliklarni qul qilib oldilar. Misrliklar ibroniylar ustidan shafqatsiz nozirlarni tayinlab, ularni og‘ir mehnat bilan charchatishga umid qildilar. Isroil xalqi fir’avn uchun Pitom va Ramzes degan ombor shaharlarni qurib berdi. Lekin Misrliklar Isroil xalqiga qanchalik zulm o‘tkazsalar ham, Isroil xalqi yana ham ko‘payib yurt bo‘ylab yoyilib borardi. Misrliklar bu ahvoldan qo‘rquvga tushib qoldilar. Shuning uchun misrliklar Isroil xalqini ayamadilar. Har turli dala ishlariga, loydan g‘isht quyishga majburladilar. Misrliklar ularga shafqat qilmadilar” (Chiqish 1:8-14 NLT).
Nega Misrlikni qamchi bilan ko‘rsatdingiz?
Biz qullikning shafqatsiz sharoitlarini tarixiy jihatdan aniq ko‘rsatishni xohladik, lekin qamchilangan odamni ko‘rsatmaslikka intildik. Biroq, biz vaziyatni tasvirlash uchun qamchi ovozini va ibroniy qulning yig‘layotganini qo‘shdik.
G‘ishtlar nima uchun ishlatilgan?
Ulardan Misrda shaharlar qurishda foydalanilgan. Muqaddas Kitobda aytilgan "Isroil xalqi fir’avn uchun Pitom va Ramzes degan ombor shaharlarni qurib berdi" (Chiqish 1:11 NLT).
Bolaning Va’dasi
Muqaddas Kitob voqealari paytida Kris, Djoy va Gizmoning bir necha santimetrdan ko‘proq harakatlanishiga nima to‘sqinlik qildi?
Superkitob shaffof gumbazni yaratdi, bu ularga voqealarni ko‘rishga imkon berdi, lekin Superkitob qahramonlari bilan muloqot qilishlariga yo‘l qo‘ymadi.
Nega Muqaddas Kitob qahramonlari Kris va Djoy ularni tomosha qilayotganini ko‘rishmadi?
Ular joylashgan gumbaz Muqaddas Kitob qahramonlariga ularni ko‘rishi yoki eshitishiga yo‘l qo‘ymadi.
Djoy Adan bog‘iga qarab aytdi: “Ana. Qaranglar. Bu Xudo!”. Djoy Ota Xudoni yoki O‘g‘il-Isoni ko‘rdimi?
Biz Ota Xudoning bog‘da ulug‘vorlik bilan yurganini tasvirladik. Muqaddas Kitobda aytilishicha, Yaratguvchi haqiqatan ham O‘zining ijodi orasida yurgan: "Oqshom payti shabada esib turganda, odam va xotini bog‘da Parvardigor Egamizning yurganini bildilar. Ular Parvardigor Egamizning nazaridan qochib, bog‘dagi daraxtlar orasiga yashirindilar" (Ibtido 3:8).
Kris, Djoy va Gizmo havoda muallaq turib, deraza orqali voqealarni tomosha qilishganda, ular qayerda edi?
Superkitob ularni g‘ayritabiiy olamga olib bordi, shunda ular o‘tmishga sayohat qilmasdan, Muqaddas Kitobning bir nechta asosiy voqealarini tezda ko‘rishlari mumkin edi.
Kris va Djoy kuylagan Mavlud qo‘shig‘ining matni qanday?
“Va’da qilingan Go‘dak”
Bu tarixni Kalom so‘zlaydi,
Farishtalar uni kuylar,
Samodan yerga shoh tushgandi
Va’da qilingan Najotkor.
Nurni Odam yo‘qotdi,
Yo‘l qo‘yib gunohga.
Lekin va’da berildi
Odam va Havoga.
Ibrohim va Soraga,
Vafoni ko‘rsatding.
Is’hoq hamda Yoqubga
Nuringni taratding.
(naqarot)
Va’da qilingan,
Go‘dak tug‘ildi.
Va’da qilingan,
Go‘dak tug‘ildi.
Bu Kalomda yozilgan
Asrlar osha yangrar.
Xudo odam bilan
Yarashdi muqarrar.
Yahudoning nasliga
Va’dalar berildi.
Qonundan ko‘ramizki
Kalom inson bo‘ldi.
Dovudning zurriyodi
Go‘dak, lek shahanshoh.
Xalqlarning hukmdori,
Bizlar uchun panoh.
(Naqarotni takrorlash)
Masih tug‘ilgan tunda,
Go‘zal tong otdi olamda!
Xalqlarga bo‘ldi noil,
Iso – Immanuil!
(qayta ishlangan naqarot)
Va’da qilingan,
Bu poklanish vaqti.
Va’da qilingan,
Aniq Uning ahdi
Bu Kalomda yozilgan
Asrlar osha yangrar.
Xudo odam bilan
Yarashdi muqarrar.
Mualliflik huquqi: The Christian Broadcasting Network
Musiqa muallifi: Kurt Heinecke & Mike Nawrocki
She’r muallifi: Mike Nawrocki
Prodyuser: Kurt Heinecke
Bosh ijrochi: Shannon Chan-Kent
Macpherson gitarasi: Dennis Dearing
Vokal direktori: Lori Casteel
Bolalar xori: Mary Chandler Hicks, Ella Rose Klein, Elsa Kummer, Hannah West
“Yarashish” nimani anglatadi?
“Yarashish” degani, Xudo bizni Unga dushman bo‘lishdan qaytarib, Xudoning farzandlariga aylantirganini anglatadi. U buni Isoni bizning gunohlarimiz uchun o‘limga yuborish orqali qildi, shunda biz imon orqali inoyat bilan kechirilishimiz mumkin. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Biz hali Xudoning dushmanlari bo‘lgan paytimizda, Xudo O‘z O‘g‘lining o‘limi orqali bizlarni O‘zi bilan yarashtirdi. Biz endi Xudo bilan yarashgan ekanmiz, albatta O‘g‘lining hayoti tufayli najot topamiz” (Rimliklarga 5:10).
Qo‘shiqning “Xudo odam bilan yarashdi muqarrar” degan so‘zlari nimani anglatadi?
