Maxfiylik Siyosati
Maxfiylik Siyosati
CBN sizning maxfiyligingizni himoya qilishga va sizdan olgan har qanday shaxsiy ma’lumotlarni to‘g‘ri ishlatishga majbur. Ushbu Bolalar Maxfiylik Siyosati bizning umumiy Maxfiylik Siyosatini to‘ldiradi, bu orqali «Bolalar uchun Superkitob» veb-saytiga tashrif buyurgan bolalar uchun Bolalarning Onlayn Maxfiyligini Himoya Qilish Qonuniga (Children's Online Privacy Protection Act - "COPPA") muvofiq qo‘shimcha maxfiylik choralarini ko‘radi. COPPA ota-onalarga va qonuniy vakillariga (keyingi o‘rinlarda “ota-onalar”) CBN 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarning shaxsiy ma’lumotlarini qanday to‘plashi, ishlatishi va oshkor qilishi haqida xabardor qilishimizni hamda 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarning shaxsini aniqlaydigan ma’lumotlarni yig‘ishda ota-onalarning roziligini olishimizni talab qiladi. Axborot yig‘ish amaliyotimiz quyida tasvirlangan. Biz bunday "bolalar"ga biron bir veb-saytga ma’lumot kiritishdan oldin ota-onalari bilan maslahatlashib olishni tavsiya qilamiz va ota-onalarga o‘z farzandlari bilan shaxsiy ma’lumotlarini onlayn tarzda tanimaydigan odamlarga berishiga oid cheklovlarni muhokama qilishni taklif qilamiz.
Qanday Turdagi Ma’lumotlar Yig‘iladi?
Bolalar uchun Superkitob veb-sayti tashrif buyuruvchilarimizdan minimal ma’lumot to‘plashni talab qiladi. Farzandingiz Bolalar uchun Superkitob veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishi uchun biz faqat bolaning ismi, tug‘ilgan sanasi, ota-onasining elektron pochta manzili, foydalanuvchi nomi va parolini yig‘amiz. Tug‘ilgan sana mehmonning yoshini tasdiqlash uchun yig‘iladi. Bunday ma’lumotlarning barchasi bolalar tadbirlarda ishtirok etishlari, onlayn o‘yinlar o‘ynashlari uchun, yig‘gan ballari va mukofotlarini hisoblash uchun to‘planadi. Ota-onalarning elektron pochta manzili ota-onalarga 13 yoshga to‘lmagan farzandlarining ro‘yxatdan o‘tganligi haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabar berish, vaqti-vaqti bilan ularning veb-saytdan foydalanishlari va funksiyalarni yangilash, o‘zgartirishlar haqida ma’lumot berish, onlayn tanlovlar yoki lotereyalar o‘tkazish yoki boshqa onlayn tadbirlarni taklif qilish uchun to‘planadi. Biz bolaning biron-bir onlayn faoliyatimizda ishtirok etishi uchun bolaga zarur bo‘lganidan ko‘ra ko‘proq ma’lumot taqdim etishini shart qilmasligimiz mumkin. Bolalar, shuningdek, bizga elektron xabarlari yuborishlari yoki qo‘ng‘iroq qilishlari, malakali ibodat maslahatchilaridan biri bilan muloqot qilishlari mumkin, buning uchun ular foydalanadigan elektron pochta manzili yoki telefon raqami kerak bo‘ladi.
Ota-ona Roziligi
Farzandlar Bolalar uchun Superkitob veb-sayti akkauntini so‘raganda, biz ota-onalarga bolaning akkaunti uchun foydalanuvchi nomi va parolni ko‘rsatib, bolaning akkauntini yaratishda foydalanish mumkin bo‘lgan havola bilan e-mail xabarini yuboramiz. Agar ota-ona farzand uchun akkaunt yaratsa, ular bu bilan bolaning ro‘yxatdan o‘tishi, Superkitob tanlovlari yoki lotereyalarida qatnashishi, akkaunt profili sahifalari va o‘yin peshqadamlari kabi joylarda ko‘rsatiladigan multfilm qahramoni avatarini, o‘yin yetakchilari uchun foydalanuvchi nomini yaratishi va texnik qo‘llab-quvvatlanish hamda ibodat uchun Superkitob jamoasiga murojaat qilishga rozilik bildirgan bo‘ladi. Agar ota-ona ro‘yxatdan o‘tish yoki kirishni yaratsa yoxud unga ruxsat bersa, bola ota-onasining bildirishnomasi yoki roziligisiz ushbu yo‘nalishda tasvirlangan barcha harakatlarni davom ettirishi mumkin. Agar farzand tanlov yoki lotereyada g‘olib chiqsa, ota-onalar ro‘yxatdan o‘tish paytida ko‘rsatilgan ota-onaning elektron pochta manzili orqali xabardor qilinadi. Agar ota-ona sovrinni olishni istasa, sovrinni yetkazish uchun ular o‘z manzilini ko‘rsatishi kerak.