Demak, Xudo O‘z ijodini O‘zi bilan yarashtiradi. Esda tutingki, Odam Ato va Momo Havo Yaratilish jarayonining oltinchi kunida yaratilgan (Ibtido 1:26), shu bois biz Xudo ijodining bir qismimiz va Isoga ishonganimizda U bilan yarashamiz. Muqaddas Bitikda aytilganidek, Xudo O‘zining boshqa ijodini ham yarashtiradi: "Axir, butun mavjudot go‘yo to‘lg‘oq azobida, hozirga qadar oh-nola qilayotganini bilamiz" (Rimliklarga 8:22).
“To‘lov” nimani anglatadi?
“To‘lov” tushunchasi Xudo bizni gunohlarimiz uchun Isoning to‘lovi orqali yovuzlikdan qutqarishini anglatadi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Zotan, sizlar ota-bobolaringizdan o‘rgangan bema’ni turmush tarzingizdan kumush yoki oltinga o‘xshash o‘tkinchi narsalar evaziga emas, Balki Masihning qimmatbaho qoni evaziga qutulgansizlar. Axir, Masih Xudoning benuqson qurbonlik Qo‘zisidir” (1 Butrus 1:18-19).
Nikodim
Kabinalar qanday ko‘tarilib tushayotgan edi?
Ko‘tarmalarda elektromagnit kabellardan foydalanilgan. Yorqin yorug‘lik ko‘tarmaning elektromagnit ta’siri edi, turli xil ranglar esa chang‘ichilarga turli osma yo‘llar haqida xabar berardi.
Nega Superkitob Djoy va Gizmoni emas, balki Krisni boshqa joyga yubordi?
Superkitobda Kris o‘rganishi kerak bo‘lgan boshqa narsa bor edi.
Ma’bad saroyidagi odam Muqaddas Bitikning o‘ramda yozilgan qaysi oyatini o‘qigan?
U Ishayo 53:6-8 ni o‘qigan.
Iso ko‘r va cho‘loq odamlarga qo‘lini qo‘yganida, ularni qanday tillarang yog‘du qamrab oldi?
Biz Xudoning shifobaxsh kuchini tasvirlash uchun badiiy yondashuvdan foydalandik.
Epizod oxirida hikoyachi qanday oyatni aytdi?
Nikodim Hizqiyol payg‘ambar kitobidan qaysi oyatni o‘qidi?
U Hizqiyol 36:25-27 dan o‘qidi.
Bu zamonaviy tarjimadan Rimliklarga 10:9-10 edi: “Agar o‘z og‘zingiz bilan Isoni Rabbim deb e’tirof etib, Xudo Uni o‘likdan tiriltirganiga chin yurakdan ishonsangiz, najot topasiz. Chunki inson qalbidan ishonib oqlanadi va og‘zi bilan e’tirof etib najot topadi”.
Soliqchi Zakkay
Gizmo suvga cho‘mdirilish haqida Muqaddas Kitobning qaysi oyatini aytdi?
U 1 Butrus 3:21 dan o‘qidi: “Ammo Cho‘mdirilish badanni kirdan tozalash marosimi emas. Bu toza vijdon bilan Xudoga murojaat qilishni anglatadi, chunki Iso Masih o‘limdan tirildi” (CEV).
Iso Yerixodan o‘tayotganda, Zakkay esa daraxtda bo‘lganida, nega Isoning o‘girilib, Zakkayga gapirishdan oldin Uning to‘xtaganini ko‘rsatdingiz?
Biz Samoviy Otaning xohish-irodasi bilan Isoning Muqaddas Ruh tomonidan boshqarilishini ko‘rsatish uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik.
Zakkayning uyida ovqatlanayotganda, Iso Zakkayga nimadir deb shivirlaganini qayerdan bilasiz?
Biz Isoning Zakkayga ta’sir qilgan xabar aytayotganini tasvirlash uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik.
Djoy qanday najot ibodatini o‘qigan?
U ibodat qildi: “Mehribon Xudo, men gunohkor ekanimni tan olaman va Sen bilan munosabat o‘rnatishni istayman. Iltimos, nimaiki noto‘g‘ri qilgan bo‘lsam kechir. Iso gunohlarimni olishi uchun o‘lib tirilganiga chin qalbimdan ishonaman. Iso Masih – mening Rabbim va Najotkorimdir. Doimo Senga sodiq bo‘lishim uchun Muqaddas Ruhing bilan meni to‘ldir. Meni qutqarganing va farzanding bo‘lishimga ruxsat etganing uchun rahmat. Iltimos men bilan gaplash va ovozingni eshitib, izingdan yurishim uchun yordam ber. Men yeru osmonda Sen bilan vaqt o‘tkazishni juda istayman. Iso nomi bilan ibodat qilaman. Omin”.
Tog‘dagi Va’z
Yuzboshining aravasi shiddat bilan yaqinlashganda, nega Isoning yo‘ldan chetlashayotganini ko‘rsatmadingiz?
Biz yuzboshi U bilan gaplashish uchun kelayotganini va o‘z vaqtida to‘xtashini Iso bilganini ko‘rsatish uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik. Shu bois, U yo‘lda xotirjam kutishi mumkin edi.
Nega yahudiy g‘ayriyahudiyning uyiga kirishi noto‘g‘ri deb hisoblangan?
Ravvinlar qonunida aytilishicha, agar yahudiy g‘ayriyahudiyning uyiga kirsa, rasman murdor deb e’lon qilinadi.
Nega Iso yahudiy bo‘lmagan odamning uyiga kirmaslik odatini buzishga tayyor edi?
Iso Muqaddas Ruh Unga Otaning irodasini ochib bergan hamma ishni qilgan bo‘lardi. Bir kuni Iso tushuntirdi: “Sizlarga chinini aytay: O‘g‘il O‘zidan-O‘zi hech narsa qila olmaydi. Faqat Otasidan ko‘rgan ishlarni qiladi. Osmondagi Ota nimalarni qilsa, O‘g‘il ham xuddi shularni qiladi” (Yuhanno 5:19). Iso, shuningdek Shabbat kunida shifolash borasida ham yahudiylarning urf-odatlarini buzdi (Yuhanno 7:21-24).
Nega Iso butun Isroilda yuzboshining imonidek imonni ko‘rmaganman, deb aytdi?
Chunki yuzboshi Isoning kasallik ustidan hokimiyatga ega ekanligini va uzoqdan shifolash so‘zini aytsa ham – bu shifo berishi mumkinligini tushundi.
Djoyni Kvantumning xayriya tadbirida ko‘rsatganingizda Iso va Djoy qaysi oyatni aytishdi?
Iso Matto 7:13 ni, Djoy esa Matto 7:14 ni aytdi.
Yosh jamoat cho‘poni Krisga Muqaddas Kitobdagi qaysi oyatni ko‘rsatdi?
Bu Zakariyo 4:10 edi. Kris oyatning birinchi qismini o‘qidi: "Qurilishning boshlanishi arzimasday ko‘rinsa ham, ko‘nglingiz cho‘kmasin! Mening ko‘zlarim ... xursandchilik bilan qaraydi".
Ishayo
Ishayo vahiyni ko‘rganida qayerda edi?
Biz Ishayoni Quddusdagi ma’bad hovlisida turgancha, ma’baddan yuqoridagi taxtiravonda o‘tirgan Xudoning vahiysini ko‘rgan holatda tasvirladik.
Bu voqea Muqaddas Kitobning qayerida yozilgan?
Ishayo 6:1-13 da yozilgan.
Vahiydagi uchta uchuvchi jonzot nima edi?
Ular Seraflar deb atalgan samoviy mavjudotlar edi. Muqaddas Kitobda aytilishicha, ular Xudoga murojaat qilishgan: “Uning tepasida seraflar shay turardi, har birining oltita qanoti bor edi. Ular ikki qanoti ila yuzlarini to‘sgandi, ikki qanoti ila oyoqlarini to‘sgandi, qolgan ikki qanoti bilan uchayotgan edi” (Ishayo 6:2).
Vahiyda oltin tasma nimani ifodalagan?
Biz Xudoning butun Ma’badni to‘ldirgan libosini tasvirlash uchun badiiy yondashuvdan foydalandik. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Shoh Uzziyo vafot etgan yili men yuqoriga yuksalgan Rabbiyning taxtda o‘tirganini ko‘rdim. Uning libosi etaklari Ma’badni to‘ldirgan edi” (Ishayo 6:1).
Nega Xudo Ishayoga xalq qabul qilmagan xabarni va’z qilishni buyurdi?
Xudo har doim O‘z xalqini yaqinlashib kelayotgan hukmdan ogohlantirish uchun payg‘ambarlarni yuborgan. Bunday vaziyatda Xudo Yahudo xalqining yuraklarini ko‘rdi va ular Ishayoning xabarini qabul qilmasliklarini bildi.
Tunda osmonda uchib, chodirlarga kirib kelgan olovli shar nima edi?
Bu Rabbiyning farishtasi edi.
Nega Rabbiyning farishtasini siz farishtaga o‘xshatish o‘rniga zarhal-qizil olovli sharga o‘xshatib qo‘ydingiz?
Bu Rabbiyning farishtasi edi.
Nega siz Egamizning farishtasi Ossuriya qarorgohiga tushganida, uni bir necha olovli sharlarga bo‘lingan holida ko‘rsatdingiz?
Biz farishta Ossuriya lageri bo‘ylab yurganini ko‘rsatish uchun badiiy yondashuvdan foydalandik.
Cho‘mdirilish!
Nega Gizmo shamol mashinasi yordamida kuchli shamolni hosil qilmoqchi bo‘layotganini ko‘rsatdingiz?
Biz sahnani qiziqarliroq qilish uchun Gizmoni g‘ayritabiiy harakat qilishga undadik; ammo, Kris unga shamol mashinasini o‘chirib, uyga kirishini aytdi.
Nima uchun Kris va Djoyning cho‘mdirilish marosimi uyda emas, ochiq havoda o‘tkazildi?
Ba’zi odamlar Muqaddas Kitob davridagiga o‘xshash tarzda ochiq havoda suvga cho‘mdirilishadi. Misol uchun, Iso Yahyo Cho‘mdiruvchi tomonidan Iordan daryosida cho‘mdirilgan (Matto 3:13). Boshqa tomondan, ko‘plab jamoatlarda muntazam xizmat paytida cho‘mdirilish marosimi o‘tkaziladi. Buning natijasida jamoat a’zolari va tashrif buyuruvchilar cho‘mdirilish marosimini qiynalmasdan kuzatishadi.
Nega Superkitobning vaqt tuynugida Elli noto‘g‘ri yo‘nalishda ketayotgan edi?
Elli Kris va Djoydan ko‘ra boshqa yerda bo‘lganligi sababli, uning vaqt tuneli yon tomondan o‘tib, Kris va Djoy bo‘lgan tuynukka qo‘shildi. Bu uning vaqt tunnelidagi birinchi tajribasi bo‘lgani uchun, u ikkilandi va o‘z yo‘nalishini to‘g‘rilashga harakat qildi.
Butrus va boshqa odamlar qirg‘oqda nimani ushlab turishgandi?
Ular baliq ovlash to‘rlarini yuvayotgan edilar (Luqo 5:2).
Qanday qilib buncha baliq ovlandi?
Xudo baliqni ushlash uchun mo‘jiza ishlatdi (Luqo 5:1-11).
Suvga cho‘mish paytida aytilgan qo‘shiq so‘zlari qanday?