Ma’lumot Qanday Oshkor Etilishi Mumkin
CBN odatda 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar taqdim etadigan shaxsiy identifikatsiya ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga oshkor qilmaydi, ba’zan biz bunday ma’lumotlarni CBN tomonidan ma’lum onlayn tadbirlarni amalga oshirish va yetkazib berish uchun jalb qilinishi mumkin bo‘lgan uchinchi shaxslar bilan baham ko‘rishimiz mumkin (masalan, tanlovlar va lotereyalar o‘tkazish). Bunday uchinchi shaxslar o‘z xizmatlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega, ammo ulardan boshqa maqsadlarda foydalana olmaydi. Shuningdek, biz qonunga, sud jarayoniga yoki huquqni muhofaza qilish organlarining so‘rovlariga rioya qilish, Foydalanish shartlarini bajarish, veb-saytimizning, CBN va boshqalarning huquqlari, mulki yoki xavfsizligini himoya qilish uchun oqilona choralar ko‘rish maqsadida uchinchi shaxslarga shaxsiy ma’lumlotlarni oshkor qilishimiz mumkin.

Push Xabarnomalar
Biz push xabarnomalarni, dasturiy ta’minot ilovasidan ma’lumotlarni mobil qurilmangizga IOS qurilmalari uchun Apple'ning Push Xabarnoma Berish Xizmati, Android qurilmalari uchun Google'ning CD2M va Cloud Messaging kabi xizmatlari orqali yuboramiz. Ikkala xizmat ham ushbu mobil qurilma operatsion tizimlarining standart xususiyatlari hisoblanadi. CBN ushbu xizmatlardan foydalanishingiz natijasida shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish, foydalanish va oshkor qilishni boshqaradi.
Ota-onaning Kirish Huquqi
CBN ota-onalar uchun bolalari xavfsiz va qiziqarli onlayn tajribaga ega bo‘lishlariga yordam berishni xohlaydi. Ota-ona farzandi haqida to‘plangan har qanday identifikatsiya ma’lumotlarini ko‘rib chiqishni, bu ma’lumotlarni o‘chirib tashlashni va/yoki farzandi haqidagi boshqa hech qanday ma’lumotlarni to‘plamaslikni yoki undan foydalanmaslikni talab qilmoqchi bo‘lsa, biz bilan bog‘lanish mumkin. CBN bola haqida ma’lumot so‘ragan har qanday shaxsning shaxsini tekshirishga harakat qiladi, bu shaxs aslida bolaning ota-onasi ekanligiga asosli ishonch hosil qiladi.
Superkitob Maxfiylik Siyosatiga O‘zgartirishlar
CBN ushbu siyosatni istalgan vaqtda o‘zgartirishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tgan bolalarning ota-onalari bolalarning shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash, ishlatish yoki oshkor qilish bilan bog‘liq har qanday jiddiy o‘zgarishlar haqida xabardor qilinadi. Ota-onalarga e-mail manzillaridagi har qanday o‘zgarishlar haqida bizga xabar berishlarini tavsiya qilamiz.
Bog‘lanish Uchun Ma’lumot
Agar sizda biron bir fikr, savol yoki xavotir bo‘lsa, e-mail orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin partners@cbn.com, yoki quyidagi manzilga xat yuboring:
CBN Partner Services
977 Centerville Turnpike
Virginia Beach, VA 23463
Yoki 757-226-7000 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin, agar siz 18 yoshdan oshgan bo‘lsangiz.