“Bo‘ldim yangi”
Rabbim bo‘ldi Najotkorim
U ishonchim, aslo qo‘rqmayman
Suvga quvonch ila cho‘mdim
Va bu haqda tinmasdan kuylayman
(Naqarot:)
Bo‘ldim yangi
Ketdi barcha dog‘larim
Sevgi hamda
Ruhing yashar ichimda
Daryoning hayotbaxsh suvi
Yuragimda oqar
Bo‘ldim yangi
Bo‘ldim yangi
Bas kelolmas otliq qo‘shin
Qalqonim bo‘lsang Sen, Rabbim
Zafar quchaman imon bilan
Yangraydi madhiyam doim
(Ko‘prik - Chaqiriq va Javob)
Yetakchi: Ayt hayqirib
Jo‘r: U yuksaklarda
Yetakchi: Kuyla jo‘shib
Jo‘r: U yuksaklarda
Yetakchi: Biz tasdiqlaymiz
Jo‘r: Xudoyimiz tengsizdir
Mualliflik huquqi: The Christian Broadcasting Network
Rebekah Schafer matni
Rebekah Schafer va Kurt Heinecke musiqasi
Iso — gunohkorlarning do‘sti
Bolalar pishiriqlar sotishga tayyorlanayotganda, Gizmo o‘zini kim qilib ko‘rsatdi?
Gizmo dastlab fransuz novvoyi kabi harakat qildi. Shundan so‘ng u italyan novvoyi kabi o‘zini tutdi.
Pishiriqlar sotuviga tayyorgarlik paytida Betina ismli bir qiz bor edi. U qayerdan?
Betina Braziliyadan.
Nega Superkitob Djoyni Kris va Gizmodan alohida joyga olib ketdi?
Superkitob Djoyga maxsus saboq berishi kerak edi va u soliqchi Matto bilan muloqotda bo‘lib, Kris va Gizmodan uzoqda bo‘lish orqali buni samaraliroq o‘rganishi mumkin edi.
Epizod oxirida qaysi oyat aytildi?
Bu Matto 10:40 edi: “Sizni qabul qilgan Meni qabul qilgan bo‘ladi. Meni qabul qilgan esa Meni Yuborganni qabul qilgan bo‘ladi”.
Qutqarilish!
Yoshlar guruhi xizmat safari bilan qayerga borishdi?
Ular Lotin Amerikasidagi uzoq tog‘li hududga borishdi.
Nega Shadrax, Meshax va Abednaxu olov ichida bo‘lgan keskin sahnani ko‘rsatdingiz?
Muqaddas Kitobda aytilishicha, ular hech qanday zarar ko‘rmagan! (Doniyor 3:25) Bu ajoyib mo‘jiza Xudoni ulug‘laydi!
Nega shoh Navuxadnazar Shadrax, Meshax va Abednaxuni farishta qutqardi, deb aytdi?
U mo‘jiza sodir bo‘lganini tan oldi, lekin uning ruhiy masalalarga oid tushunchalari butparastlik e’tiqodi bilan cheklangan edi.
Nega Yunus haqidagi bo‘limda dengizchilar bo‘ronni to‘xtatish uchun undan nima qilish kerakligini so‘rashgandi?
Ularning faraz qilishicha, Xudo Yunusdan g‘azablangan va uni javobgarlikka tortish orqali Xudoning g‘azabini bosish mumkin.
Uch sarjin qanchalik chuqur?
Bu taxminan 6,4 metr chuqurlik.
Nega bolalarni dengizga tashlashganini va ulkan baliq ularni Yunus bilan birgalikda yutib yuborganini ko‘rsatib o‘tdingiz?
Biz Kris va Djoyning ulkan baliq ichida Yunus bilan gaplashganlari hamda Yunusning Xudoga ibodat qilayotganini eshitganlarini tasvirlash uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik.
Xudo toshning yo‘nalishini o‘zgartirganmi?
Ha. Mateo, Kris va Djoyning ibodatlariga javoban Xudo mo‘jizaviy tarzda toshning yo‘lini o‘zgartirdi.
Superkitobda Kalomning qaysi bobida Rabbiy O‘z xalqini qutqarishi haqida aytiladi?
Bu Zabur kitobi 90:14-15 ning qisqartirilgan talqini edi: Egamiz shunday deydi: “U Meni yaxshi ko‘rgani uchun Men uni qutqaraman. Meni bilgani uchun Men uni himoya qilaman”.
Djoy kuylagan qo‘shiq qanday nomlanadi va matni qanday?
Qo‘shiqning nomi "Najot!" Biz quyida qo‘shiq so‘zlari va titrlarini kiritamiz:
"Najot!"
Talpinaman, oldinga intilib
Meni yov tortadi ortimga,
Sherlar o‘rasa, men qayga qochaman
Yangrar na’ralar zulmatda
Avval kuchli edim,
Xatolar qilmasdim,
Bariga yetardi kuchim
Endi choh ichidan, yolvorib so‘rayman
Ilojsizman, menga yordam ber
(naqarot)
Yig‘lab
Najoting so‘rayman.
Yig‘lab
Yig‘lab yolvoraman, qutqar. (naqarotni takrorlash)
Zo‘rg‘a omonman
To‘lqin mavj urgancha
Dengiz tubiga tortadi
Qolmadi kuchim, aslo ko‘rmayapman
Tevarak zulmatga qoplandi
Xudo, ojizman
Umidvorman Sendan
Yolg‘iz o‘zim eplay olmayman
Najot topish uchun
Mo‘jizangni so‘rab
Yolvoraman
Menga yordam ber
(naqarot)
Qutqar
Qilaman ibodat
Qutqar
Qilaman ibodat, qutqar.
Kelar
Bizga kelar najot
U kelar
Bizga kelar najot
Kelar
Bizga kelar najot
U kelar
Bizga berar najot, najot.
Mualliflik huquqi: The Christian Broadcasting Network
Musiqa muallifi: Kurt Heinecke & Mike Nawrocki
She’r muallifi: Mike Nawrocki
Prodyuser: Kurt Heinecke
Pavlus imonini saqlaydi
Pavlusni yerga uloqtirishib, hibsga olishganda u qayerda edi?
U Quddusdagi ma’bad hovlisida edi.
Nega ibodatxona kasalxonasining devorlari ko‘k rangli va harakatlanayotgandek bo‘lib tuyuladi? Nega ularni shunday qilib yaratishgan?
Ibodatxonada devorga o‘rnatilgan ko‘k chiroqli favvoralar bor edi. Ibodatxonada favvora suvlarining yoqimli jildirab oqishi va mayin moviy ranglar ibodat qilayotgan odamlarga xotirjamlik baxsh etardi.
Kris “bu yer Neronning amfiteatridan bir juft minbari bo‘lsa kerak”, deb aytganida nimani nazarda tutgan?
Bu so‘zlar orqali u Neronda barcha kognitiv qobiliyatlar ham mavjud emasligini nazarda tutgan. Boshqacha aytganda, u aqldan ozganga o‘xshardi.
Yuliya Fiva haqida o‘qigan oyat Muqaddas Kitobning qaysi parchasidan olingan?
Bu oyat Rimliklarga 16:1-2 ga tegishli.
Siz nega xavfli sahnalarni, masalan, sherning bir qancha masihiylarga tashlanishi kabi holatlarni ko‘rsatdingiz?
Biz masihiylar qattiq ta’qibga uchragani, lekin o‘z e’tiqodlarini saqlab qolishgani haqidagi tarixiy haqiqatni qisqacha tasvirlamoqchi bo‘ldik.
Qamoqxonada Pavlus bilan kechgan oxirgi sahnada uning so‘zlarini kim yozib olgan?
Bu Luqo edi. U Pavlusning so‘zlarini boshqa imonlilarga yetkazish, dalda berish va imon masalasida yo‘l-yo‘riq berish uchun unga xattot bo‘lib xizmat qilgan.
Pavlus va Noma’lum Xudo. 1 va 2-qism
Superkitob bolalarni o‘z girdobiga o‘rab olganida QBIT Gizmoning ko‘krak bo‘lmasiga tushganini Superkitob bilarmidi?
Aslida, Superkitob - bu Xudoning Kalomi yozilgan Muqaddas Kitob. Va Xudo, albatta, QBIT borligini bilar edi.
Nega QBIT vaznsizlik holatini boshidan kechirganini aytdi?
Uning so‘zlariga ko‘ra, ular Superkitobning girdobi orqali vaznsiz holatda sayohat qilishgan.
Yunon haykallari kimni ifodalagan?
Ular soxta xudolarini - Dionis, Nika, Eros, Gefest, Zevs va Kibelani ifodalagan.
Odamlar haykallar oldida nima qilishardi?
Ular soxta xudolarga sajda qilib, qurbonliklar keltirishardi.
Areopag o‘zida nimani ifoda etardi?
Bu Afinadagi tepalik bo‘lib, u yerda yig‘ilgan kengash a’zolari uchun tosh o‘rindiqlar bor edi. Muqaddas Kitobning Qirol Jeyms talqinida u "Mars tepaligi" deb tarjima qilingan (Havoriylar 17:22). "Areopag" atamasi kengashning o‘ziga ham tegishli bo‘lishi mumkin.
“Noma’lum Xudo” yozuvi qaysi tilda edi?
U yunon tilida bosh harflar bilan yozilgan edi.
Gizmo haqiqiy kapalakni yaratdimi?
Yo‘q, buni faqat Xudo qila oladi. Gizmo golografiyaga o‘xshash vizual displey yaratish uchun ilg‘or texnologiya vositalaridan foydalangan.
Dushmanlaringizni seving
Nega Keynda Kris va Djoydagi kabi futuristik yarim shaffof telefoni yo‘q edi?
Keyn futbol mashg‘ulotlari uchun yanada ishonchli telefonga ega bo‘lishni xohlardi.
Iso xizmatkorning qulog‘ini davolaganida qanday tillarang nur paydo bo‘ldi?
Biz Muqaddas Ruhning shifobaxsh kuchini tasvirlash uchun badiiy yondashuvdan foydalandik.
Nima uchun Iso oliy ruhoniy xizmatkorining qulog‘ini davolayotganida ovoz effektini qo‘shdingiz?
Biz xizmatkorning jarohatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmaganimiz va Isoning qo‘li xizmatkorning qulog‘ini yopib turgani uchun tomoshabinlarga g‘ayritabiiy holat yuz berayotganini tushunib olishlariga yordam berish maqsadida badiiy yondashuvdan foydalandik.
Qanday tillarang nur Stefanni ruhlantirdi?
Biz Stefanni qamrab olgan Muqaddas Ruhning huzurini ko‘rsatish, unga Xudodan kelgan xabarni dadil baham ko‘rishiga imkoniyat berish uchun badiiy yondashuvdan foydalandik. Muqaddas Kitob bizga shunday deydi: “Oliy kengashda o‘tirganlar Stefanga tikilib qaradilar, uning yuzi xuddi farishtaning yuziga o‘xshash ekanini ko‘rdilar ” (Havoriylar 6:15).
Gizmo Kris va Djoyni yuqoridagi tuynukka ko‘targanida, nega ularning cho‘michga o‘xshash o‘rindiqlarida xavfsizlik kamarlari yo‘q edi?
Gizmo ular xavfsiz bo‘lishiga va agar nimadir yuz bersa, ularni ushlab qolishiga ishongan.
Nega Stefanni toshbo‘ron qilishganini ko‘rsatdingiz?
Biz toshbo‘ron qilishlariga munosabatni Muqaddas Kitobga va tarixiy jihatdan aniqlikka rioya qilgan holda, ammo ortiqcha tafsilotlarsiz, ko‘rsatishni xohladik.
Nima uchun Isoni xochdagi qonli ahvolini ko‘rsatdingiz?
Bu Krisga Iso O‘zini xochga mixlaganlarni kechirganini eslatgan o‘ta jiddiy lahzalar edi. Biz ushbu ko‘rinishda xochga mixlanishning xususiyatiga munosabat Muqaddas Kitob asosida va tarixiy jihatdan aniq, ammo shu bilan birgalikda ortiqcha tafsilotlarsiz, bo‘lishini xohladik.
Gizmo faraz qilganidek, mashg‘ulotning oxirgi sinovi oldidan Keyn darvozani noto‘g‘ri nishonga olishiga Xudo aralashgan edimi?
Yo‘q, Xudo bunday qilmagandi. Keyn to‘pni darvozaga kirita olmadi, negaki u Krisdan g‘azablangani bois butun diqqatini o‘z zarbalariga to‘liq qarata olmagandi.
Shubhalanuvchi To‘ma
Nega qabr oldidagi toshni surayotgan farishtani ko‘rsatmadingiz? Muqaddas Kitob bizga deydi: “Shunda to‘satdan qattiq zilzila bo‘ldi, chunki Egamizning farishtasi osmondan tushib, qabr og‘zidagi toshni ag‘darib yubordi. Farishta o‘sha tosh ustiga o‘tirdi” (Matto 28:2).
Biz askar xotirasining asosiy damlariga, ya’ni qudratli farishta paydo bo‘lib, keyin Isoning jasadi yo‘qolganiga diqqatni qaratish uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik.
Qorovullikda uxlab qolgan Rim askarlariga qanday jazo qo‘llash nazarda tutilgan?
Askarlar og‘ir jazoga, ehtimol, o‘limga hukm etilardi.
Men Krisni futbol yulduzi deb o‘ylardim, ammo nega Belizdagi bolalar uning mahoratiga qoyil qolishmadi?
Kris shu qismda keyinroq aytishicha, u Iso haqida ilk marotaba bolalarga gapirganda asabiylashgan. Natijada, u o‘z mahorati darajasida to‘pni yaxshi o‘ynay olmadi.
Nega Superkitob Kris va Gizmoni emas, balki Djoyni boshqa yerga olib ketdi?
Superkitob Djoy va Krisga sinovdan o‘tkazishlari va o‘rganishlari uchun turli narsalarni taklif etgandi.
To‘maning egizak akasi borligini qayerdan bilasiz?
Bu Muqaddas Kitobning bir qator zamonaviy tarjimalarida ochib berilgan. Masalan, “New Living Translation”da shunday deyiladi: “Shunda To‘ma, ya’ni Didimus boshqa shogirdlarga: “Qani, yuringlar, biz ham Iso bilan o‘lamiz!” - dedi” (Yuhanno 11:16).
Nega ikki shogird Isoni tanimadi, lekin keyinroq birdan Uni tanib qolishdi?
Muqaddas Kitobda aytilishicha, dastlab Xudo odamlar Uni tanib qolishlariga yo‘l qo‘ymagan: “Lekin Xudo ularga O‘zini tanib qolishlariga ijozat bermadi” (Luqo 24:16 NLT). Keyinchalik Xudo ularga O‘zi kimligini bilib olishlariga imkon berdi: “Shunda ularning ko‘zlari ochilib, Isoni tanib qolishdi. Biroq Iso ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi” (Luqo 24:31)
Xudo Isoni tanib qolishlariga yo‘l qo‘ymagan ekan, nega siz Isoni bosh kiyimda va odamlar nazarida nur sochayotgan holatda ko‘rsatdingiz?
Biz dastlab ikki erkak (shuningdek, Djoy) Isoni nega tanimaganini bolalar tushunib yetishiga ko‘maklashish uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik. Voqealarni kuzatib borayotgan bolalar Isoning bu izdoshlari nega Uni tanishmaganini qo‘shimcha izohlarsiz tushuna olmasliklari mumkin edi.
Shuningdek, biz tomoshabin bolalar ham ikkita erkak bu Iso ekanini anglab yetmaguncha Uning Iso ekanligini bilmasliklarini xohladik. Shu tariqa, bolalar o‘sha ikki erkakning hayratini o‘zlarida ham his etishdi.
Ikki erkak Uni taniganida Iso qay tarzda g‘oyib bo‘ldi va U qanday qilib ko‘proq shogirdlar yig‘ilgan uyda to‘satdan paydo bo‘ldi?
Shak-shubhasiz, Iso tirilganidan so‘ng o‘z xohishiga ko‘ra paydo bo‘lishiga va g‘oyib bo‘lishiga imkon beradigan yangi tanaga ega bo‘lgan.
Muqaddas Kitob qahramonlari
Gizmo haqiqatan ham Kris va Djoyni himoya qilishi shartmi?
Ha, shunday. Professor Kvantum dastlab Krisni himoya qilish maqsadida Gizmoni yaratdi. Tabiiyki, Djoy Kris bilan birga ekan, Gizmo qizni ham himoya qilishini professor xohlagandi.
Gizmo Krisni himoya qilishi kerak bo‘lsa, nega u osongina qo‘rqadi?
Gizmoning qo‘rquv hissi Krisga ehtiyotkorona ish tutishi yoki hatti-harakatlarini to‘xtatishi haqida ogohlantirish bo‘lishi mumkin.
Nega Kris Superkitobdan Muqaddas Kitob va masihiylar hayotining ahamiyati haqida ko‘p narsalarni o‘rgansa-da, Holo-9 ga uning diqqatini tortgan?
Buning sababi, unga sevimli Holo-9 o‘yinlarining so‘nggi talqinlari juda qiziqarli va maroqlidek bo‘lib tuyulardi. Har birimiz, bola yoki katta yoshda bo‘lishimizdan qat’i nazar, hayotimizdagi ayrim narsalarga chalg‘ishimiz mumkin. Ba’zan biz muhimroq jihatlarga diqqatni qaratishimiz uchun boshqa qiziqarli narsalarni vaqtincha chetga surib qo‘yishimiz kerak.
Nega Superkitob Gizmoni orqada qoldirdi?
Superkitob bilardiki, agar Kris va Djoyga yordam zarur bo‘lsa, eski Gizmo ularning o‘tmishdagi sarguzashtlarida ishtirok etadi.
Kris Holo-9 qahramonlariga shunchalik havasmand ekan, nega Superkitob Kris va Djoyni mo‘jizakor payg‘ambar yoki g‘olib qo‘shin qo‘mondoni bilan uchrashtirmadi?
Superkitob Krisning aslida qahramon bo‘lish nimani anglatishini bilishini xohladi.
O‘tmishdagi sarguzashtlarda eski Gizmo qatnashgan ekan, nega ayrim epizodlarda Kris va Djoyning ham eski ko‘rinishlari mavjud emas?
Superkitob Kris va Djoy o‘zlarining o‘tmishdagi sarguzashtlarini kuzatib turishlarini istamadi. U Kris yangi saboq olishi uchun ular yana o‘sha sarguzashtlarni boshdan kechirishlarini xohladi.
Hayvonlar rostdan ham Kema tomonga saf tortib borishganmi?
Biz Xudo hayvonlarni kemaga juft qilib olib kelganini ko‘rsatish uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Hayvonlarning har bir turidan bir juftdan – erkagi va urg‘ochisidan kema ichiga o‘zing bilan olib kirasan, toki to‘fon paytida ular sen bilan birga tirik qolsin. Qushlarning, hayvonlarning, sudralib yuruvchi jonivorlarning va hasharotlarning har bir turidan juft-juft qilib, o‘zing bilan olib kirasan, toki ular tirik qolsin” (Ibtido 6:19-20).
Kris Muqaddas Kitobni o‘rganish chog‘ida Zaburdan qaysi oyatni aytib bergandi?
Bu Zabur kitobi 89:17 edi: “Ey Rabbimiz Xudo, lutf–karaming bizga yor bo‘lsin, qilgan ishimiz baroridan kelsin, ha, ishlarimizga baraka bergin!”
Beva Ayolning Ehsoni
Kris va Gizmo NUJni ko‘rganlarida, ular oynavand shift orqali uchib ketishganmi?
Yo‘q, oynavand shiftni surib qo‘yish mumkin.
Nega siz Malakidan ushr haqidagi Muqaddas Kalom oyatlarini kiritdingiz? Bu Eski Ahdning amri emasmi?
Malaki oyatlarida Xudoning xalqi uchun va’da bor: “Qani, omborxonaga ushrni bemami-ko‘st qilib olib kelinglar. Xonadonimga ozuqa keltiringlar. Agar shunday qilsangiz – deydi Sarvari Olam. – Men sizlar uchun osmon qopqalarini ochaman. Sizlarga marhamatimni serob qilib yog‘diraman, uni qabul qilishga hatto senda joy yetmaydi. Shu yo‘l bilan Meni sinab ko‘ringlar!” (Malaki 3:10 NLT)
Bu va’dani bugungi kunda imonlilar talab qilishlari mumkin, chunki Yangi Ahd bizga shunday deydi: “Iso Masih orqali Xudo O‘z va’dalarini bajaradi, shuning uchun biz ham Iso Masih orqali Xudoni ulug‘lab, «Omin, iloyim shunday bo‘lsin», deymiz” (2 Korinfliklarga 1:20).
Nega siz Isoning “bering, shunda sizga ham beriladi” degan so‘zlarini ko‘rsatdingiz? Muqaddas Kitobda Iso buni pul haqida aytmagan.
Luqo 6:27-38 da Iso bunday o‘zaro munosabatlar tamoyilini keng o‘rgatgan. U hech qanday cheklovlarni o‘rnatmagan. Shu bois biz bu masihiylik hayotining haryoqlama qoidalari ekanligiga ishonamiz.
Superkitob sarguzashtlari yakunida Gizmo ular Muqaddas Kitobning navbatdagi boshqa tadbiriga emas, balki uyga ketayotganlarini qayerdan bildi?
Gizmo Superkitob ularni Muqaddas Kitobning boshqa voqeasiga olib bormoqchi bo‘lganida, Vaqt Girdobini hosil qiladigan ranglar aylanishini bilardi. U shuningdek, ular uyga qaytmoqchi bo‘lsalar, Vaqt Tuynugini hosil qilish uchun ranglar to‘g‘ridan-to‘g‘ri pastga tushishini bilardi. Vaqt Tuynugining ranglari to‘g‘ridan-to‘g‘ri pastga tushganligi sababli, u uyga qaytishayotganlarini bilardi.
Avvalroq, Superkitob ularni xochga mixlanish sahnasiga olib borganida, ular Vaqt Davrasi ranglari girdobli naqshga aylanayotganini ko‘rgan. Ular uyga qaytmoqchi bo‘lganlarida, Gizmo Vaqt Tuynugining ranglari to‘g‘ri pastga tushganini ko‘rdi.
Kris qanchadir muddat o‘z ulushini qo‘shmagani uchun ushrga barcha jamg‘armalarini bermoqchi ekanini aytdi. Odamlar o‘tmishda bermagan ushrlarining hammasini berishlari kerak, deyapsizmi?
Biz Krisga o‘tmishdagi bo‘shliqni to‘ldirishni emas, balki uning fikrlari o‘zgarganini va munosib ish uchun qurbonlik qilishga zaruriyatni his etayotganini ko‘rsatmoqchi edik. Bu uning shaxsiy tanlovi edi.
Nega Gizmo yerga yiqildi?
Gizmo, o‘zga sayyoraliklar kemasini ko‘rdik, degan xayolda qo‘rqib ketdi, shuning uchun lozim darajada diqqatini jamlay olmadi.
Nima uchun kosmik samolyotga yuk tashish uchun yashirin mexanizm kerak?
Bu mexanizm kema texnologiyasini yoki qimmatbaho yukini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan fazo va koinot qaroqchilariga kemani ko‘rinmas holga keltiradi.
Eng oxirida Muqaddas Kitobdan qaysi oyat keltirildi?
“Har kim norozi bo‘lib yoki majburiyat bilan emas, balki ko‘nglida niyat etganini bersin. Axir, Xudo mamnuniyat bilan beradigan insonni yaxshi ko‘radi. Xudo sizlarning hayotingizni har jihatdan inoyatga to‘ldirib-toshtirishga qodirdir. Shunda har doim, har jihatdan, hamma ehtiyojingiz qondiriladi va sizlar yanada ko‘proq har xil xayrli ishlar qilasizlar. (2 Korinfliklarga 9:7-8).
Umumiy
YouTube kanalimiz, Facebook sahifamiz yoki jamoat saytimizga Superkitobning barcha qismlari va videokliplarini joylashtirishga qanday munosabat bildirasiz?
Mavjud mahalliy va xalqaro translyatsiya shartnomalarimiz bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlar tufayli biz uchinchi shaxslarga Superkitob epizodlarini to‘liq hajmda ularning YouTube kanallariga yoki boshqa ijtimoiy media saytlariga, jamoat yoki shaxsiy veb-saytlarga yuklashiga ruxsat bera olmaymiz.
Veb-saytingizga rasmiy YouTube kanalimizdagi Superkitobning muayyan qismiga yoki videoklipiga havola qo‘shsangiz xursand bo‘lamiz. Biz quyida rasmiy YouTube-dagi Superkitob kanalining bosh sahifasiga havolani keltiramiz: https://www.youtube.com/user/SuperbookTV
Agar siz onlayn sabog‘ingizda Superkitob videoklip(lar)idan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, to‘ldirish va ko‘rib chiqishga yuborilishi zarur bo‘lgan istisnosiz litsenziya shartnomasini so‘rashingiz mumkin. Shartnoma nusxasini Superkitob bilan bog‘lanish sahifamiz orqali so‘rashingiz mumkin: https://us-en.superbook.cbn.com/contact
Esda tutingki, kelishuv har bir qism uchun atigi olti daqiqagacha videokliplarga ruxsat beradi. Bundan tashqari, har bir videoklipning uzunligi uch daqiqadan oshmasligi kerak. Iltimos, to‘liq ma’lumot uchun istisnosiz litsenziya shartnomasini so‘rang.
Shayton Superkitobning bir nechta epizodlarida ko‘rsatilgan. Nega u qanotlari va dumi bor uchuvchi ilon sifatida tasvirlangan?
Muqaddas Kitob Lusifer yoki iblis deb ham ataladigan Shaytonni aniq tasvirlamagan; shuning uchun biz uning qanday ko‘rinishini ko‘rsatish uchun ijodiy yondashuvdan foydalandik. “Dunyoning yaratilishi” epizodida Lyutsifer birinchi marta osmonda farishta sifatida ko‘rsatilganda, uzun tillarang sochli go‘zal jonzot sifatida tasvirlangan. U Xudoga qarshi isyon ko‘targanda, yovuz maxluqqa aylanadi, uning sochlari esa shoxga aylanadi. Bundan tashqari, uning tanasi sudralib yuruvchiga - Adan bog‘idagi ilonga o‘xshab qoladi. (Ibtido 3:1 ga qarang.) Biz shaytonni uddaburon yovuz ifatida talqin qilish mumkin bo‘lgan personajga o‘xshatishni xohlamadik. Biz bolalar haqiqiy dushman borligini va uning yovuz ekanligini tushunishlarini xohlaymiz.
Nega Superkitob videoroliklarida etnik xilma-xillik ko‘p emas?
Ma’lumki, Xudo dunyoning barcha odamlarini sevadi (Yuhanno 3:16) va Iso shogirdlariga xushxabarni dunyodagi har bir alohida xalqlarga yetkazishni buyurgan (Matto 28:19). Bundan tashqari, har bir millat, qabila va har qaysi tildagi odamlar osmonda bo‘ladi (Vahiy 7:9). Ushbu haqiqatlarni hisobga olgan holda, Superkitob xodimlari etnik jihatdan turli bolalar guruhini Superkitob epizodlariga qo‘shishga intilishgan. Birinchi faslning bir nechta epizodlarida ko‘proq xilma-xillikni ko‘rishingiz mumkin va keyingi fasllarda yanada ko‘proq xilma-xillikni sezasiz.
Nega Superkitob videolari yuqori aniqlik formatida (HD) translyatsiya qilinadi?
Yuqori aniqlik formati (HD) videolar tasvir va audio uchun eng yaxshi sifatini taqdim etadi. Shunga qaramay, har bir hamkorimizga eng yaxshi taassurotni taqdim etish uchun ishtirok etadigan epizodlar dasturlarning o‘zgaruvchan tezligi bilan kodlangan. Bu shuni anglatadiki, ular sizdagi Internetga ulanish tezligini avtomatik ravishda aniqlaydi va shunga mos ravishda to‘g‘rilaydi. Agar sizda tez internet aloqasi bo‘lsa, epizodlar HD formatida uzatiladi. Boshqa tomondan, agar sizning Internet ulanishingiz HD uchun yetarlicha tez bo‘lmasa, epizod muayyan andaza yo‘sinida uzatiladi. Agar siz ulanish bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz, Internet provayderingizga murojaat qiling.
Superkitobning muntazam videolariga kirishda muammoga duch keldim. Menga yordam bera olasizmi?
Superkitob klubi a’zolariga Superkitobning birinchi fasli videolarini taqdim etishdan mamnunmiz. Quyidagi veb-saytga o‘tish va ko‘rsatmalarga amal qilish orqali Superkitob dasturini faollashtirganingizga ishonch hosil qiling:
https://www.cbn.com/activate/superbook/default.aspx
Strimingni faollashtirish uchun sizga hamkor raqamingiz kerak bo‘ladi. Uni Superkitob Club kvitansiyasida topishingiz mumkin. Faollashtirish uchun elektron pochta manzili va parolni yozib qo‘yganingizga ishonch hosil qiling, chunki ular Superbook Club veb-sayti, Superbook Club website, Superbook Kids Bible App va CBN TV Smart TV app ilovalari orqali Superkitob strimingiga kirish uchun kerak bo‘ladi.
Superkitobni Blu-Ray formatida chiqarish rejangiz bormi?
Superkitob videolariga qiziqishingiz uchun minnatdormiz; ammo, hozirda biz Superkitobni Blu-Ray formatida chiqarishni rejalashtirmayapmiz. Boshqa tomondan, siz Superkitob klubida ro‘yxatdan o‘tsangiz, HD sifatli dasturiga kirish huquqiga ega bo‘lasiz!
Muayyan epizodlar haqida ba’zi e’tirozlar/izohlar bilan o‘rtoqlashmoqchiman. Siz bilan qanday bog‘lanishim mumkin?
Iltimos, fikr-mulohazalaringizni yuborish uchun ushbu sahifaning pastki qismidagi "Biz bilan bog‘laning" tugmasini bosing.
Superkitob qismlari haqida boshqa savollaringiz bormi? 1-866-226-0012 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki batafsil ma’lumotni ushbu manzildan topishingiz mumkin: www.cbn.com/superbook